Foydalanuvchi:Agent026/qumloq
Epiglottit | |
---|---|
Belgilari | Yutish qiyinligi, so‘lak ajralishi, ovoz o‘zgarishi, isitma, nafas olish tezligining oshishi. |
Mutaxassislik | Otorinolaringologiya |
Oldini olish | Hib vaksinasi, rifampin |
Davolash | Endotraxeal intubatsiya, tomir ichiga antibiotiklar, kortikosteroidlar |
Prognoz | 5% o‘lim xavfi |
Takrorlanishi | yiliga har 100 000 kishiga 2 holat |
Epiglottit- bu umurtqalilar traxeyasi (kekirdak)ga oziq-ovqatning kirishiga toʻsqinlik qiluvchi epiglottisning yalligʻlanishidir[1]. Simptomlar odatda tez paydo boʻladi va yutishda qiyinchiliklarni oʻz ichiga oladi, bu esa soʻlak oqishi, ovozda oʻzgarishlar, isitma va nafas olish tezligining oshishiga olib kelishi mumkin[2][3]. Epiglottis yuqori nafas yoʻllarida joylashganligi sababli, shish nafas olishga xalaqit berishi mumkin[1]. Odamlar nafas yoʻlini ochish uchun oldinga egilishi mumkin[2]. Ahvol yomonlashgani sayin, stridor va sianoz koʻkimtir teri paydo boʻlishi mumkin[2].
Epiglottit tarixan asosan gemofil grippnng b turi (odatda „Hib“ deb ataladi) infeksiyasi tufayli kelib chiqqan[2]. Emlash natijasida, bu kasallik endi koʻproq boshqa bakteriyalar tomonidan keltirib chiqarilmoqda. Ularning eng koʻp uchraydiganlari streptokokk pnevmoniya, streptokokk pyogenes yoki tillarang stafilokokk bakteriyalaridir[2]. Bunga moyillik tugʻdiruvchi omillarga kuyish va jarohatlar kiradi[2]. Tashxisni eng aniq qoʻyish usuli epiglottitni bevosita koʻzdan kechirishdir[4]. Boʻyinning rentgenogrammasi „barmoq izi belgisi“ni koʻrsatishi mumkin, ammo bu belgining yoʻqligi kasallik yoʻqligini anglatmaydi[2].
Belgilari va alomatlari
tahrirEpiglottit isitma, tomoq ogʻrigʻi, yutishda qiyinchilik, soʻlak oqishi, ovozning xirillab qolishi va stridor bilan birga kuzatiladi[5] Boshlash odatda bir kundan ortiq davom etadi[5]. Tomoqning oʻzi normal koʻrinishga ega boʻlishi mumkin[5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Hamborsky, j „Haemophilus influenzae type b“, . Centers for Disease Control and Prevention. Epidemiology and Prevention of Vaccine-Preventable Diseases, 13, Public Health Foundation, 2015 — Chapter 8-bet. ISBN 9780990449119.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Richards, AM (February 2016). "Pediatric Respiratory Emergencies.". Emergency Medicine Clinics of North America 34 (1): 77–96. doi:10.1016/j.emc.2015.08.006. PMID 26614243.
- ↑ Zoorob, R; Sidani, MA; Fremont, RD; Kihlberg, C (1 November 2012). "Antibiotic use in acute upper respiratory tract infections.". American Family Physician 86 (9): 817–22. PMID 23113461.
- ↑ Westerhuis, B; Bietz, MG; Lindemann, J (August 2013). "Acute epiglottitis in adults: an under-recognized and life-threatening condition.". South Dakota Medicine 66 (8): 309–11, 313. PMID 24175495.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Gottlieb, M; Long, B; Koyfman, A (May 2018). "Clinical Mimics: An Emergency Medicine-Focused Review of Streptococcal Pharyngitis Mimics.". The Journal of Emergency Medicine 54 (5): 619–629. doi:10.1016/j.jemermed.2018.01.031. PMID 29523424.