ONAM YIG'LAR

Ko'nglim qolsa bulbuldan xam guldan xam? Qolar bo'lsam bir kun axir tildan xam... Agar bir яще ншпэдфыф chin dildan xam - Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u.

Sig'may qolsam shunday keng bu jaxonga, Osmonlarga ruxim bo'lsa ravona, Jonsiz tanim ustida xam parvona- Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u.

Tonar bo'lsa qo'limdagi tor, dunyo, Uch kun o'tmay unutgay do'st-yor, dunyo. Yeru ko'kni titratib zor-zor, dunyo- Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u.

Gulday kulib yurmasmidi, o'g'lim deb, Ko'rib ko'nglim to'lmasmidi, o'g'lim deb, Onang o'lsa bo'lmasmidi, o'g'lim deb Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u.