Xushnazarov Alisher Xudoyberdi o'g'li 1993 yil Samarqand viloyati Narpay tumanida ziyoli oilada davallud topgan ma'lumoti oliy. 2016 yilda Samarqand qishloq xo'jalik institutinining Veterinariya fakultetini tugatgan. 2018 yilda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Parazitologiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha magistraturani tamomlagan. Bir muddat O'zbekiston yoshlar ittifoqining SamVM instituti yetakchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2018-2021 o'quv yillarida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining tegishli kafedralarida assistent o'qituvchi lavozimida pedagogik faoliyatini olib borgan. 2021 yilada 03.00.06-zoologiya ixtissosligi bo'yicha Stajyor tadqiqotchilikni tamomlagan. 2021-2023 yillarda esa ushbu oliygohda ushbu ta'lim shefri bo'yicha (PhD) doktoranturani tugatgan.

Bugungi kunda Respublikamizda jadal rivojlanib borayotgan Q/Xning kichik tarmog'i bo'lgan Quyonchilik yo'nalishida ilmiy izlanishlarini olib bormoqda.

Veterinariya ilmiy tadqiqot-instituti Kichik ilmiy xodimi Alisher Xushnazarovning qishloq xo'jalik hayvonlarini asrash, saqlash, parvarishlash, ayrim kasalliklarini diagnostika qilish, davolash va ushbu tarmoqdagi mavjud muammo, kamchiliklarni bartaraf qilishga tegishli 50 dan ortiq O'quv uslubiy qo'lanma, tavsiyanoma, maqola va tezislar muallifi.