Azimov Azizbek Usmanovich
Yangi O’zbekiston ma’rifatli jamiyatni yaratishda yoshlarni o’rni
Azimov Azizbek Usmon o‘g‘li Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti MTU
Annotasiya:Yoshlarga yaratilgan sharoitlarni munosib targ’ib qilish va chekka qishloqlardagi iqtidorlilarni yuzaga chiqarib yurtimiz koriga yaraydigan xalqi uchun kerak bo’lsa jonin ayamaydigan yoshlarni yuzaga chiqarish va berilgan imkoniyatlardan bohabar qilib ilmga jalb qilish bir so’z bilan aytganda bilimni trendga chiqarish bizning maqsadimiz.
Kalit so’zlari: Suveren, demokratiya, davlat, mustaqillik, renessans, yoshlar, Yangi O’zbekiston, jamiyat, intellektual, Oliy majlis, Qonunchilik palatasi, Agentlik.
Kirish:Barchamizga ma’lumki O’zbekistonimizning asosiy qariyb 60% yuqori qismi yoshlardan tashkil topgan. Yosh suveren demokratik davlat hisoblanamiz mustaqillikga erishgan kunimizdan boshlab to bugunga qadar jamiyatimizning ma’naviyati yuksalib bormoqda. Bunga yurtboshimizning oqilona siyosati va bizlarga kerak bo’lgan qonun va qarorlarni qabul qilganliklari ya’ni xalqimizni turmush tarzini takomillashtirib, xalqni orzu istaklari, ichidagi dardlarini tinglaganliklari sabab deb o’ylayman. Yangi O’zbekistonni yaratishda yurtboshimiz eng katta e’tiborni bejizga bilimga qaratmadilar, chunki bilimli yoshlar yangi O’zbekistonning ya’ni 3-renassans avlodlarining yo’ldoshlari bo’lib xizmat qiladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ma’rifatli jamiyat nima degani? Ma’rifatli jamiyat deganda shuni tushinamanki avvalo milliy qadriyatiga ega bilimli, zukko, izlanuvchan yoshlari, bir so’z bilan aytganda yuksak ma’niviyatli xalqi bor millatni tushinaman. Shunday ekan ma’rifatli jamiyat Yangi O’zbekiston poydevoridir. Asosiy qism:Hammamizga ma’lumki intellektual bilimga ega yoshlar yangi O’zbekistonni yaratishda juda katta ta’sirga ega, shu boisdan ham yurtboshimiz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Prezident sifatida imzolagan ilk qonun hujjati ham aynan yoshlarga oid bo’lgan. 2016 yil 14-sentabrdagi O’RQ 361-sonli yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi qonuni bo’lgan shuning uchun 2016-2021 yillarda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida yurtboshimiz 5-Tashabbus loyihasini ilgari surdilar va unga bog’liq bir necha qarorlar qabul qildilar. Yangi O’zbekistonni ma’rifatli jamiyatini yaratishda yana bir muhim qadamlardan biri, bu yoshlar muammolarini o’rganish va bilimli iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash maqsadida “Yoshlar ishlari” Agentligi Prezidentning PF-6017-son Farmoni bilan tashkil etilgani bo’ldi. O’ylaymanki ushbu farmon yoshlarni qo’llab quvatlash ,yoshlarning o’zlariga bo’lgan ishonchini yanada orttirishi uchun juda katta mutivatsiya bo’lib xizmat qildi, ularga har tomanlama imkoniyat yaratish yurt kelajagi yo’lida bosilgan ezgu qadamlardandir. Shuncha qilayotgan say harakatlar natijasida yoshlar ham unga munosib javob qaytarishmoqda. Masalan kuni kecha bo’lib o’tgan shaxmat bo’yicha jahon chempionatida yosh o’zbek o’gloni Nodirbek Abdusattorov jahon chempionligini qo’lga kiritdi. Boshqa sportchilarimiz ham O’zbekiston bayrog’ini ko’klarga ko’tarib kelmoqda. Bundan tashqari yoshlarga oid davlat siyosatini huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2017-2020 yillarda 50 ortiq qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilindi va 30 iyun “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. Yana bularni davom ettirsak O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senatida yoshlar madaniyat va sport masalalari qo’mitasi Oliy Majlis senati qoshida 100 nafar va Qonunchilik Palatasi qoshida 250 nafar faol tashabbuskor yoshlardan iborat “Yoshlar Parlamenti” komissiyalari tashkil etildi. Buni uzoq davom ettirsak bo’ladi. Shunday ekan biz yoshlar Yangi O’zbekistonni bundan ham yuqoriga olib chiqib yurtboshi ishongan 3-renessansni birga quramiz. Xulosa:Tanqidiy nazar bilan qaraydigan bo’lsak haqiqiy iste’dod egalari chetda qolib ketayapti xorijda o’qigan 70% kadrlar qaytib kelishni hohlashmaydi chunki O’zbekistondagi maoshlar ularni qoniqtirmaydi. Ammo bizda ularga bo’lgan talab juda yuqori agar chet elda yurgan kadrlarimizni olib keladigan bo’lsak misli ko’rilmagan natijaga erishamiz. Birgina misol keltiradigan bo’lsak, IT sohasi bizga bu sohaga bo’lgan talab juda yuqori, ammo kadrlar yetarli emas hech o’ylab ko’rganmisiz nima uchun google, microsoft, facebook va xk. O’zbekistonda o’z kompaniya filliallarini tashkil etmagan. Tashkil etilgan taqdirda soni jihatdan yetadigan kadrlar sezilarli darajada kam, taniqli millioner aytganidek “Barcha insonlar dasturlashni o’rganishi kerak, chunki dasturlash insonni fikrlashga o’rgata oladi” bu gaplar bejizga emas birgina IT sohasida muammolar talaygina. Menda shunday taklif borki bu sohani maktabdan boshlab makammal o’rgatilishi zarur.Hech kimga sir emas hozirda har bir tuman yoki shaharlar maktablarga yaqin joyda kompyuter xonalar mavjud .Kompyuter xonaga borish uchun o’quvchilar dars tugashini intiqib kutadilar va dars yakuniga yetishi bilan shu zaxoti usha yerda paydo bo’ladilar.Yana usha biz bilgan countre strike o’ynab xordiq chiqaradilar.Men nma demoqchiman bu gaplar bilan bizga kompyuter xonalar kerak emas demoqchi emasman .Ammo shunga yoshlarimizni to’g’ri yo’naltirishimiz kerak deb o’ylayman. Bunga ko’proq ota-onalar ma’sul bo’ladilar. Yoshlarimiz u yerga faqat o’yin o’ynash uchun emas balki u yerdan o’zlariga kerak bo’lgan bilim va ko’nikmalarni olsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Achinarli jihati ayrim informatika o’qituvchilari ham World, Excel dan narisini bilmaydi, afsuski bu achchiq haqiqat ularni malakasini oshirib qayta o’qitish zarur. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida bu soha ham jadal rovojlanib bormoqda. Uning natijasida shaharlar markazida IT parklar ochildi Toshkent va viloyat markazlarda bunday maktablardan 14 tasi qad ko’tardi. Kelajakda bunday maktablar har bir tuman shaharda bo’lsa o’ylaymanki bizga kerakli bo’lgan kadrlar yetishib chiqadi va yurtimiz ravnaqi yo’lida xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Lex.uz, 2. Prezident Sh.M.Mirziyoyev-Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi, va Steve Jobsning kitoblaridan foydalanilgan.