Jadidchilik harakati

tahrir

Chor Rossiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati va unga qarshi xaql milliy ozodlik kurashlari.

Jadidchilik

tahrir

Rossiya mamlakatining O`rta Osiyo bilan muntazam aloqalari Shayboniylar davrida boshlangan edi. XVII asr davomida Rossiya bilan O`rta Osiyo xonliklari orasida elchilar ayirboshlab turish qizgin amalga oshirilgan bo`lsada, Lekin bu davrda rasmiy tarzda biron-bir aloqalar o`rnatishga erishish mumkin bo`lmadi.Pyotr I ning rus taxtiga o`tirishidan boshlab Rossiya bilan O`rta Osiyo xonliklari o`rtasida aloqalarining yangi bosqichi boshlandi.

           Pyotr I ning 1717 yil knyaz` Bekovich-Chyerkasskiy boshchiligida Xiva xonligiga jo’natgan ekspeditsiyasining qismati fojiali tugadi. Oqibatda Rossiyaning O`rta Osiyo tomon siljib borishi yuz yilga kechikdi.Lekin bu davrda Rossiya impyeriyasining chegaralari uch yo`nalishda-Sibir`, Zakovkaze, va O`rta Osiyo yo`nalishlarida to`xtovsiz asta-sekin kengayib bordi.XVIII asr o`rtalariga kelib, O`rta Osiyo va Qozog`iston shimolida Irtish yuqori oqimidan Urol daryosigacha cho`zilib ketgan harbiy chiziqlar yarim halqasi vujudga keldi. XIX asr o`rtalariga kelib esa butun Qozog`iston davlatlari Rossiya tomonidan bosib olingan edi.1847 yilda Sirdaryo quyi oqimida Raim (hozirgi Orol) mustahkamlangan manzilgohiga asos somoniy Xiva va Buxoroga rus qo`shinlari hujumining boshlang`ich nuqtasi bo`lib qoldi.XIX asr birinchi yarimida rus ip gazlama sanoatining rivojlanishi bilan O`rta Osiyoning sotish bozori sifatidagi ahamiyati ortdi.
           Rossiyaning O`rta Osiyo xonliklari bilan savdosi tez sur`atlar bilan o`sib bordi va XIX asr o`rtalariga kelib, Qo`qon, Xiva va Buxoro Rossiyaning Osiyodagi asosiy savdo-sotiq sheriklari, binobarin rus sanoat tovarlarining asosiy iste`molchilari bo`lib qoldi.50-60yillarda Rossiyaning tashqi aloqalarida sodir bo`lgan voqealar Rossiyaning O`rta Osiyoni istilo qilish jarayonini jadallashtirdi.
           XIX asr birinchi yarimida Angliya ham O`rta Osiyo masalasida o`z siyosatini ancha faollashtirgan edi. Masalan Ost. Hindiston kompaniyasi razvedkachilari O`rta Osiyoga kelib bu yerdagi mahalliy davlatlar hokimlarini Angliya bilan hamkorlik qilishga undab bu mamlakatlarga boriladigan yo`llarni o`rgandilar.
     1824 yilda Murkfort missiyasi, 1831 yilda Byerns missiyasi ana shu maqsadlarda amalga oshirilgan edi. 184 yilda inglis josuslari polkovnik Stoddart va mayor Konolli Buxoro amiri Nasrullo buyrug`i bilan qatl etildi. Inglizlar O`rta Osiyo xonliklariga boriladigan yo`lda joylashgan Afg`onistonda berkinib olishga intildilar, natijada 1838-1842 yillarda ingiz-afg’on urushi kelib chiqdi, bu urush inglizlar uchun muvaffaqiyatsiz tugadi.Shu  bilan birga Ost-Hindiston kompaniyasining O`rta Osiyo xonliklari bozorlaridan Rossiyani siqib chiqarichga zo`r berib urinishi ham Rus hukmron doiralarini qattiq tashvishga soldi.
           1855-1857 yillarda Rim urushidagi mag`lubiyat O`rta Osiyoning Rossiya uchun siyosiy va strategik ahamiyatining qanchalik katta ekanligini ko`rsatdi.Shunday qilib bu siyosiy jarayonlar Rossiya tomonidan O`rta Osiyoning bosib olishishini tezlashtirdi. Rossiya 1853 yilda Qo`qonxonligining Sirdaryo bo`yidagi qall`asi-Oqmaschitni bosib oldi.
           Ayni vaqtda O’ng sharqiy chekkalarida ham harakat boshlandi. 1860 yilda To`qmoq va Pishpak (hozirgi Bishkek) shaharlari bosib olindi. Rus qo`shinlarining hujumini to`xtovsiz davom etdi, general Verevkin qo`mondonligidagi qo`shin sharqdan, general Chernayev qo`mondonligidagi ikkinchi qo`shin g`arbdan siljib borib, bir-biriga yaqinlashdi. General Chernayev 1864 – yilda Turkiston bilan Chimkentni, general Vyerevkin esa Avlieatani (hozirgi Jambul) qo`lga kiritdi.
           General Chernayev qo`shinlari tomonidan 1865 yil 25 iyunda Toshkentni shturm qilish boshlandi va faqat 27 iyun kunigina ruslar shaharni egallashga muvaffaq bo`ldilar.
           1867 yil o`rtalarida bevosita Rossiya markaziy hukumatiga bo`ysunuvchi Turkiston general-gubernatorligi tuzildi va biron fon K.P.Kaufman birinchi general-gubernator etib tayinlandi.
           1868 yil 15 mayda rus qo`shinlari Samarqadni so’ngra Kattaqo’rg’onni egalladi. 1868 yil oxirida Zarabuloq ostonalarida amir Muzaffariddin qo`shinlari tor-mor qilindi, bu esa amirni asoratli talonchilik shartnomasini imzolashga majbur qildi.
           Ruslar 1873 yilda Xiva xonligiga hujum qildilar. Xonlikdagi qolqonlik, harbiy texnikaning pastligi bu yerda ham ruslarning g`olib kelishiga sabab bo`ldi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz Gandimien shartnamasiga asosan 2200000 oltin to’ladi hamda Amudariyoning o`ng qirg’og’idagi yerlaridan va mustaqil tashqi siyosat yurgizishdan mahrum bo`ldi. Shunday qilib, Rossiya o`lkamiz xalqlarini kuch, qurol, talonchilik va vayrongarchiliklar yo`li bilan bosib oldi.
    1886 yilda podsho Aleksandr II Turkiston o`lkasini boshqarishning Nizomini tasdiqladi.
           XIX asrning 90 yillariga kelib, Turkiston general-gubernatorligi beshta-Sirdaryo, Farg`ona, Samarqand, Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlariga, viloyatlar uezlarga, uezdlar bo`lislarga, bo`lislar uchastkalarga bo`linib boshqariladigan bo`ldi.
           Turkistonning barcha viloyatlarida harbiy gubernatorlik boshqarmalari ta`sis etildi. Harbiy gubernatorlar bevosita podsho tomonidan tayinlanadigan bo`ldi.
           Turkiston general-gubernatorligining markazi-Toshkentni boshqaruv 1870 yilga shahar boshqaruvi qoydasiga ko`ra to`lig’i bilan podsho ma`muriyati qo`liga o`tdi.
           Shunday qilib, Rossiya o’lkamiz xalqlarini kuch, qurol, talonchilik va vayrongarchiliklar yo`li bilan bosib oldi. O`rta Osiyoning katta qismi Turkiston general-gubernatorligi nomi bilan Rossiya tasarufiga o`tdi. Qo`qon xonligi tugatilib, Xiva xonligi va Buxoro amirligi Rossiya impyeriyasiga qarashli kichik, yarim mustamlaka davlatga aylanib qoldilar.
           Rossiya impyeriyasining O`rta Osiyoni bosib olishdagi asosiy maqsadi-birinchidan, O`rta Osiyoni Rossiya sanoat korxonalari uchun arzon xom ashyo yetkazib beradigan manbaga aynaltirish bo`lsa, ikkinchidan, Rossiya sanoat mollari sotiladigan joy sifatida O`rta Osiyo bozorini egallash edi.
           Chor Rossiyasi Turkiston o`lkasini egallagan kunlaridan boshlab o`zining iqtisodiy mustamlakachilik niyatlarini amalga oshirishga kirishdi.Buning uchun mustamlakachilar, birinchi navbatda O`rta Osiyoda temir yo`llar qurishga kirishdi. 1881-1886 yillarda Krasnovodskiydan Chorjuyga Kaspiyorti temir yo`li qurildi, 1888 yilda bu yo`l uzaytirilib, Samarqandga yetkazildi. 1906-yilda Toshkent-Orenburg temir yo`li ishga tushirildi.
           1912 yilda Farg`ona vodiysi ham Rossiya bilan temir yo`l orqali bog`landi.
           Chorizm ma`murlari O`rta Osiyoda, ayniqsa, Farg`ona vodiysida paxtachilikni jadal rivojlantirishga kirishdilar. Rossiyadan turli firma va birjalar Turkistonga kirib kelib, ular bu yerda iqtisodiy hayotga o`z ta`sirini kuchaytirib bordi.
           Paxta sifatini yaxshilash maqsadida o`lkada paxtaning Amerika navlarini yetishtirish yo`lga qo`yildi.
           Turkiston iqtisodiyotidan ko`proq foyda ko`rish maqsadida mustamlakachilar o`lkaning o`zida xom ashiyoga dastlabki ishlov beruvchi korxonalar tashkil etishga kirishdilar. 1900 yilgacha Turkistonda 170 dan ortiq sanoat korxanolari qurilib ularning 80 protsentini paxtaga qayta ishlov beruvchi korxonalar tashkil etdi.
           Rossiyadan tayyor sanoat mahsulotlarining kirib kelishi asrlar davomida hunarmandchilik bilan shug`ullanib kelayotgan aholini xonavayron etdi.O`lkaning ko`plab unumdor yerlariga paxta ekilishi boshoqli ekinlar ekiladigan maydonlarning qisqarishiga olib keldi. Ming yillar davomida o`zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlab kelgan mahalliy aholi asta-sekin oziq-ovqat masalasida Rossiyaga qaram bo`lib qoldi.
           Mustamlakachilik siyosatining asosiy yo`nalishlaridan biri Turkiston o`lkasini ruslashtirishdan iborat bo`ldi. Podsho hukumati ko`p minglab yersiz dehqonlarni, ishsizlarni mustamlaka Turkistonga ko`chirib keltirishi bu maqsadga erishishida katta o`rin tutadi.
           Chorizmning Turkistondagi madaniy ma`rifiy ishlari ham mustamlakachilik siyosatiga to`la bo’ysundirildi. Shu maqsadda dastlabki tadbirlar Yevropa turmush tarzini ifoda etuvchi maktablarni ochishdan boshlandi. 1884 yili Toshkentda dastlabki rus-tuzum maktabi ochildi. Eski maktablarda o`qish-o’qitish ishlarini yaxshilash uchun biror bir tadbir ko`rilmadi. Maxalliy aholining yashash tarzi, sihat-salomatligini yaxshilash borasida ham hech qanday tadbir amalga oshirilmadi.

Chor mustamlakatchilarining O`rta Osiyoni Rossiyaning san’ati uchun ham osiyo bozorida va rus san’at tovarlari sotiladigan bozorga aylantirish bo`yicha siyosati O`rta Osiyodagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni yanada qiyinlashtirdi. mahaliy aholining turmush ahvoli og`irlashdi. Natijada Turkiston xalqlarining mustamlakachilarning zulmiga qarshi harakati boshlanib ketdi.

           Farg`ana vodiysida 1871-1872 yillarda xon hokimiyati uchun boshlangan kurash 1873-1876 yillarda ulkan xalq harakatini bosib o`tdi. Bu harakat tarixda Po’lat xan qo’zgaloni nomi bilan ma`lum. Ya`ni Marg`ilon uyezdidan chiqqan Isxak-mulla Xasan o’g`li Po’latbek nomi bilan ko’zg’alonga raxbarlik qilgan edi. Bu qo’zg’alon 1876 yilning yanvar oyida bostirildi. Chor xokimiyati 1876 yil fevral` oyida Qo`qon xonligining hududini Rossiyaga qo’shib oldi va uning urshda Farg`ona viloyati tashkil etildi.
           1885 yilda Andijon va Marg`ilon uyezdlari Darveshxon boschiligida g`alayonlar bo’lib o’tdi, 1893 yilda Qo`qon va Namangan uyezdlarida g`azavot e`lon qilindi.
           1892 yilda Toshkentda bo`lib o’tgan vabo isyoni eng yirik xalq qo’zg’olonlaridan biri bo’ldi. Bunga Toshkentda boshlanib, 2 mingdan ortiq kishining yostig’ini quritgan vaboga qarshi ko’rilgan choralar sabab bo’ldi.
           Bu choralar qo’zg’alon chiqarishiga baxona bo`ldi. Aslida esa buning asosiy sababi keskin ijtimoiy ziddiyatlar, shahar mehnat axlining og`ir ahvoli, narx-navoning to’xtovsiz ko’tarilib borishi, amaldorlarning suv iste`mollari, tovlamachiligi va ho kazolar edi. Qo’zg’alon 1892 yil 24 iyunda boshlandi. Shahar xokimi polkovnik Putintsevning xatti-harakatlari vaziyatni keskin qiyinlashtirib yubordi.
           Ma`murlar chiqarib keltirgan soldatlar tinch aholiga qarshi qurol ishlatdilar. Natijada besh kishi o’lib, 80 kishi qochayotib, Anhor qariga cho’kib ketdi. Chor amoldorlari qo’zg`alon qatnashchilaridan qattiq o`ch oldi.
           Turkistonda XIX asrning 90 yillaridagi eng yirik ommaviy harakat 1898 yilgi Andijon qo’zgoloni edi. Qo’zgalon chiqishida olib kelgan sabab va bahonalar ko`p bo’lib, ular orasida 1886 yilda tasdiqlangan Turkiston o’lkasini boshqarish to’g`risidagi Nizom tufayli kuchaygan mustamlaka zulmi asosiy sabab edi. Bu Nizomga ko`ra mustamlakachilik siyosati va mustamlaka rejimi qonun yo`li bilan mustahkamlangan edi. Uning asosida rus ma`murlari O`zbekiston ko’chmanchi aholisi yerlarining ancha qismini tortib olib, rus ko’chmanchilariga berish uchun yer fondi tuzdilar.
           Farg`ona vodiysida paxta yakkaxonligining joriy etilishi g`alla, oziq-ovqat ekinlari va yaylovlar maydonlari qisqarib ketishiga olib keldi, natijada non boshqa oziq-ovqat tovarlari narxi ancha ko’tarildi.
           XIX asr 90 yillarida Farg`ana vodiysiga Rossiya xududidan kelgan bir necha ming rus kuchkindilarining joylashtirilishi vodiy qiyinchiliklarini yanada chuqurlashtirdi.
           1898 yilgi Andijon qo’zg’oloniga Muhammad-Ali Eshon (qisqacha Madali eshon) rahbarlik kildi. U duk (urchuk) yasaydigan xunormond Sobir usta oilasida tug`ildi. (Madalining dukchi eshon) degan taxallusi shundan olingan edi.
           Qo’zg’olon 1898 yil 17 mayda Madali Eshon boschiligidagi chiqib, Andijondagi podsho garnizoniga hujumidan boshlandi. Qo’zg’olonchilarga keyingina qishloqlarning aholisi qo’shildi. Boshlanib ketgan jangda 22 ta rus soldati o’ldirildi. So’ngra rus soldatlari kelib shaharni qurshab oldilar va qo’zg’olonni bostirdilar.
           Madali eshon qo’zg’olonning asosiy harakatga keltiruvchi kuchlari qay yeri oz yerli va yersiz dehqonlar, mardikorlar va shaharlar tevaragidagi mehnatkash aholi edi. 1898 yilga Andijon qo’zg’oloni milliy-ozodlik sifatida bo’ldi.
           Qo’zg’olon ishi bo’yicha 546 odam qamoqqa olindi 45 kishi qatl etildi, jumladan Madash Eshon bilan birga 18 kishi osib o’ldirildi.
           XX asr boshlariga kelib Rossiyadagi ijtimoiy siyosiy vaziyat Turkistonga ham o’z ta`sirini ko’rsatdi. Rossiyaning 1914 yilda boshlagan birinchi jahon urishiga tortimishi natijasida mahalliy xalqdan olinadigan soliqlar miqdori oshib bordi. Turkiston o’lkasi xududida yersiz dehqonlarining soni ko’paydi. Chor hukumatining 1916 yili 25 iyunda urush borayotgan joylarda mudofaa va harbiy inshootlarni qurish, shuningdek davlat mudofaasi uchun zarur bo’lgan jamiki boshqa ishlarni bajarish uchun rus bo’lmagan aholining erkak qismini jalb etish to’g`risidagi farmoni e`lon qilindi, ushbu farmonga muvofiq hozirgi O`zbekiston xududlaridan 19-43 yoshgacha bo’lgan 250 mingdan ziyod erkak aholi front ortidagi ishlarga (mardikorlikka) chaqiriladigan bo’ldi.
           1916 yil iyul oyidan mahalliy aholining qo’zg’oloni boshlandi. 4 iyul kuni Xujandda, 5 iyul Samarqand viloyatida, 9 iyul kuni Qo`qon uezdida, 10 iyul kuni Marg`ilonda, 11 iyulda Samarqand va Toshkentda mardikorlikka olishga qarshi Qo’zg’olonlar boshlandi. 1916 yil 18 iyulda butun Turkiston harbiy xolatda deb e`lon qilindi.
           1916 yildagi harakatlarning eng kuchaygan nuqtasi 13 iyul kuni boshlangan Jizzax qo’zg’oloni bo’ldi. 1916 yilgi qo’zg’olon xukumron sinflarning zulmiga qarshi qaratilgan xalq qo’zg’oloni edi. Qo’zg’olonni harakatga keltirgan asosiy kuch dehqonlar va xunarmand kambag`allar bo’ldi. 1916 yilgi qo’zg’olon butun mustamlakachilik davomida Turkistondagi eng qudratli va uyushgan qo’zg’olon bo’ldi.
           Turkistonda jadidchilik g’oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshladi. Bu harakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o’lka ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim rol o’ynadi. Bugungi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik harakatida quyidagi uchta bosqichni farklashmoqda:
           1) XIX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma`rifatchilik
           2) 1915 yildan-1918 yil fevraligacha muxtoriyatchilik
           3) 1918 yil fevralidan 20 yillar oxirlarigacha
           ==Mustabid sovetlar davridagi faoliyati.==
          Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon xalqlari orasida dastlab krimda XIX asrning 80-yillaridagi paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan Ismoilbek Gasparali 91851-1914) bo’ldi.
           Jadid arabcha so`z bo’lib yangi (nomi bilan) degan ma`noni bildiradi. Ismoilbek g’oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari Jadidlar, uning g`oyalari esa jadidchilik nomini oldi. Ismoilbek Gasparali darslik yaratadi, uzining Tarjimon (1883-1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida keng targ`ib qiladi. Bu gazeta Toshkent va boshqa shaharlarga ham tez tarqaladi.
           Jadidlarning xalq ma`rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo’nalishdan iborat bo’lgan.
           1) Yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish.
           2) Uquvli, iqtidorli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish.
           3) Turli ma`rifiy jamiyatlar tuzimi hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalarni chop etish.
           Shu dasturni amalga oshirish borasida Maxmudxo’ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho’lpon va boshqa ziyolilar bolalariga qisqa vaqt ichida dunyoviy, diniy ta`lim berish dasturi asosida olib borildi.
           Rossiya fevral demokratik inqilobi arafasida Turkiston jadidchilik yetuk siyosiy harakatga saylandi.
           Rossiyadagi fevral demokratik inqilobi Rossiyada yangi davlat shaklida muxtoriyat olishga umid bog`lagan jadidlarni ruxlantirib yubordi. Ayni paytda, jumladan, jadidlar tomonidan Islomiya Ittifoqi muslimin, Turon kabi bir qator tashkilotlar tuzildi.
           Biroq Turkistondagi oktyabr voqealari va bolsheviklarninng zo’ravonlik bilan hokimiyatning Rossiya xalqlari deklaratsiyasi (1917 y 2 noyabr), Rossiya va sharqning barcha musulmon Mehnatkashlariga Murojaatnoma (1917 y. 20 noyabr), hujjatlarda ko’rsatilgan millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilash to’g’risidagi huquqlardan foydalanib, Turkiston muxtoriyati hukumatini e`lon qildilar. Uch oygina yashagan bu muxtor respublika tugatilishi oqibatida jadidlar ta`qibga uchradilar. Istiqlolchilik harakatiga g`oyaviy rahnamolik qilish, ayniqsa, sovet organlarida ishlab, milliy mustaqillik g`oyalarini targ`ib harakatlari jadidlarning sovetlar qirg`in qilinishiga olib keldi.
           Umuman olganda, asr boshidan yuzaga kelgan jadidchilik harakati Turkiston xalqlarining milliy ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor Rossiyasi, so’ngra sovet mustamlakachiligiga qarshi kurashda muhim o`rin tutadi.