Foydalanuvchi:Azizbek9220/Inklar

Inklar

tahrir

inkalar (ispancha incas) — dastlab 11 —13-asrlarda Peru (Janubiy Amerika)da yashagan kechua tillari guruhiga mansub indeys qabilalari, keyinchalik — qabilalar ittifoqi tomonidan 1438-y. da barpo etilgan Tau-antinsuyu davlatidagi xukmron tabaqa. Bu davlatda (poytaxti — Kusko shaxri.) qulchilik hukm surib, Inklar boʻysundirilgan qabilalardan oʻlpon olishgan, jamoaning oddiy aʼzolari, hunarmandlar va qullar — yanakonalarning mehnatidan foydalanishgan. Jamiyatning asosiy ijtimoiyiqtisodiy yacheykasini qoʻshni jamoasi — ai lyu tashkil etgan. Yer hukmdor — Oliy inkaga tegishli, uning hokimiyati ilohiy hisoblangan boʻlib afsonaviy birinchi hukmdor — Manko Kapak — quyosh oʻgʻli sifatida eʼzozlangan. Inklar irrigatsiyadan foydalanishgan, harbiy va maʼmuriy maqsadlarda qurilish inshootlari bunyod etishgan, «bogʻichli xat» — kipu koʻrinishida axborotlarni uzatish tizimini, shuningdek, ilk yozuvni ixtiro qilishgan, 1532-y. ispan bosqinchilari F. Pisarro boshchiligida Inklar xududiga bostirib kirganlar. Davlat talon-taroj etilib, uning madaniyati vayron etilgan. Ispanlar tomonidan boʻysundirilgan Inklar kechua elati tarkibiga kirgan. Inklar meʼmorligi vasanʼati deganda, odatda, Peru, Boliviya, Ekvador va Chilining shim. da yashagan qad. xalqlarning sanʼati koʻzda tutiladi. Mil. av. I ming yillikda bu yerlarda qudratli sugʻorish tizimi mavjud boʻlgan, xom gʻishtdan binolar kurilib (devorlarining qalinligi 30 sm dan 12 m gacha), ularning tashqarisi boʻrtma naqshlar bilan bezalgan, ichkarisi suvalgan, baʼzan boʻyab bezatilgan. Xarsang toshdan mudofaa inshootlari qurilgan, yirik toshlardan yoʻnib ishlangan binolar ham bor (mas, Perudagi Saksauaman qalʼasining devoridagi toshlardan biri 150 t dan ortiq). Kuskodagi asosiy Quyosh ibodatxonasi mashhur. U 3 qavat tosh devordan iborat boʻlib, de-vorlar oʻz vaqtida balandligining yarmigacha oltin bilan krplangan. Devorlarga boʻrttirib ishlangan haykallar (mas, Tiauanakodagi «Quyosh darvoza-si»), yirik tosh haykallar, sopol va metall idishlardagi turli afsonaviy shakllar, idishlarga ishlangan rasmlar (jang lavhalari, afsonaviy mavzular) xalq amaliy sanʼati ancha rivoj topganini koʻrsatadi. Sopol idishlarga oq yoki sargish fonda qora sir bilan boʻyab rasmlar ishlangan. Keyingi davrlarga mansub ras-mlarda hayvonlar, oʻsimlik va mevalar aks ettirilgan. Oltin, kumush, mis, jez, qoʻrgʻoshindan har xil idish, bezak buyumlari tayyorlangan. Koriqancha ibodatxonasida zargarlar tomonidan yaratilgan «Oltin bogʻ» boʻlganligi toʻgʻrisida maʼlumot bor. «Oltin bogʻ»da turli oʻsimlik, meva, qush, hayvon va kishilarning shakllari oltin va ku-mushdan tayyorlangan (bularning ham-masi keyinchalik istilochilar tomonidan oʻzlashtirilib, yoʻqotib yuborilgan). Iqlimning quruqligi tufayli saqlanib qolgan mato parchalarida rangbarang murakkab tasvirlar mohirona toʻqilgan, tikilgan. Inklar sanʼati Peru, Boliviya, Ekvador sanʼati rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Yozuvi

tahrir

Inklarning kipu deb atalgan tugunli yozuvi mavjud bo`lgan bu yozuvni faqat kohinlar va qabila sardorlari o`qiyolgan. kipuda asosan qabila sardorlarining shajaralari tasvirlangan.