Foydalanuvchi:Bahodor0303/SULTON MAHMUD ISLOHOTLARI

SULTON MAHMUD ISLOHOTLARI

tahrir

Salim islohotlaridan Maxmud islohotlarigacha  O‘tgan o‘ttiz yildan ziyod vaqt mobaynida Usmoniylar imperiyasi­ning iqtisodiy hayotida ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi. Imperiyaning  iqtisodiyoti umuman feodal xarakterini saqlab qolgan bo’lsada, Bolqonda, Suriyada, Misrda va G‘arbiy Anatoliyada tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi tezlashdi.Rim va Anatoliyaning g‘arbidagi turk feodallari o‘z dehqonlarini burjuacha va yarim feodal korandachilik asosida ekspluata­siya qilar edi. Bu pomeshchiklar orasida savdo-sutxo‘rlik tabaqasi  vakillari tobora ko‘payib, bozor bilan yaqin aloqada edilar va shu  sababli o‘zaro feodal urushlarining to‘xtatilishi hamda markaziy hokimiyatning kuchayishi tarafdorlari edi. Aynan shu feodallar Maxmud II islohotlarining asosiy tayanchi bo‘ldi.Islohotlarini harbiy sohadan boshlagan Maxmud II 1826-yil may oyida chet ellik ofitserlar yordamida yangi qo‘shin tashkil  qilish to‘g‘risida farmon imzoladi. Kutilganidek, oradan bir oy o‘tgach, 1826-yil iyunda yanicharlar isyon ko’tardilar. Maxmud uchun bu kutilmagan hodisa emasdi, aytish mumkinki, uning o‘zi yanicharlarni bir yo‘la tugatish maqsadida ularni bu qo‘zg‘olonga undadi. Yanicharlarni jazolash bir necha kun davom etdi, bu juda daxshatli  va qonli bo‘ldi. O‘n minglab yanicharlarning jasadlari Marmar dengizi va Bosforga uloqtirildi.Islohotlarning keyingi bosqichi asosan quyidagilarni  amalga oshirishga qaratildi: harbiy-len tizimini bekor qilish1834), katta keyinchilik tug‘dirayotgan ichki bojxonalarga barham berish, viloyatlar xokimlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri sultonga  bo‘ysunishini ta’minlaydigan yangi boshqaruv tizimini joriy  qilish. Bu turk feodallari sultonni qo‘llaydigan, yetarli majburlash kuchiga ega bo‘lgan viloyatlarga tegishli bulib, chekka o‘lkalar amalda mustaqil bo‘lgan hukmdorlar va noiblar qo‘lida qolaverdi. Hukumatdagi eski lavozimlar O‘rniga 1836-1838-yillari yevro­pacha tipdagi ichki ishlar, tashqi ishlar, moliya vazirliklari tash­kil qilindi. 1826-yili Istambulda harbiy-tibbiyot bilim yurti  ochildi, 1832-yildan turk tilida birinchi gazeta - «Voqealar kundaligi» nashr qilina boshladi.O‘zgarishlarning eng muhumi harbiy-len tizimini bekor qilish bo‘ldi. Ammo islohot oxirigacha yetkazilmadi. Burjuacha-kapitalistik rivojlanish yo‘lida muhim tusiqlardan biri, avvalgidek, xususiy mulkning moliyaviy ta’minlanmaganligi bo‘lib, bu asosan burjuaziyaga tegishli edi. Maxmud II mulkni musodara qilish tizi­ mini rasman bekor qildi, amalda esa o‘zboshimchalik va zo‘ravonlik davom etaverdi. Turk va boshqa millat (grek, arman) savdo burjua­ ziyasi katta sarmoyaga ega bo‘lsada, uni sanoatga joylashtirish imkoniyatiga ega emasdi. Turkiyada kapitalizmning rivojlanishiga yana bir tusiq tobora kuchli kirib kelayotgan chet el kapitali edi. Maxmud II bunga nafaqat qarshilik qildi, balki uni rag‘batlantirdi ham.[1]

  1. Shuhrat Ergashev ,, Jahon tarixi " Toshkent 2013-yil.