Foydalanuvchi:Bobur5555/qumloq
Tog'a | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Rashid Malikov |
Prodyuser(lar) | Farhod Usmonov |
Ssenariynavis(lar) | Rashid Malikov |
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Dmitiriy Yanov-Yanoviskiy |
Kinematografiya | Umid Malikov |
Studiya(lar) | "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi |
Chiqarilgan sanasi | 2014-yil 9-aprel |
Davomiyligi | 82 daqiqa |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Tog‘a — 1980-yillardagi jarayonlarni tasvirga olingan, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi, rejissor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan komediya, milodramma shaklidagi filmdir[1].
Film haqida
tahrirTogʻa filmi Rashid Malikov tomonidan suratga olingan boʻlib voqealar rivoji Buxoro shaxrida boʻlib oʻtadi. Kino kartinada asosan 1980-yillardagi jarayonlar yoritish maqsad qilingan. Bu kartinada „Andijon polkasi“ va polyak bastakori Mixail Oginskiyning „Oginskiy polonezi“ musiqi asarlaridan foydalanilagan[2]. 2014-yilning 9-aprealida Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida filmining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Shu yilning oʻzida esa Rossiya kinofestivalida qatnashib sovrindor ham boʻlgan[3].
Sujet
tahrirFilmda tasvirlangan voqealar o‘tgan asrning 80-yillarida Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadi. Otasiz oilada voyaga yetayotgan Sanjar yozgi taʼtil davrida tog‘asining uyiga mehmonga borib, bir muddat u yerda yashaydi. Uning tog‘asi — Jumash aka tabiatan quvnoq, hazilkash inson. Biroq turmush o‘rtog‘i bilan befarzandlikdan aziyat chekadi. Turli yumushlarda tog‘asiga qarashgan Sanjar qatʼiyat, iroda, maqsad sari intiluvchanlik, mehnatsevarlik, halollik kabi fazilatlarni aynan tog‘asidan o‘rganadi. Bu fazilatlar unga kelgusida yaxshi inson, mohir shaxmatchi bo‘lib shakllanishida asosiy omil vazifasini o‘taydi. Voqealar Sanjar ismli shaxmatchi yirik musobaqa oldidan uyushtirgan matbuot anjumanidan boshlanadi. Unda bir muxbir qiz shaxmatchidan Jumash ismli kishi haqida soʻraydi. Jurnalistning savoliga javoban Sanjar anjumandan soʻng boshidan oʻtkazgan voqealarni hikoya qilib beradi. Hikoyadagi voqealar oʻtgan asrning saksoninchi yillari oxirida Buxoroda boʻlib oʻtadi. Sanjar oʻshanda toʻqqiz yashar bolakay edi. Ota-onasi ajrashib ketgan. U yozgi taʼtil paytida Jumash togʻasinikiga mehmonga borib, u erda bir muddat yashaydi. Togʻasi garchi quvnoq, hazilkash odam boʻlsa-da, yuragining bir chekkasi kemtik, farzandi yoʻq edi. Shu bois Jumash jiyanini har doim oʻzi bilan birga etaklab yuradi. U baʼzan nojoiz ishlarga ham qoʻl uradi. Lekin oxir-oqibat oʻz xatolarini tushunib etadimi-yoʻqmi, filmni tomosha qilish asnosida bilib olish mumkin.
Film ijodkorlari
tahrir- Postanovkachi rejissyor: Rashid Malikov
- Ssenariy muallifi: Rashid Malikov
Alisher Jumaniyozov - Postanovkachi operator: Umid Malikov
- Postanovkachi rassom: Mariya Soshina
- Mantaj Rejissori: Sherzod Shohalilov
- Bastakor: Dmitiriy Yanov-Yanoviskiy
- Ovoz Rejissori: Abduqahhor Karimov
Rollarda
- Bobur Yo‘ldoshev — Jumash
- Boris G‘afurov — Sanjarning kattaligi
- Nigora Karimboyeva — Lola
- Abbos Nig‘monov — Sanjar
- Feruza Sobitova — Manzura
- Ali Choriyev — Bugalter
- Ra’no Shodiyeva — Madina
- Ubaydulla Omon — Ota
- Behzod Hamroyev — Murod
- Zarina Nizmoddinova — Komila
- Vitaly Popetov — Goyko Tadich
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „1980-yillar haqida hikoya qiluvchi “Tog‘a” filmining premyerasi o‘tkazildi“. https://daryo.uz/. Daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 14-mart.
- ↑ RUSTAMOV, Abdulaziz „Bir film tahlili: “Tog`a”dan nimani o`rganamiz?“. https://darakchi.uz/oz. Darakchi.uz. Qaraldi: 2023-yil 14-mart.
- ↑ BBC, O‘zbek xizmati „Rashid Malikov: "Qo‘limda bo‘lsa, xontaxta filmlarni man qilardim"“. https://www.bbc.com/uzbek. BBC News o'zbek. Qaraldi: 2023-yil 14-mart.