Nigora Abdurahmonovna Karimboyeva (1979-yil 11-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik aktrisa va teleboshlovchi, radioboshlovchi. „Sardor“, „Chashma“, „Togʻa“ filmlaridagi rollari hamda boshqa filmlardagi salbiy rollari bilan tanilgan[1].

Nigora Karimboyeva
Tavalludi 11-fevral 1979-yil (1979-02-11) (45 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktrisa, teleboshlovchi
Janr drama, komediya, triller
Turmush oʻrtogʻi Shokir
Bolalari Jaʼfar Shokir
Qarindoshlari Singillari: Hilola, Dildora
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Nigora Karimboyeva 1979-yil 11-fevralda Toshkentda pedagoglar oilasida tugʻilgan[2]. Otasi qurilish kollejida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Onasi arxitektor. Ularning Nigora, Hilola, Dildora ismli 3 qizi boʻlgan boʻlib, aktrisa toʻngʻich farzandidir[1]. 16 yoshida otasining qarshiligiga qaramasdan Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining kino aktyorligi fakultetiga oʻqishga kirgan[3][4]. Oʻqishni 1999-yilda tamomlagan[5].

Faoliyati

tahrir

2-kursligida Ilhom teatrida qoʻyilgan „Beliy, beliy, cherniy aist“ („Oppoq, oppoq, qora laylak“) spektaklidagi Mohichehra rolini oʻynagan[5][1]. Kinodagi birinchi rolini 1999-yildan Yolqin Toʻychiyevning „Fevral“ filmida ijro qilgan[4]. Aktrisa koʻproq kursdoshi rejissyor, ssenariychi Yolqin Toʻychiyev[5] hamda Zulfiqor Musoqov, Yusuf Roziqovning filmlarida suratga tushgan. 2004—2014-yillarda Sport telekanalida diktor boʻlib ishlagan. Shundan keyin 6 yil davomida Oʻzbekiston telekanalidagi „Oydin hayot“ tok-shousida boshlovchilik qilgan.

Ijodiy faoliyati davomida kinoda 15 dan ortiq bosh rollarni oʻynagan[6]. Oʻnga yaqin spektakllarda rol ijro etgan, xususan, Ilhom teatrida sahnalashtirilgan Carlo Gozzining „Baxtli gadolar“ (ruscha: Счастливые нищие) pyesasida Smeraldina, Federico García Lorcaning „Qonli toʻy“ (ruscha: Кровавая свадьба) Leonardoning xotini, Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan William Shakespearening „Yoz tunidagi tush“ (ruscha: Сон в летнюю ночь) pyesasida Germiya, „Qirol Lir“ pyesasida Kordeliya rolini oʻynagan[5].

Shuningdek, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida „Sahna nutqi“ kafedrasi katta oʻqituvchisi[7][8] hamda Ilhom teatri aktrisasi[9] boʻlib ishlaydi.

Oilasi

tahrir

Turmush oʻrtogʻining ismi Shokir[10], ularning Jaʼfar ismli bir oʻgʻli bor[1]. Singillari Hilola Kanadada va Dildora Janubiy Koreyada istiqomat qilishadi.

Mukofotlari

tahrir

2018-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan[7].

Filmografiyasi

tahrir
Yil Film nomi Rol
2000 Ayollar saltanati Notanish goʻzal
2005 Alvido sevgi Muqaddas
Xotira rashki Sanatoriya shifokori
Sarvinoz 2. Baxt uchun million Zaynab
2006 Vatan epizod rol
Chashma Orzi
Osmon yaqin Nigora
2007 Oppoq, oppoq, qora laylak (film-spektakl) Mohichehra
2010 Mehribonim Kumush
Dada Hanifa Qurbonova
2011 Qoʻrgʻoshin Gulbahor
Oʻxshatmasdan uchratmas Lobar
2012 Qovun Lolaxon
Tubanlik oʻqituvchi Shoira
2013 Soy qoʻshigʻi Maktab direktori
Bekatdagi odam epizod rol
2014 Togʻa Lola
Roʻyo (Akaxon) Vohidning xotini
2015 Katta odam Nilufarning onasi
2016 Maʼsuma Malika
2018 Maqsad Ona
Berlin—Oqqoʻrgʻon Nodira
Sabot Maktab oʻqituvchisi
Sarvqomat dilbarim Tergovchi Alimova
2020 Ilhaq Zarifa
2022 Dada degin bolaning onasi
Kasallik tarixi Vazir[12]
2023 Osmondagi bolalar 3 epizod rol
Yil Fil nomi Rol
2000 Sardor Zamira
2005 Ayol zoti Zuhra
Sardor 2 Zamira
2011 Fidoyilar Gulbahor
2014 Kuch birlikda Madinaning onasi
2019 Ojiza Bosh rol
Zaharli tomchilar Bosh rol
2021 Maktab Ogʻay ona
2022 Ofitser 55 Lidiya Abbosova
2023 Hokim buva Risolat
Ikkinchi ota Bosh rol

Manbalar

tahrir