Federico García Lorca
Federico García Lorca (qisqacha: Garcia Lorca) (1898.5.6, Fuentevakeros — 1936.19.8, Granada yaqinida) — ispan shoiri va dramaturgi. Uning ijodi ispan xalq ogʻzaki ijodi anʼanalarini yangicha talqin etish asosida shakllandi. „Qoʻshiqlar“ (1927), „Loʻlilar romanserosi“ (1928) kabi asarlarida ogʻir va fojiali voqea-hodisalarni boshidan kechirgan jabrdiyda kishilarga, oddiy mehnatkashlarga hamdoʻstlik va xayrixohlik tuygʻulari kuchli va yorqin aks etgan. „Shoir Nyu-Yorkda“ sheʼrlar toʻplami (1935, nashri 1940), „Ajoyib kavushdoʻz ayol“ pyesasi (1930), „Qonli toʻy“.(1933), „Iyerma“ (1934) tragediyalari va „Bernard Alba uyi“ (1936) qahramonlik dramasida oddiy kishilarning zolimlar zulmiga qarshi nafrati ifodalangan. Granada isyonida fashistlar tomonidan otib oʻddirilgan. Asarlari oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan („Ispan jandarmlari haqida romans“, „Gitara“, „Teatr haqida soʻz“, „Chorraha“, „Chavandoz qoʻshigʻi“ va b.) roror
Federico García Lorca | |
---|---|
Tavalludi | 5-iyun 1898 |
Vafoti | 19-avgust 1936 |
Fuqaroligi | Ispaniya[1] |
Otasi | Federico García Rodríguez |
Onasi | Vicenta Lorca Romero |
As.:Et qaygʻuli shodlik. Sheʼrlar va dostonlar [Ispanchadan Shavkat Rahmon tarjimasi], T., 1989.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |