Kogon shahar kasb-hunar maktabi
Asos solingan 1967-yil
Sohasi professional ta'lim
Talabalari 381
Fakultetlar 7
Oʻqituvchilar 39 ta
Manzili Kogon shahar Xalqlar do'stligi 10-uy


Kogon shahar kasb-hunar maktabi - Buxoro viloyati Kogon sharhida joylashgan professional ta'lim muassasasi[1].Ushbu ta'lim muassasasi shahardagi yagona professional ta'lam muassasasi hisoblanadi.

Kasb-hunar maktabida 7 ta kasblar „Avtomobil dvigatellarini tashxislashtirish va taʼmirlash chilangari“, „Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko'rsatish va taʼmirlash chilangari“, „Dispetcher xizmati operatori“, „Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori“, „Payvandlovchi“, „Elektr stansiyalari uskunalarini ta'mirlash“, „Aloqa operatori“ kasblari boʻyicha oʻquvchilar oʻqitiladi.

Hududi: 3,3 gektar.

Quvvati: 720  o‘rin.

Ta’lim davomiyligi: 2 yillik.

Kasb-hunar maktabiga o'quvchilar 9-sinfdan qabul qilinadi, hamda 2-yil davomida tanlagan yo'nalishlari bo'yicha ilm beriladi.

Muassasa 4 ta o'quv binosidan tashkil topgan.

Tarixi tahrir

  • 1967-yil ta'lim muassasasi professional texnika bilim yurti sifatida tashkil topgan.
  • 2001-yilda Kogon sanoat, transport kasb-hunar kollejiga o’zgartirilgan.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabridagi PF-5812-sonli „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi farmoniga muvofiq „Kogon shahar kasb-hunar maktabi“ sifatida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda[2].

Ta'lim muassasasi faoliyati davomida mehnati singan insonlar juda ko‘p. Jo'raqul Xayrullayev, Sanam Saidova, Ra'no Samiyeva, Bahodir Sultonov, Xosiyat Djurayeva, Laylo Qayumova, Shuxrat Imomov, Zoir Jo'rayev, Nodir Sodiqov, Shamshod Jo'rayev, Asror Hayitov, Abdusamad Nurmatov, Sodiq Turdiev va boshqa bir qator o‘qituvchilar nomini ko‘rsatib o‘tish o‘rinlidir.

Yutuqlar tahrir

Faoliyati davomida ta'lim muassasasi bir qator yutuqlarga erishgan. Jumladan:

2018-yil - Mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida O’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan “Siz qonunni bilasizmi” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli I-o’rin egalladi[3].

2019-yil - O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilgan kun munosabati bilan viloyatda o’tkazilgan “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani bo’yicha eng ilg’or ta’lim muassasi tanlovi”da  viloyatda munosib o'rin egallagan.

2023-yil - Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchi” sport musobaqasida viloyatda munosib o'rin egallagan.

2023-yil - Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Quvnoq startlar” sport musobaqasida viloyatda munosib o'rin egallagan.

Manzil: tahrir

Kogon shahar kasb-hunar maktabi manzili: Kogon shahri, “Arabxona” MFY. Xalqlar do‘stligi 10 uy.

Kasb-hunar maktabining geolokatsiyasi

Tel: +998-65-524-51-41

Manbalar tahrir