Buxoro davlat universiteti
(Buxdu)
[[Fayl:
Buxdu logos
|200px|alt=|]]
Asl nomi Buxoro davlat universiteti
Xalqaro nomi Buxoro davlat universiteti
Shiori Yuksak taraqqiyot-kuchli bilim, ilm-fan va tafakkurda!
Asos solingan 1930
Oʻquv yurti turi universitet
Rektori Tulaganov Abdukabil Abdunabiyevich
Talabalari 11181 ta
Fakultetlar 9
Manzili Buxoro, M.Iqbol ko`chasi 11 uy Oʻzbekiston
Vebsayti buxdu.uz


Buxoro davlat universiteti— ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi PF-356 sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 11 martdagi 125-sonli Qaroriga asosan Buxoro davlat pedagogika instituti negizida tashkil etilgan.

Universitet tarixi tahrir

Buxoro okrug maorif (Zavokrono) bo’limi boshlig’i K. Vaxabovning O’zSSR Mao-rif xalq komissariati (Narkompros)ga yozgan ma’lumotiga qaraganda, Madaniyat va maorif (Kultpros) kollegiyasi yig’ilishida 1930 yil 14 aprelda Maorif XKS rejasi bo’yicha davlat byudjeti hisobidan Buxoro okrugida Oliy pedagogika instituti va 6 ta texnikum: to’qimachilik, ipakchilik, medisina, tojik pedagogika texnikumi, zootexnikum va paxtachilik texnikumi ochilishi haqida qaror qabul qilingan [3, 145]. 1930 yilning may oyida Buxoroda 3-o’lka partiya konferensiyasi bo’lib o’tadi. Unda Buxorodagi pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalasi ko’rib chiqiladi [4, 199].

Buxoro viloyat arxividagi hujjatlar ham 1930 yilda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik borayotganligini tasdiqlaydi. Jumladan, 1930 yil 4 aprelida Buxoro Okrono (okrug xalq maorifi) shahar soveti huzuridagi gorkomxozga ochilajak Oliy pedagogika o’quv yurti uchun bino taklif qilishini so’rab murojaat qiladi [5, 425].

Bunga javoban Buxkomstaris Nodir Devonbegi madrasasi 1 sentyabr 1930 yildan ijarachilardan bo’shatilib, Pedagogika institutining yotoqxonasi sifatida foydalanilishi mumkinligi xaqida ma’lumot beradi [6, 173]. Ushbu hujjatlar ham Buxoro okrugida yangi pedinstitut ochilishiga tayyorgarlik ishlari boshlanganligidan dalolat beradi.

O’zRes MDAning 94-fondi Narkompros (O’zSSR Maorif XKS) hujjatlarini o’zida jamlagan. Asosan, oliy va o’rta bilim yurtiga oid hujjatlar ushbu fondda saqlanib kelinmoqda. 1930 yilgi hujjatlarda Buxoroda pedinstitut ochilishi bilan bog’liq bir qator ma’lumotlar izlab topildi.

Masalan, O’zRes Maorif XKS moliya-iqtisod sektorining 1930-1931 o’quv yilida O’zbekistonda mavjud Samarqand, Farg’ona va Buxoro oliy pedagogika institutlariga qabul rejasi keltirilgan [7, 9]. Unga ko’ra, Buxoro oliy pedagogika institutiga 1930 yilning kuzida reja bo’yicha 105 qabul rejasi o’rniga 70 talaba qabul qilinganligi qayd etilgan. 1931 o’quv yilining oxiriga kelib talaba soni 55 taga kamaygan.

Shuningdek, Maorif XKS O’zbekistondagi 1929-1930, 1930-1931 yillarida o’quv dargohlarining nomlari keltirilgan ro’yxatdan 1929-1930 o’quv yilida Buxoroda oliygohning hali yo’qligi, 1930-1931 yilda 160 talaba qabul qilinishi rejalashtirilganligini ham bilib olsa bo’ladi.

O’zSSR Maorif XKS kollegiyasining 1930 yil 2 iyundagi yig’ilishida oliy o’quv yurtlarida, jumladan, Buxoro oliy pedagogika institutiga qabul jarayonida tavsiya bilan keladiganlarga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlanadi [8, 98].

Buxoro oliy pedagogika institutining 1930 yilda tashkil etilganliga oid yana bir necha hukumat hujjatlarini taqdim etamiz.

O’zSSR MIQning 1930 yil 17 iyul yig’ilishida O’zSSR Maorif XKS 1929-1930 o’quv yili yakunlari va 1930-1931 o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari haqida Botuning ma’ruzasi tinglanadi. Unga ko’ra, yangi 1930-1931 o’quv yilida 4 ta oliygoh, jumladan, Buxoro pedagogika oliygohi ochilishi haqida ma’lumot berilgan [9, 69-70].

O’rta Osiyo davlat loyihasi seksiyasining 1930 yil 4 avgustidagi yig’ilishi bayonnomasida O’rta Osiyodagi Oliy o’quv yurtlarining ro’yxati keltirilgan [10, 25]. Ushbu ro’yxatga ko’ra, Buxoroda 160 kishiga mo’ljallangan oliy pedagogika instituti ochilishi rejalashtirilgan.

O’zSSR Maorif XKSning O’zSSR Gosplaniga bergan oliygoh va texnikumlar ro’yxatidan ham 1930-31 o’quv yili jarayonida Buxoro oliy pedagogika instituti yangidan ochilganini bilib olish mumkin [11, 59]. Ushbu hujjat bizga Buxoro oliygohi maktab o’qituvchilari tayyorlashi va ijtimoiy-adabiy hamda biologiya bo’limlaridan iboratligi haqida ma’lumot beradi.

Buxoro oliy pedagogika institutinig ochilishi haqidagi muhim hukumat qarori qaysi organ tomonidan amalga oshirilgan, degan savol tug’iladi. O’zRes MDAda mavjud O’zSSR XKSning 1927-1933 yillarga oid qarorlari to’liq o’rganib chiqildi. Shu masala yuzasidan yozgan arizamga binoan, O’zRes MDA direktori o’rinbosari O. Hasanova 2015 yil 2 noyabrdagi yozma javobida O’zRes MDA saqlovxonalarida O’zSSR XKSning 1927-1933 yillarga oid hujjatlari orasidan F. Xo’jaev nomidagi Buxoro pedagogika institutining ochilishi to’g’risidagi qarori haqidagi ma’lumotlar aniqlanmaganligini ma’lum qildi [12].

O’zSSR Maorif XKS yuzdan ortiq yig’ma jildlari ko’zdan kechirildi. O’zRes MDA 94-fondi buyruqlari va protokollari (bayonnoma) ichida tashkil etilgan aniq sanaga duch kelmadik. Bir qator hujjatlar Buxoro pedagogika instituti 1930 yilning 9 sentyabrida O’zSSR Maorif XKSning 146-sonli buyrug’i asosida tashkil topganligini tasdiqlaydi. Ya’ni, Buxoro viloyat Davlat arxivi direktorining Buxoro pedagogika institutiga tegishli 532-fond asosida oliygohning tashkil topishini tasdiqlovchi rasmiy “Tashabbusli axborotnoma”sida ham O’zSSR Maorif XKSning 1930 yil 9 sentyabrdagi 146-sonli buyrug’iga muvofiq Buxoro Oliy pedagogika instituti tashkil etilganligi qayd etilgan [13].

1930 yilning 9 sentyabrida Buxoro oliy pedagogika instituti (bugungi kunda Buxoro davlat universiteti)ni ta’sis etish to’g’risida O’zSSR Xalq Maorif komissarligi tomonidan chiqarilgan 146-sonli buyruq o’tgan XX asrning 30 yillaridagi qatag’onlar va II jahon urushi yillaridagi taloto’plar tufayli tarix sahnasidan tushib qolgan. 85 yil davomida ko’plab tarixchi olimlar tomonidan izlanib, shu vaqtga qadar hech kim topolmagan xazinalar sirasiga kiradi.

Universitet rektorlari tahrir

1. Vahabov Karimjon. 1930 -1931
2. Usmonov G’anijon. 1931-1934
3. Valiyev X.X. 1934-1935
4. Rajabov D. 1935-1936
5. Tereshxanov G.X. 1937 – 1938
6. Rustamov Agzam. 1938-1940
7. Sbizova Anna Ivanovna. 1940
8. Davlat - Yusupov Mustafo Xasanovich. 1940-1943
9. Hamidov (Homidiy) Sharif Hamidovich. 1944-1948
10. Jo’rayev Turob Jo’rayevich. 1948-1950
11. Maqsudov Sh.T. 1951 -1955
12. Yakubov R. 1955 – 1957
13. Rahmatov Muxtor Ne’matovich. 1957 – 1960
14. Namozov Juma Namozovich. 1960 – 1977
15. Jabborov Narimon Ibragimovich. 1977 – 1979
16. Mo’minov Vafo Arabovich. 1979 – 1986
17. Qosimov Farhod Habibovich. 1986-1992
18. Muqimov Komil Muqimovich. 1992 – 2005
19. Yoriyev Oltin Muzaffarovich. 2005-2009
20. Tadjixodjayev Zokirxo’ja. 2010 - 2014
21. Tulaganov Abdukabil Abdunabiyevich. 2014 y. - h.v.

Fakultetlar tahrir

1.Fizika-matematika fakulteti
2.Tarix va madaniy meros fakulteti
3.Filologiya fakulteti
4.Pedagogika fakulteti
5.Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti
6.Tabiiy fanlar fakulteti
7.Jismoniy madaniyat fakulteti
8. Turizm fakulteti
9.Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti


Adabiyotlar tahrir

1. Buxarskiy gosudarstvennypedagogicheskiy institut imeni Sergo Ordjonikidze. Kratkiy istoricheskiy ocherk (1930-1980 gg.) – T.:O’qituvchi, 1981.
2. Material nauchno texnicheskoy konferensii posvyaennoy 60-letiyu Buxarskogo gosudarstvennogo pedagogicheskogo instituta. – Buxara, 1990.
3. BVDA F 43, O 1, D 230, –145b.
4.Nauchne rabot i soobeniya: Kniga III. – T., 1961. – 199 s.
5. BVDA F 43, O 1, D 173, – 425 b.
6.BVDA F 43, O 1, D 230, – 173 b.
7.O’zR MDA F.r-94. O 5, D 769, – 9 s.
8.O’zR MDA F.r-94. O 5, D 417, – 98 s.
9. O’zR MDA F.r-94. O 5, D 217, – S. 69-70.
10.O’zR MDA F.r-9. O 1, D 685, – 25 s.
11.O’zR MDA F.r-94.O 5, D 773, – 59 s.
12. Ushbu xat A. Hamroevning yozma so’rovnomasiga javoban 2015 yil 2 noyarb -№ 07-10/X-432 javob xati olingan.
13. BVDA direktorining 2016 yil 16.12 № 195/01-13 Tashabbusli axborotnomasi.
14. O’zR MDA F.r-94. O 5, D 5799, – S. 18-25.
15. O’zR MDA F.r-94. O 5, D 930, – 19 s. ; F.r-.94. O 5, D 933, – 3 s.
16. O’zR MDA F.r-94. O 5, D 772,– 122 s.
17.O’zR MDA F r-94,O 933, – 92 s.
18.O’zR MDA F r-94,o 5, D 772, – 4 s.
19.O’zR MDA F.r-94. O 5, D 933, – 13 s.
20. O’zR MDA F.r-94. O 5, D 930, – S. 75-77.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

Natija tahrir