Carnation21
Masaru Ibukoning "Uchdan keyin kech" kitobi asosan bola tarbiyasidagi bazi xatolar va bolani qanday qilib mukammal,ilg'or va aqlli qilib tarbiyalash mumkinligi haqida ko'nikmalar beradi. Shu orqali bilish mumkin-ki dono bolaga faqat gen jixatidan emas balki, erta tarbiya va shu paytdagi atrof-muhit ahamiyati muhimroq. Erta ta'lim-bu maktabgacha tayyorlash, harflarni o'rgatish emas balki dunyoni tanishtirish, shaxsiyatini va qadriyatlarini rivojlantirishdir. Avtorning erta tarbiyani tadbiq etishdan maqsadi vunderkindlarni tarbiyalab chiqarish emas balki ertasini ozi qura oladigan mukammal farzandlarni voyaga yetirishdir. Bolaga qancha erta qalam tutqazsa,mehnatga o'rgatilsa shuncha samarasi boladi. Agar 3 yoshgacha bolgan bolaga hech narsa tushinmasligi va qila olmasligi takidlanib mayda uy ishlaridan olisda tutilsa unda o'ziga ishonchsizlik va qo'rquv kelib chiqadi.Bu esa mustaqil bola yetilishiga salbiy tasir ko'rsatadi. Bola tarbiyasini boshlashni uchdan keyinga qoldirish juda kech bolib, chunki bola ona qornida paydo bolgandan boshlab sirtqi muhitdan boxabar va tasirchan boladi. Demak, onaning kayfiyati,bajaradigan ishlari,qabul qiladigan xabari,eshitadigan qoshiq- u o'qiydigan kitoblari muhim va etibor bilan tanlanishi kerak. Shuning uchun, bolasining kelajagidan umidvor ota-ona bolasiga u yo bu narsalar qiyin malumot qabul qilishiga erta deb emas balki kerakli amallarni qilishi kerakdir. Dunyoni o'zgartgan kitob deb tan olingan yapon xalqi tarbiya boyicha kitobi barcha ota-onalarga kerakli bolib, shu orqali kelajagimiz bolgan buyuk insonlar yetilib chiqarish mumkin va bu xalqimiz va vatanimiz porloq kelajagi poydevoridir.