Foydalanuvchi:Cherryladdy/qumloq
Renée Simonot | |
---|---|
Tavalludi |
Jeanne Renée Deneuve 10-sentyabr 1911-yil |
Vafoti |
11-iyul 2021-yil (109 yoshda) Parij, Fransiya |
Kasbi | Teatr aktrisasi, ovoz san’atkori, kino aktrisasi |
Faoliyat yillari | 1918–2001 |
Turmush oʻrtogʻi | |
Bolalari | 4 ta, jumladan Françoise Dorléac va Catherine Deneuve |
Qarindoshlari |
Christian Vadim (nevarasi) Chiara Mastroianni (nevarasi) |
Jeanne Renée Deneuve (1911-yil 10-sentyabr - 2021-yil 11-iyul), professional faoliyatida Renee-Jeanne Simonot nomi bilan tanilgan, fransuz aktrisasi va ovoz ijrochisi boʻlgan. U aktyor Maurice Dorléacga turmushga chiqqan, aktrisalar Catherine Deneuve va Francoise Dorléacning onasi va aktyor Christian Vadim va aktrisa Chiara Mastroiannining buvisi boʻlgan.
Erta hayoti va faoliyati
tahrirFransiyaning Le-Gavr shahrida Joseph-Sévère Deneuve va Antoinette-Jeanne Deneuve (née Schenardi) oilasida tug‘ilgan[1][2], Simonot 1918-yilda yetti yoshida Odéon teatrida debyut qilgan. Asosan sahna aktrisasi bo‘lib, u yerda 28 yil davomida "yetakchi xonim" lavozimini egallab kelgan. Uning qizi Catherine sahna nomi sifatida o‘zining qizlik familiyasi boʻlgan Deneuvedan foydalanishni tanlagan. Simonot - Renéening sahna nomi bo‘lib, u bu nomni opera qo‘shiqchisi va oila do‘stidan olgan[3].
Renée Simonot 1929-yildan boshlab 1930-yillar davomida Fransiyada Amerika filmlariga ovoz berish ishlarini boshlagan ilk fransuz aktrisalaridan biri boʻlgan. U Olivia de Havillandning (uning ko‘plab filmlarida), shuningdek Sylvia Sidney, Judy Garland, Donna Reed va Esther Williams kabi aktrisa ovozlarini ijro etgan. Renée Simonot dublyaj san’atining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan aktrisalardan biri boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirSimonotning birinchi qizi boʻlmish Daniele 1936-yil 27-oktabrda aktyor Aimé Clariond bilan nikohsiz tug‘ilgan farzand boʻlgan[4][5][6]. Simonot 2013-yilda Le Point nomli fransuz jurnaliga shunday degan: "Janob Clariond mening erim emas edi. U turmush qurgan, ajrashmagan va xotinidan uzoq vaqt ajralgan. U menga bergan yagona baxt - bu bola. Boshqa tomondan qaraganda, Aimé Clariond juda yoqimtoy edi, lekin shunga qaramasdan biz unga ishonmasdik[7]".
MGM uchun dublyaj paytida Renée Simonot Maurice Dorléac bilan uchrashgan va ular 1940-yilda turmush qurisghan. Er-xotinning uchta qizi bor boʻlgan: Françoise Dorléac (1942-1967), Catherine Deneuve (1943-yil 22-oktyabrda tug‘ilgan) va Sylvie (1946-yil 14-dekabrda tug‘ilgan)[8].
Simonot 1979-yildan beri beva bo‘lib, Parij shahrida yashagan. 2013-yilda 102 yoshga to‘lishidan bir necha oy oldin bergan intervyusida u shunday degan: "Mening qariligim qayg‘uli emas. Yaxshi qurshovda bo‘lganim uchun baxtiyorman. Bolalarim va nevaralarimning qo‘ng‘irog‘i yoki tashrifini olmaydigan kun yo‘q"[7].
Uning qizi Catherine 2012-yilda M jurnalida e’lon qilingan suhbatda onasi haqida shunday degan: "Haqiqatan ham hayratlanarli: onam 100 yoshda! Tez orada 101 ga to‘ladi. U uyda bir o‘zi yashaydi, bridj o‘ynaydi, ko‘zoynak taqadi, ammo qulog‘i hali ham juda yaxshi eshitadi va aqli rasо. Bu, shubhasiz, keksalikning taskin beradigan timsoli. Men o‘zimga aytamanki, energiya jihatidan singillarim va men onamizga juda o‘xshashimiz kerak! U juda yoshligidan aktrisa bo‘lgan, hatto bolalik chog‘ida teatrda rol o‘ynagan va 30 yoshida Odéon teatrining rahbari bo‘lgan. Keyin uchinchi qizi tug‘ilgach, ishlashni to‘xtatgan. To‘rt farzandni tarbiyalash katta mas’uliyat hisoblanadi. Ayniqsa, u bizni ancha erkin holda qoldirgani uchun".[9] ".
Renée Simonot 2021-yil iyul oyida Parij shahrida 109 yoshida vafot etgan[10][11].
Sahna asarlari
tahrir- 1921: Les Misérables (Cosette) Paul Meurice va Charles Hugo tomonidan Victor Hugo romaniga asoslangan, Odéon teatri
- 1922: Molière Henry Dupuy-Mazuel va Jean-José Frappa tomonidan, rejissyor Firmin Gémier, Odéon teatri
- 1928: La Belle Aventure Gaston Arman de Caillavet, Robert de Flers va Étienne Rey tomonidan, Odéon teatri
- 1932: Le Favori Martial Piéchaud tomonidan, Odéon teatri
- 1934: Jeanne d'Arc Saint-Georges de Bouhélier tomonidan, Odéon teatri
Manbalar
tahrir- ↑ „Family tree of Antoinette-Jeanne SCHENARDI“ (en). Geneanet. Qaraldi: 2020-yil 4-noyabr.
- ↑ „Family tree of Joseph-Sévère DENEUVE“ (en). Geneanet. Qaraldi: 2020-yil 4-noyabr.
- ↑ Annick Cojean. „Catherine Deneuve: 'Je n'ai aucune envie de jouer une grand-mère modèle'“ (fr). Le Monde (2012-yil 31-avgust). Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
- ↑ "Les secrets d'alcôve sur Catherine Deneuve", RMC (France), 15 February 2013 (in French)
- ↑ "Renée Dorléac ou la traversée du siècle" by Jean-Noël Mirande, Le Point, 18 May 2013 (fransuzcha)
- ↑ „LES GENS DU CINEMA ©“. www.lesgensducinema.com.
- ↑ 7,0 7,1 Mirande, Jean-Noël „Renée Dorléac ou la traversée du siècle“. Le Point (2013-yil 18-may).
- ↑ „LES GENS DU CINEMA ©“. www.lesgensducinema.com.
- ↑ Média, Prisma „Catherine Deneuve se confie sur sa mère Renée, âgée de 108 ans : " C'est assez incroyable " - Gala“. Gala.fr (2019-yil 4-sentyabr).
- ↑ La mère de Catherine Deneuve, Renée Dorléac, est morte à l'âge de 109 ans
- ↑ Mort de Renée Simonot, mère de Catherine Deneuve et doyenne des actrices