Victor-Marie Hugo (fransuzcha: Victor Marie Hugo; 26-fevral 1802, Bezanson22-may 1885, Parij) — fransuz yozuvchisi (shoir, prozachi va dramaturg), fransuz romantitsizmining boshligʻi va nazariyachisi. Fransuz akademiyasining aʼzosi (1841).

Victor-Marie Hugo
Tavalludi 26-fevral 1802-yil
Vafoti 22-may 1885-yil(1885-05-22)
(83 yoshda)
Parij
Kasbi yozuvchi (shoir, prozachi va dramaturg)
Ijod qilgan tillari Fransuz tili
Fuqaroligi Fransiya
Yoʻnalish Romantizm

GYUGO (Hugo) Viktor Mari (1802.26.2, Bezanson — 1885.22.5, Parij) — fransuz adibi, romantizmning yirik namoyandasi. Dastlabki asari — "Qasidalar" (1821) sheʼrlar toʻplami monarxiya gʻoyalari taʼsirida boʻlib, 20-yillarning 2-yarmidan demokratik qarashlari mustahkamlana borgan. Isyonkorlik ruhi bilan sugʻorilgan "Kromvel" (1827), "Sharq motivlari" (1829), "Marion Delorm" (1829), "Ernani" (1830), "Ryui Blaz" (1838) va boshqa sheʼriy va dramatik asarlarida davrning dolzarb masalalari aks etgan. "Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi" (1831) tarixiy romani voqealari oʻrta asrda boʻlib oʻtadi, asarda muhabbat fojiasi tasvirlanadi. 1848-yildagi inqilobni olqishlagan. Lui Bonapartning davlat toʻntarishini (1851) qoralagan. Shundan soʻng 18 yil surgunda boʻlib, qator romanlar yozgan. "Pakana Napoleon" (1852), "Xoʻrlanganlar" (1862), "Dengiz zahmatkashlari" (1866), "Kulib turuvchi kishi" (1869), "Bir jinoyat tarixi" (1877—78) romanlarini yozib, ularda oddiy fransuzlarning ogʻir hayoti va kurashini tasvirlaydi. G. romanlaridagi buyuk va olijanob insonlar turmushdagi pastkashliklar va illatlarga qarshi kurashishadi. "Dahshatli yil" (1872) sheʼrlar toʻplami fransuz-pruss urushi va Parij Kommunasi (1871) voqealariga bagʻishlangan. Soʻnggi "93-yil" romani (1874)da inqilobga xayrixoxlik bilan qaragan. "Dengiz zahmatkashlari" (1938, 1965), "Xoʻrlanganlar"ning "Kozeta" va "Gavrosh" boʻlimlari (1952, 1955), "Byug Jargal" (1982) Q. Mirmuhamedov, Nurbek, E. Obidov tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan, "Kulib turuvchi kishi" Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1966).

Tanlangan bibliografiya

tahrir

Asosiy asarlar

tahrir
Manba[1]

Romanlar:

  • "Rad etilganlar" (1862)

2)

  • "Dengiz ishchilari" (1866)
  • "Kulayotgan odam" (1869)
  • "Toʻqson uchinchi yil" (1874)

Sheʼriy toʻplamlar:

  • "Qasidalar va turli sheʼrlar" (1822)
  • "Qasidalar va balladalar (1826)
  • "Sharq taronalari" (1829)
  • "Kuzgi barglar" (1831)
  • "Ichki ovozlar" (1837)
  • "Nur va soya" (1840)
  • "Qasd" (1853)
  • "Qahrli yil" (1872)
  • "Buva boʻlish sanʼati" (1877)

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir