Gruna Yefimovna Suxareva
Tavalludi 1891-yil 11-noyabr
Kiyev, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1981-yil 26-aprel
Moskva, RSFSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi, SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi psixiatr, oʻqituvchi
Sohasi psixiatriya
Ilmiy darajasi fan doktori
Ilmiy unvoni professor
Mashhur shogirdlari K. S. Lebedinskaya, M. Sh. Vrono, V. N. Mamseva
Mukofotlari ,

Gruna Yefimovna Suxareva (1891-yil 11-noyabr, Kiyev, Rossiya imperiyasi1981-yil 26-aprel, Moskva, RSFSR, SSSR) — sovet psixiatri, SSSRda bolalar psixiatriyasining asoschisi. Ilmiy adabiyotda birinchi bo'lib bolalik autizmining alomatlarini tasvirlaganligi bilan tanilgan (1925)[1][2]. RSFSRda xizmat ko'rsatgan fan arbobi.

Biografiyasi

tahrir

Gruna Yefimovna 1891-yil 11-noyabrda Kiyevda Xaim Faytelevich Suxarev (?—1941) va Raxila Iosifovna Suxareva (?—1951) oilasida tavallud topgan[3]. 1915-yilda Kiyev ayollar tibbiyot institutini tamomlagan, shundan so'ng ikki yil davomida epidemiologiya bo'limida shifokor bo'lib faoliyat olib borgan[4]. 1917-yildan 1921-yilgacha Kiyev ruhiy kasalliklar shifoxonasida psixiatr bo'lib ishlagan. Gruna bolalar va o'smirlar salomatligi institutining psixonevrologik klinikasida ham ishlagan. 1921-yilda Moskvaga ko'chib o'tdi va u yerda bolalar va o'smirlar uchun sanatoriy va psixonevrologik davolash muassasalarini tashkil qildi.

Gruna Suxarevna 1933-yildan 1935-yilgacha Xarkovda psixiatriya kafedrasini boshqardi. 1935-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1935-yilda Markaziy tibbiyot fanlarini o'rganish institutida bolalar psixiatriyasi kafedrasiga asos soldi va 1965-yilgacha unga rahbarlik qildi. 1938-yildan 1969-yilgacha RSFSR Psixiatriya institutida bolalar psixozi bo'yicha klinika mudiri bo'lib faoliyat olib bordi (u klinikada 1979-yilgacha ishlagan). Suxareva ko'p yillar davomida P. P. Kashchenko nomidagi psixiatriya shifoxonasining ilmiy rahbari bo'lgan. U Butunittifoq, Butunrossiya va Moskva nevropatologlar va psixiatrlar jamiyati boshqaruvi a'zosi hamda Moskva nevropatologlar va psixiatrlar jamiyati bolalar bo'limining raisi edi.

Suxareva 1981-yil 26-aprelda Moskvada vafot etdi va Vostrakovskiy qabristoniga dafn qilindi[5]. Moskva Sog'liqni saqlash boshqarmasining 2015-yil 26-martdagi 243-son buyrug'i bilan 2015-yil 18-maydan boshlab Moskvadagi bolalar va o'smirlarning ruhiy salomatligi ilmiy-amaliy markaziga (sobiq bolalar psixozi klinikasi) G. Y. Suxareva nomi berildi. Markaz Moskva, 5-Donskoy prospekti, 21-uyda joylashgan bo'lib, 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarning o'z joniga qasd qilish holatlarini davolash bo'yicha yetakchi ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasa hisoblanadi[6].

Opasi — Mariya Yefimovna Suxareva (1897—1991), pediatr-infeksionist, tibbiyot fanlari doktori (1946), professor (1947)[7][8].

Mahalliy psixiatriyaning rivojlanishiga qo'shgan hissasi

tahrir

left|thumb| Gruna Yefimovna 40 yil ishlagan Moskvadagi G. Y. Suxareva nomidagi Bolalar va oʻsmirlar ruhiy salomatligi ilmiy-amaliy markazi maʼmuriyati binosidagi yodgorlik lavhasi. 20-asrning boshlarida bolalar psixiatriyasi fan sifatida dunyoda mavjud emas edi va bolalik psixozlariga bag'ishlangan bir nechta ilmiy ishlar asosan kazuistik kuzatishlarga asoslangan edi. Biroq, bu ilmiy ishlarning (de Sanctis, Weygandt, Geller) qiymati shundaki, ular hatto yosh bolalarda ham psixozlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi mumkinligini tasdiqladilar. Bundan tashqari bolalar psixozlari klinikasini tizimli o'rganishga turtki berdilar. 1920-yillardan boshlab bu tadqiqotlar yosh sovet psixiatri Grunya Suxareva[9] tomonidan ijodiy ishlab chiqildi va boyitildi.

Suxareva ruhiy kasallikning evolutsion biologik konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bunda yoshga bog'liq reaktivlik omilining bolalar va o'smirlardagi turli xil ruhiy kasalliklarning klinik ko'rinishlariga ta'sirini o'rgandi. Gruna Yefimovna birinchi bo'lib bolalik va o'smirlik davridagi ruhiy kasallikning individual nozologik shakllarini tasvirlab berdi. L. Kanner va H. Asperger tomonidan bolalik autizmining klassik ta'riflaridan 20 yil oldin, Gruna shunga o'xshash holarlarni[10][11][12] aniqladi.

Manbalar

tahrir
  1. „Sukhareva—Prior to Asperger and Kanner“. 2022-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  2. „Tribute to Grunya Efimovna Sukhareva, the woman who first described infantile autism“. 2021-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  3. „Надгробный памятник Г. Е. Сухаревой и её родителей на Востряковском еврейском кладбище“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-yanvar.
  4. „Г. Е. Сухарева. К 120-летию со дня рождения“. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-fevral.
  5. „Могила Г. Е. Сухаревой на Востряковском еврейском кладбище“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-yanvar.
  6. „ГБУЗ «НПЦ ПЗДП им. Г. Е. Сухаревой ДЗМ»“. 2017-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
  7. „Российская еврейская энциклопедия“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
  8. „Надгробный памятник М. Е. Сухаревой на Введенском кладбище“. 2015-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
  9. „Ушаков Г. К. Детская психиатрия“. 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-iyul.
  10. „А. В. Горюнов Г. Е. Сухарева (к 120-летию со дня рождения)//Журнал неврологии и психиатрии.- 2012.- № 4“. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-fevral.
  11. „Did A Soviet Psychiatrist Discover Autism In 1925?“. 2019-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  12. „Jewish genius: Grunya Sukhareva, the discoverer of child autism“. 2019-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.

[[Turkum:Tibbiyot fanlari doktorlari]] [[Turkum:Kiyevda tugʻilganlar]] [[Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari]] [[Turkum:Lenin ordeni sohiblari]] [[Turkum:1981-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:26-aprelda vafot etganlar]] [[Turkum:1891-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:11-noyabrda tugʻilganlar]]