Dilshifo Po'latova
SHNOBEL yoki IGNOBEL nima?
Ig Nobel mukofoti - 1991 yildan beri har yili ilmiy tadqiqotlardagi o'nta g'ayrioddiy yoki ahamiyatsiz yutuqlarni nishonlash uchun beriladigan satirik mukofot bo'lib, uning maqsadi "avval muvaffaqiyatlarni sharaflash bilan odamlarni kuldiring, keyin esa o‘ylantiring”. Mukofot nomi Nobel mukofotiga parodiya qilingan va nobel (ignobel -olijanob emas) so'zidan qilingan so'z o'yinidir. Bir so'z bilan aytganda SHNOBEL ---> ANTINOBEL deganidir.
Annals of Improbable Research (AIR) ilmiy yumor jurnali tomonidan tashkil etilgan Ig Nobel mukofotlari Garvard universiteti Sanders teatrida tantanali marosimda Nobel mukofoti laureatlari tomonidan topshiriladi va g‘oliblarning Massachusets texnologiya institutida ochiq ma’ruzalari davom etadi .