Qurbonov Dilshodbek Kamoljon o'g'li 2002 yil 9-aprel kuni Namangan viloyati chust tuman Varzik qishlog'ida tug‘ilgan. Yoshligidan ilmga bo‘lgan qiziqishi tufayli tengdoshlaridan ajralib turgan.58-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida o‘qigan. Tarix va Geografiya fanlarini chuqur o‘zlashtirgan. Huquq fani bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada tumanda faxirli 3 o‘rinni egallagan. Aynan shu narsa uning keyingi hayotidagi muvaffaqiyatlarini poydevori bo‘lgan. 2019-yil o‘rta ta‘limni bitirgan. Chirchiq davlat pedagogika unverstetiga hujjat topshirgan lekin qabul qilinmagan. Bunday muvaffaqiyatsizlikdan keyin o‘zini yo‘qotib qo‘ymay yana o‘qishni davom ettirgan. Uzoq yillik mehnat va qiyinchiliklardan so‘ng 2020-yil Toshkent davlat Sharqshunoslik Unversitetiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.