"Tok urdi" jumlasida aslida nima boʻladi? Tok kuchi bizga taʼsir koʻrsatadimi yoki kuchlanish?

Albatta biz yuqoridagi jumlani kundalik hayotda koʻp eshitganmiz. Bu savolning javobini bilish uchun biz quvvat tushunchasini bilishimiz talab etiladi. Chunki bizga salbay taʼsir koʻrsatadigan narsa bu ELEKTR QUVVATI . Xoʻsh bu elektr quvvati nimaga bogʻliq? Bilamizki quvvat tok kuchi(I) va kuchlanish(U)larning koʻpaytmasiga P=IU ga teng boʻladi. Ya'na ham aniqroq aytadigan boʻlsak kuchlanish bizning tanamizning qarshiligini yengishga sarf boʻladi soʻng tok kuchi salbiy taʼsir koʻrsatadi.Agar kuchlanish kichik boʻlib tok kuchi katta boʻlsa tok bizning tanamiz qarshiligini yengib oʻtolmaydi va ta'sir etolmaydi,yoki aksincha kuchlanish katta boʻlib tok kuchi kichik boʻlsa tok bizning qarshiligimizni yengib oʻtadiyu lekin u qadar koʻp miqdorda tasir koʻrsatolmaydi!

Xulosa: Tok urishi kuchlanishga va tok kuchiga birdek bogʻliq boʻlib, ularning ixtiyoriy bittasining limiti nolga intilganda (nolga juda yaqin qiymatida) ta'sir kuchi ham nolga yaqin boʻladi.

Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika yoʻnalishi 221-guruh talabasi Azimov Doston.