Foydalanuvchi:Dostonqurbonov2311/Mang`it urug`i
Mang`it urug`i
tahrirMang`it aslida manqut bo`lib barakali bo`lsin degan ma`noni aglatadi. Mang`itlar uch guruhga bo`linadi : oq mang`it, to`q mang`it va qora mang`it. Ko`p yillar Oltin O`rdada, Xorazmda, Qrimda hokimiyatni o`z qo`l ostida saqlagan Amir Edigey oq mang`tlardan edi. Amir Temur Oltin O`rdani egallagandan keyin bu urug`dan juda ko`p xonlar yetishib chiqqan. Vaqqosbiy, Muso, Yomg`irchi, G`ozibiy, Muborakshoh mang`itlar urug`iga mansub bo`lib, mashxur amir Edigeyning avlodlaridir. XVI asrning boshlarida Shayboniyxon armiyasi safida ham ko`plab mang`it urug`idan bo`lgan kishilar ishtirok etishgan. Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlarda mang`it urug`i yashab keladi, ya`ni O`zbekistonda o`zbek, Qozog`istonda qozoq, Qirg`izistonda qirg`iz, Qoraqalpog`istonda qoraqalpoq bo`lib, shu xalqlar bilan singishib ketgan.[1]
Adabiyotlar
tahrirN. Norboyev '' O`zbek elining qabila va urug`lari '' ( 37,38 - bet ) Toshkent - 1997
- ↑ N. Norboyev O`zbek elining qabila va urug`lari ( 37,38 - bet ) Toshkent - 1997.