Foydalanuvchi:Elbek.0205/QAYNAMA
QAYNAMA
tahrirQAYNAMA — ariq suvini yoʻl yoki koʻcha ostidan oʻtkazish uchun moʻljallangan gidrotexnika inshooti. Uzunligi yoʻl yoki koʻchaning eniga teng keladigan yoki undan uzunroq asbest yoki metall quvur hamda quvurning ikki uchiga qilingan beton yoki metall hovuzlardan iborat. Quvurning diametri va hovuzlarning oʻlchami ariqdagi suvning hajmiga bogʻliq boʻladi. Qaynama qurishda yogʻin suvlari ham hisobga olinadi. Qaynamaning oʻziga xos tomoni shundaki, quvurdagi suv sathi hovuzlardagi suv sathidan ancha past boʻladi. Quvurga suv kiradigan hovuzdagi suv sathi quvurdan suv chiqadigan hovuzdagi suv sathidan balandroq yoki unga teng boʻlishi lozim. Bir hovuzdan kirgan suv ikkinchi hovuzdan «qaynab» chiqadi (nomi shundan). Qaynama sifon prinsipida ishlaydi. (yana q. Dyuker).
Manbalar
tahrirQomus Info https://qomus.info/oz/