Foydalanuvchi:Eldorbek1202/ELEGIYA
ELEGIYA
tahrirELEGIYA — 1) lirik poeziya janrlaridan; gʻamgin ruhdagi lirik sheʼr. Elegiyaning asoschisi yunon shoiri Kallin (mil. av. 7-asrning 1-yarmi) hisoblanadi. Yunonistonda Tirtey, Mimnerm, Solon, Feognid, Fokilid va boshqalar Elegiya yozganlar. Romantizm uslubida yozilgan Elegiya larda hayotdan qoniqmaslik, hasrat motivlari ustivorlik qilgan. Fransuz Elegiya larida emotsionallik, psixologizm, nazokat ortdi. Rus Elegiyasi 18-asrda paydo boʻddi va V. A. Jukovskiy, K. N. Batyushkov ijodida rivojlandi. A. S. Pushkin bu janr uslubi, mavzusini yangiladi. 20—30ylar oʻzbek lirikasida Elegiyaning dastlabki namunalari paydo boʻldi. Hamzaning Tursunoyga, Choʻlponning oʻzbek qizlari taqdiriga bagʻishlangan sheʼrlarida Elegiyaga xos qaygʻu motivlari, gʻamgin kayfiyat oʻz ifodasini topdi. Keyinchalik Oybek, H. Olimjon va boshqalar shoirlar oʻzbek Elegiya sining eng yaxshi namunalarini yaratdilar; 2)musiqada — oʻychan, hazin, baʼzan motamsaro xarakterdagi vokal yoki cholgʻu asar. Mustaqil janr sifatida 17-asrdan maʼlum (G. Pyorsell va boshqalar). Yuksak namunalarini J. Massne (ovoz, violonchel va fortepiano), M. Glinka, N. Myaskovskiy (romanslar), P. Chaykovskiy (torli orkestr uchun), S. Raxmaninov («Elegik trio» va boshqalar), N. Metner (sonata Elegiyasi, fortepiano uchun), 20-asrda I. Stravinskiy, B. Bartok va boshqalar yaratgan. Oʻzbekistonda M. Burhonov (violonchel va fortepiano uchun), A. Kozlovskiy (5 ta, violonchel uchun) Elegiya lari tanilgan.
Manbalar: