Psixologizm
Psixologizm (sotsiologiyada) — sotsiologiyaning ayrim yoʻnalishlariga (Gabriel Tarde, Charles Horton Cooley, George Herbert Mead, neofreydizm, strukturaviy-funksional maktab va boshqalarga) xos metodologiya usuli. Psixologizm ijtimoiy munosabatlarni va strukturalarni psixologik maʼlumotlar, inson psixikasi xususiyatlari, odamlarning bevosita oʻzaro harakatlarini tahlil qilish asosida tushuntiradi. Psixologizm boʻyicha, psixologiya umuman butun falsafaning, uning barcha sohalari, xususan, mantiqning (Wilhelm Wundt va boshqa fikriga koʻra) asosi hisoblanadi. Psixologizm tarafdorlari birdan bir fan psixologiyadir, deb biladilar. Chunki, deb uqtirishadi ular, barcha fanlarning obyekti faqat maʼlum usullar orqali bilingan sezgilardir. Bunday qarashni birinchi galda empiriokrititsizm va pozitivizm vakillari ilgari suradilar.
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |