Neofreydizm — hozirgi zamondagi, ayniqsa, amerika falsafasi va psixologiyasidagi oqim. 1930-yillar oxirida psixoanalizni amerika sotsiologik va etnografik nazariyalari bilan birlashtirish jarayonida paydo boʻldi. Asosiy vakillari: K. Xorni, X. S. Sallivan, E. Fromm. Shaxslararo munosabatlardagi ichki psixologik jara-yonlarning muhim tomonini chetlab, N. psixologik normalarni shaxsning ijtimoiy muhitga moslashuvi sifatida izoxlaydi. 3. Freydning libido va sublimatsiya haqidagi taʼlimotini N. chetga surib qoʻyadi va yo umuman gʻayri-shuuriylik rolini inkor etadi yoki unda ijtimoiy va psixik strukturalar oʻrtasidagi bogʻlovchi halqani koʻradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil