Foydalanuvchi:Eldorbek1202/Xalajiyon
Xalajiyon
tahrirXalajiyon - etnotoponim. Xalaj(ch)lar ma’nosida. Qadimgi turkiy qabilalalardan biri. Amudaryoning yuqori, oʻrta va quyi oqimlaridagi hududlarga, jumladan, Qashqadaryo, Buxoro vohalariga tarqalgan. Tarixiy manbalarda turkman qabilalari qatorida tilga olinadi. Mahmud Koshgʻariy, shuningdek, Abulgʻozixonning yozishicha, xalach soʻzi “qol+ och, och+ qol” ma’nosini bildiradi. Abulgʻozixon oʻz fikrini quyidagi ma’lumot bilan asoslaydi. Oʻgʻuzxon yurishlari davrida qoʻshindan orqada qolib adashgan, och qolgan askarlarni yigʻib kelish uchun maxsus kishilar harakat qilgan. Kunlarning birida qoʻshindan orqada qolib ketgan bir askarni Oʻgʻuzxon huzuriga olib kelishadi. Ma’lum boʻlishicha, yegulikdan qiynalish oqibatida u qoʻshindan orqada qolgan va shu paytda askar homilador ayolining koʻzi yorib, farzand koʻrishgan. Ovqat kamligidan ayolning suti chaqaloqni boqish uchun ozlik qilardi. Askarer qirgʻovul ovlab xotinini boqqan ekan.
Manbalar:
Halim To`rayev "Buxoro toponimikasi" Buxoro-2021