Eshova Dilbar Shonazarovna
Buxoro pedagogika instituti
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fani
AKVAREL – (ital. acguerello) – suvda eruvchi bo’yoqlar. Bu bo’yoqlarning ajoyib xususiyati bo’yoq qatlamlarining tiniqligi va mayinligidir. Akvarelda oq rang bo’lmaydi, uning o’rnida bo’yoqlarning tiniq va yupqa qatlami tagidan ko’rinadigan yoki bo’yalmay qolgan qog`ozning rangi xizmat qiladi..
APPLIKATSIYA – (lot. applicatio - yopishtirish) – gazlama, qog`oz va boshqa materiallarga rang-barang gazlama, qog`oz bo’laklari, teri tikish yoki donli o’simliklar donlari, poyalarini, barglari yelimlash yo’li bilan naqsh tuzib, badiiy tasvir yaratish.
AFISHA – (frans. affiche - e’lon) -spektakl, konsert va boshqa madaniy tadbirlar, tomoshalar, to’grisida xabar beruvchi maxsus e’lon.
BADIIY QURISH - YASASH (lot. konstriuktio - qurilish). Turli materiallardan (rangli karton qog`ozlar… yog’och… tashlandiq materiallar… tabiiy materiallar… maxsus qurish - yasash to’plamlari va shu kabilar) har xil o’yinchoqlar yasash faoliyatlari tushuniladi.
BEZAK – biror narsaga ishlangan naqsh, ziynat, pardoz.
GANCHKORLIK – amaliy bezak san’atining keng tarqalgan turi, o’ymakorlik tarmogi. Ganchkorlik qadimgi san’atlardan biri. o’yma ganchlar, asosan binolarning ichki qismidagi devorlar, namoyon, taxmon, tokcha, jonivonlarning yuqorisi sharofalar va boshqa joylarni bezashda ishlatiladi. Ganchkorlikda o’yma naqsh metall kesiklar vositasida ishlanadi. o’yilgan naqshning yuzi gul ganch bilan pardozlanadi. Pardozning turlari chok pardoz, pax pardoz, lo’la pardoz va tabaqa pardozlardir. Ganchkorlik san’atia ham tarixan bir necha mustaqil maktab - Samarqand, Buxoro, Xorazm, Fargona, Toshkent, Xiva maktablari tashkil topgan. Taniqli xalq ustalari - Usta Shirin Murod, Toshpulat Arslonqulov, Qo’zi Jalilov, Rashid Jalilov, Shamsiddin Qodirov, Usmon Ikromov, Maxmud Usmonov, kabi yetuk ganchkor ustalar samarali ijod qilganlar.
GUASH - /frans. guuische, ital. guacco– suv buyogi/ - yelim va belila aralashtirilib, suvga qorilgan bo’yoq va shu bo’yoq bilan ishlangan rassomlik asarlari. Ishlatish yo’llari jihatidan guash akvarel buyoqlarning yumshoq xillariga o’xshasada, belila qo’shilganligi, bo’yoq qatlamining qalinligi va xiraligi bilan akvareldan farq qiladi.
DIZAYN- kundalik hayot, turmushda ishlatiladigan buyumlar, kiyim-kechak, asbob-uskuna, idish-tovoq, mebel va shunga o’xshash narsalarni qulay, chiroyli shakl va rangini, yangi shakl-shamoyil yaratish san’ati.
ZARGARLIK - amaliy sanatning O’zbekistonda keng tarqalgan turi. Qimmatbaho tosh va metallardan ziynatlanib ishlangan buyumlar; yarim oy shaklidagi ziraklar, nozik uyma gulli zirak va bilaguzuklar shular jumlasidagilar-sanat namunasidir.
ZARDO’ZLIK - amaliy sanatning bir turi bo’lib, Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Kashtachilik sanatining bir ko’rinishi. o’tmishda zardo’zlik bilan erkaklar shugullanganlar, zar va kumush iplar bilan erkaklar to’ni, sallasi, do’ppilari, poyafzallari va ayollarni kuylak, kamzul, etikcha va xaltachalariga bezak tikilgan.
KALLIGRAF – Xattot. Xusnixat qoidalariga rioya qilib chiroyli yozadigan kishi.
KANDAKORLIK – qadimiy amaliy san’at turi, metall o’ymakorligi. XIX asrda Buxoro, Qo’qon, Marg’ilon, Samarqand, Toshkent, Shahrisabz, Xorazm kandakorlik maktablari mavjud.
KULOLCHILIK – hunarmandchilikning turli-tuman loydan idish, buyum, qurilish materiallari va boshqa ishlaydigan sohasi. Afrosiyobda va Markaziy Osiyoda VIII-XII asrda rivojlana boshlangan. Ayniqsa, o’zbeklar va tojiklar yashaydigan shahar hamda qishloqlarda keng rivoj topgan. Qoratog, Panjikent, Samarqand, Shahrisabz, G’ijduvon, Toshkent, Rishtonda sopol idishlarning sirlab bezatishning o’ziga xos uslublari vujudga kelgan. 1930 yildan Toshkent eksperimental keramika, Samarqandda keramika ustaxonalari, Shaxrisabzda ochildi. Turob Miraliyev (Toshkent), Rustam Egamberdiyev, Karim Hazratqulov (Shaxrisabz), Uzoq Shermatov, Xolmat Yunusov (Rishton), Muhammad Siddiq, Usmon Umarov (G’ijduvon) singari o’nlab atoqli kullollar yoshlarga ta’lim berdilar. O’zbekistonda kulolchilik ishlarini rivojlantirish, yoshlardan kulollar tayyorlash kullolchilikni tadqiq etishda O’zbekiston xalq rassomi, san’atshunoslik nomzodi Muxiddin Raximov samarali mehnat qildi.
KOMPOZITSIYA – lot. – tuzilish, qurilish. Badiiy asarning tuzilishi, asarda tasvirlanayotgan narsalarning obrazlari va badiiy vositalarning muayyan maqsadga xizmat qiladigan tartibiy joylashishi va ularning muvofiqligi.
MOZAIKA – rang-barang koshin, shisha, marmar, tosh, yogoch, metall parchalari bir-biriga zich terib yopishtirib ishlangan naqsh, tasvir monumental-bezak san’ati turlaridan biri. Binolarni bezashda, dastgoxli asarlar yaratishda, amaliy san’at asarlarida foydalaniladi. Mozaika tayyorlashning ikki usuli ma’lum. 1-usulda tosh, shisha, sopol parchalari to’gridan-to’gri devorga, polga, shiftga sement yordamida yopishtirib suvab, tasvir hosil qilinadi (to’gridan-to’gri terish). 2-usulda koshin, sopol parchalari, qog`oz, metall, yogoch taxtaga yopishtirib tasvir hosil qil.
MONUMENT – (lotin. monumentum – yodgorlik) - biror muxim tarixiy voqea, ulug shaxs sharafiga yaratilgan xashamatli yodgorlik, arxitektura yoki haykaltaroshlik asari. Har qanday ob-havo sharoitiga chidamli materiallar ( marmar, granit, bronza va bosh) dan ishlanib, o’rnatilayotgan joyning muhiti bilan uygunlashtirib ko’riladi.
NUSXA – (arab. – ras) xalk amaliy san’ati - kashtachilik, zarduzlik, gilamchilik, tukimachilik va boshka tarmoklarida kullaniladigan va ma’lum kompozitsiyaga asoslangan naksh namunasi. Nusxa xalk ustalari va ularning ijodiy fantaziyasi asosida vujudga kelib, davr takozasi bilan uzgarib, yangilanib boradi.
NAKKOSH – naksh chizuvchi san’atkor. Ganch, yogoch tosh, metallga uyib, ganch va yogochga chizib va buyab naksh ishlovchi xunarmandlarga, shuningdek, kashtaduz, zarduz, gilamchi, zargarlarga naksh nusxalarini ishlab, chitga gul bosuvchi kosiblar uchun kolip tayyorlaydigan ustalarga xam naksh chizib beradi.
NAKSH – /arab – tasvir, gul / - elementlari ma’lum tartibda takrorlanadigan geometrik shakllar, usimlik, kush, xayvon, va boshkalarning sxematik tasviridan tashkil topadigan bezak. Ganchkorlik, yogoch uymakorligi, kandakorlik, toshtaroshlikda ganch, yogoch, mis, toshga uyib, kirkib, qog`oz, mato, yogochga tush, turli buyoklarda chizib, buyab, kashtado’zlik va zardo’zlikda chok yordamida, kulolikda chizma bosma, qalami singari usullarda bo’yab, sirlab, shuningdek, qoliplar yordamida hosil kilinadi. Gilamchilik va to’qimachilikda to’qib, inkrustatsiya va panjarada qadab ham naqsh ishlanadi.
PLASTILIN – loy, mum va boshqa moddalar aralashmasidan hosil bo’ladigan xamirsimon modda. Rassomlar o’z haykal asarlarining dastlabki eskizlarini ishlashda ko’pincha plastilin ishlatishadi.
PEYZAJ – (frans. peuz– joy, makon) - tasviriy san’at turlaridan biri. Manzara.
PAPE-MASHE (frans. papier mashe– ezilgan qog`oz)- tuyib ezilgan qog`oz, karton va boshqa narsalarga yopishqoq moddalar, kraxmal, gips qorishtirib hosil qilinadigan material. Badiiy mahsulotlar, o’yinchoqlar, ayrim ro’zgor buyumlari, o’quv qo’llanmalarni tayyorlashda foydalaniladi. Xitoy, Koreya, Yaponiyada miniatyuralar tayyorlashda qadimdan foydalanilgan. Pape-masheni bo’yash, laklash, qabartirib turli tasvirlar ishlash, rasmlar chizish mumkin. quticha, niqoblar tayyorlashda ko’p foydalaniladi.
PRINSIP- tamoyil, talab
REALIZM – vokelikni badiiy ijodning turlariga xos maxsus vositalar bilan xakkoniy, ob’ektiv tarzda aks ettirish. uzbekiston xududida yuksak darajaga kutarilgan miniatyura san’atida realizm elementlari kuzga tashlanadi.
SUZANA, suzani (fors - toj. - igna bilan tikilgan) - matoga kashta tikib tayyorlanadigan ba-diiy buyum. Odatda xonani bezatish uchun devorga tutiladi. Satin, shoyi, baxmal singari matolarga turli choklarda kashta tikib tayyorlanadi. Matoning rangidan kashta foni sifatida foydalanilishi bilan palakdan fark kiladi. Suzananing kashta gullari, asosan, usimliksimon, islimiy nakshlardan iborat bulib, kupincha urtasiga doirasimon gul tikiladi, atrofi xoshiyalanadi.
SAN’AT – arabcha atama bo’lib, hayotdagi narsa va hodisalarni badiiy obrazli tarzda aks ettiruvchi ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi. U tasviriy va amaliy san’at, musiqa, me’morchilik, teatr, kino, badiiy adabiyotni o’z ichiga oladi.