Ketmonsifat Asbob Ibtidoiy davrlardan beri inson mehnat faoliyatining asosiy turlaridan biri to’plash bo’lgan. Asosiy qurol sifatida ular tayoqdan foydalanishgan.Tayoqni mustahkamlash uchun uchi o’tkirlanib,olovda yoqilgan.Keyinchalik yerni qazish uchun qulay ko’ndalang yog’och ulangan tayoq paydo bo’ldi.Ushbu tayoqchada ketmonning ilk namunasini ko’rish mumkin.Vaqt o’tishi bilan tayoqning ishchi qismi hayvon shoxlari yoki suyaklaridan tayyorlana boshlandi.Nihoyat,inson yog’och tutqichlari bor tosh ketmonlar yasashni o’rgandi.Bunday vosita yordamida inson yerni qazib,ag’darishi katta bo’laklarni parchalashi mumkin edi.Keyingi bir necha ming yilliklarda ketmon dehqonlarning asosiy mehnat quroli bo’lgan. Qo’lda ishlangan ketmon to’rtburchak ramka shaklidagi metalldan yasalgan. U tutqichga ulangan.Ramkaning yon va pastki qismi ikkala tomoniga ichkaridan o’tkirlangan tig’ o’rnatgan.Ketmon foydalanishda oddiy va ko’p vazifani bajaradigan asbobga aylanib qoldi.Biroq uning asosiy kamchiligi uzoq vaqt ishlatilgandan keyin tig’ni o’tkirlash zarur edi. Ketmon konstruksiyasi yaxlit bo’lganligi sababli,uning pichoqli joyini o’tkirlash qo’lda amalga oshiriladi,bu ancha noqulay bo’lgan. Yana bir kamchilik-tutqichni mahkamlash burchagini o’zgartirib,ma’lum bir inson uchun moslashtirilish kerak edi.Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki qismdan iborat bo’lgan bo’linadigan qo’l ketmoni ixtiro qilindi.Birinchi qism-bu oddiy po’latdan yasalgan tutqichli.Ikkinchi qism po’latning uchlarida teshiklarida bo’lgan tig’li qism. Ketmonning bu turi foydalanish uchun qulay bo’lgan.

“Kashfiyotlar Va ixtirolar”kitobi 52-bet.