Farangis Avazbek qizi
Budjet (qadimiy „baguete“-karmon, sumka) — bu davlat va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash shaklidir. Budjet munosabatlari davlatning markazlashtirilgan pul mablagʻlari jamgʻarmasida moddiylashadi. Bu jamgʻarma taqsim qilinishi sababli uning shakllanishi va sarflanishi qiymat xarakati orqali ifoda etiladi. Bu jarayon davlat tomonidan yigʻiladigan va sarflanadigan pul resurslari oqimlari kurinishiga ega boʻladi. Oʻz iqtisodiy mohiyatiga koʻra davlat budjeti — bu ijtimoiy-madaniy tadbirlar va davlat boshqaruvi extiyojlarini moliyalashga moʻljallangan budjet jamgʻarmasini shakllantirish hamda, undan foydalanish masalalarida milliy daromadni qisman milliy boylikni ham qayta taqsimlash borasida davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan pul munosabatlaridir. Byudjet tizimi — davlat, maʼmuriy hudud, baʼzi (mustaqil byudjetli) muassasalar byudjetlarining iqtisodiy munosabatlar va huquqiy meʼyorlarga asoslangan majmui. Oʻzbekistonda Byudjet tizimi davlat byudjeta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, mahalliy (viloyat, shahar, tuman va boshqalar) byudjetlardan tarkib topadi. Shuningdek davlat ijtimoiy sugʻurta byudjeti ham davlat byudjeti tarkibiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida Byudjet tizimi masalalari "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonun (2000-yil, 14 dekabr) bilan tartibga solinadi. Davlat byudjeti parlament tomonidan (Oʻzbekistonda Oliy Majlis), viloyat, shahar, tuman va boshqalarda tegishli xalq deputatlari kengashi sessiyasida tasdiqlanadi. davlat budjeti — moliyaviy rejalar tizimida etakchi oʻrinda turadi va davlatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi: Davlat budjeti — moliya tizimining barcha asosiy moliya institutlari — daromadlar, xarajatlar, davlat qarzlari birlashadigan va oʻzaro bogʻlanadigan markaziy boʻgʻini hisoblanadi; davlat budjeti — davlatning soliqlar yordamida jamlanadigan eng yirik markazlashtirilgan pul jamgʻarmasidir. Davlat budjeti davlat tomonidan oʻz funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish yoʻlida sarflanadi. Tasdiqlangan budjet qonun kuchiga ega.