Siklotimiya —Bu termin psixiatriyada ishlatiladi.Yumshoqroq kechuvchi Bipolyar affektiv buzilishlarning ko‘rinishidir. Xuddi Bipolyar affektiv buzilishlardagi kabi kasallik bosqichlar shaklida (subdepressiv va gipomaniakal namoyon bo'ladi) ularning orasida yaxshigina yorug’ sog‘lom oraliq bo'ladi, bu intermissiya deyiladi. Ba’zi holatlarda siklotimiya kayfiyatning bir oz o‘zgarishi bilan kechadi. Siklotimiya uchun holatlaming o‘zgarishi — bir tomondan o‘zini yaxshi his qilish, quvvat va ish qobiliyatining oshishi, boshqa tomondan, kayfiyatning susayishi, g‘amnok bo‘lib qolishi, harakat susaymagan holatdaligi bilan tavsiflanadi. Qisqa vaqt davom etadigan xurujlar shifoxonaga yotkizishni taqozo etmaydi, bemorlar tomonidan esa kayfiyatning o‘zgarib turishi deb baholanadi. Siklotimiya bemorlarda kasallik og'irlashib, Bipolyar affektiv buzilishning ifodalangan bosqichlariga aylanishi mumkin, bu esa kasallikning Bipolyar affektiv buzilishga tegishli ekanligini tasdiqlaydi. Bipolyar affektiv buzilishdagi somato-vegetativ o'zgarishlar bosqichlar sifatida va xurujlar orasidagi davr bilan ta’riflanadi. V. T. Protopopov va uning xodimlari ishlaridan maium bo‘ladiki, psixoz xuruji somatik o‘zgarishlardan boshlanadi, chunki somatik o‘zgarishlar ruhiy xastalik belgilaridan oldinroq namoyon boiadi. Ham Maniakal, ham depressiv bosqichlarda somatovegetativ o‘zgarishlar bir xil ko'rinishga ega boiadi va bu simpatik nerv tizimi tonusi oshganligini ko‘rsatadi: ishtaha yo'qoladi, ozadi, og‘zi quriydi, qabziyat boiadi, yuragi tez-tez uradi, qorachigi kengayadi, uyqusi buziladi, qon bosimi o'zgaradi, terming tonusi tushadi, amenoreya va libido o‘zgarishi ro‘y beradi. Intermissiya boshlanguncha vegeto-somatik olam me’yeriga kelib qoladi. Depressiya holatida bosqichning tezda tugashidan darak beradigan xushnud etuvchi alomat bu bemorni semira boshlashi hisoblanadi, ya’ni yo‘qotgan ogirligi tiklana boshlaydi.

Manba:Psixiatriya Abdullayeva V.K ISBN 978-9943-5284-2-0 UO'K 616.89-07-08