Diana Yenikeyevaning oʻlimi, yana Kattaqoʻrgʻon fojiasi – 2018-yil 14-mart kuni Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 42-maktabning mehnat taʼlimi oʻqituvchisi, 23 yoshli Diana Yenikeyevaning majburiy mehnatga jabl qilinishi sababli, yaʼni katta yoʻldagi toʻsiqlarni oqlash chogʻida yuk mashinasi tomonidan urib ketishi oqibatida vafot etishi.

Allohning 99 ismlari (arabcha: أَسْمَاءُ ٱللَّٰهِ ٱلْحُسْنَىٰ, asmoul husna – „Allohning goʻzal ismlari“) – Qurʼon va sunnatda zikr qilnuvchi Allohning ismlari.

Umumiy maʼlumot

tahrir

Allohning ismlari soni, ularning bir roʻyxatda jamlanganligi Abu Hurayradan rivoyat qilingan sahih hadis bilan belgilanadi[1]:

Qurʼonning Aʼrof surasi 180-oyatida ham ibodatda Allohning ismlarini zikr keltirish buyurilgan[2][3]:

Akademik ishlarda ismlar ko‘pincha Qur’onda kelishi tartibi boʻyicha joylashtirilgan. Hozirda ularni arab alifbosiga asosan tartiblash qoidasi ham mavjud. „Alloh“ nomi odatda roʻyxatga kiritilmaydi va bosh ism (arabcha: ٱلْاِسْمُ ٱلْأَعْظَمُ‎, Al-Ism al-Aʼzam) sifatida tavsiflangani uchun koʻpincha yuzinchisi deb hisoblanadi. Qur'onda ismlarning aniq ro'yxati berilmagani uchun roʻyxat turli qoidalarda bir yoki ikkita nomda farq qilishi mumkin.

Roʻyxatlarda Allohning ismlari odatda arabchadagi ٱلـ al- aniq artikli bilan beriladi. Agar namozda Allohning ismi ibora tarkibida emas, balki oʻz-oʻzidan zikr qilinsa, ٱلـ al- oʻrniga يَٰـ ya- (يَٰسَلَـٰمُ Ya-Salom — „Ey, tinchlik beruvchi zot!“) shaklida deb talaffuz qilinadi.

Tasniflanishi

tahrir

Barcha 99 ismlarni xususiyatlari boʻyicha ikki yoki uch guruhga boʻlish mumkin. Birinchi navbatda Allohning zoti (arabcha: ٱلذَّاتُ, az-zot) va sifatini (arabcha: ٱلصِّفَاتُ, as-sifat), ikkinchidan, toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita Qurʼondan keltirilgan ismlarni farqlash uchun. Islom ilohiyotida yanada batafsil tasniflar mavjud boʻlib, xususan, Allohning sifat ismlari orasidan rahm-shafqat va qattiqqoʻllik, goʻzallik va ulugʻlik kabilar farqlanishi mumkin.

„Tanzih“ va „tashbih“ konsepsiyalari islomdagi antropomorfizm muammosini aks ettiradi. Tanzih Allohni inson bilan solishtirishning mumkin emasligini bildiradi. Boshqa tarafdan esa inson ilohiylikni oʻz hayotiy tushunchalari va imkoniyatlari taʼsiri orqali idrok etadi, shuning sababdan u Allohni tanzih qoidasiga mos keluvchi „Al-Qayyum“, „Al-Majid“ kabi ismlar bilan taʼriflaydi. Tashbh tanzihning teskarisi boʻlib, biror narsaning biror-bir narsaga oʻxshashligini bildiradi. Diniy tushuncha sifatida bu Alloh yaratgan sifatlar orqali ilohiylikni tasvirlash imkoniyatini bildiradi. Tashbihga „Ar-Rahmon“, „Al-Vadud“, „Al-Afvvu“ kabi ismlar kiradi.

Qurʼonga binoan hech kim va hech narsa Allohga teng yoki oʻxshash boʻlolmaydi. Allohning zoti va sifatlarini anglash boʻyicha moturidiylik va ashʼariylik maktabi tushunchalari koʻra, Qurʼon va hadislarda berilgan Alloh taʼrifini haqiqat deb qabul qilish darkor.

Roʻyxatda mavjud boʻlmagan ismlar

tahrir

Qur'onda Allohning ba'zi ismlari mavjud bo'lib, ular odatda doimiy 99 ismlar ro'yxatiga kiritilmagan. Bular bilan birgalikda ismlarning umumiy soni 124 tani tashkil etadi. Ismlardan ayrimlarini kishilarning ismi sifatida foydalanish taqiqlanmagan, masalan, An-Nosir ismi (arabcha: الناصر, an-Nosir, Gʻolib, Yordamchi)

Manbalar

tahrir
  1. Imom al-Buxoriy. 69-bob. Alloh taoloning bir kam yuz ismi bordir (Duolar kitobi) 1997, s. 193−194, Toshkent.
  2. „Аъроф сураси“ (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф «Тафсири Ҳилол» асари). tafsirihilol.uz sayti. 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
  3. „Сура 7, (Аъроф)“. quranacademy.org sayti. 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.

Adabiyotlar

tahrir

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Al-Jomi As-Sahih (Ishonarli toʻplam), 4-jild. Toshkent: Qomus nashriyoti, 1997-yil — 528 bet. ISBN 5—89890—131—0.