Foydalanuvchi:Jamshid Avazovich Djurakulov/qumloq
Paxtachi tuman tarixi muzeyi
tahrirPaxtachi tuman tarixi muzeyi — "Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasi tizimidagi davlat muzeyi
Paxtachi tuman tarixi muzeyi 1970-yilda dastlab 22-maktabda tarix oʻlkashunoslik muzeyi boʻlib tashkil topdi. 1985-yilda Sobir Eshniyozovning tashabbusi bilan yangi bino qurib bitkazildi. 1988-yilning bahorida muzey yangi binoda faoliyat ko‘rsata boshladi. Paxtachi tuman tarixi muzeyi Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan boʻlib, muzey uchun qurilgan maxsus bino 565 kv metrni tashkil etadi. Muzey kirish qismi katta foye va 6-ta ekspozitsiya xonalaridan iborat.
KIRISH
tahrirPaxtachi tuman tarix muzeyi tuman miqiyosida, fondida saqlanayotgan muzey ashyolarining o‘ziga xos ahamiyati jihatdan yirik madaniy-maʼrifiy muassasalardan biri hisoblanadi.
Ekspozitsiyaning maqsadi xalqimizning boy madaniy — maʼnaviy merosini o‘rganish, to‘plash, saqlash, muhofaza etish va targ‘ib qilish, Paxtachi tuman hududida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan, muzey jamg‘armalarida to‘plangan xalqimizning bebaho maʼnaviy, madaniy va ilmiy merosini, insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish, ularni keng jamoatchilik uchun namoyish etish.
— Paxtachi tuman tarixi va madaniyatining tarixiy taraqqiyoti asosiy bosqichlarini muzey ashyolari asosida aks ettirish;
— Paxtachi tumanida yashovchi xalqlarning unutilgan milliy urf-odatlari, anʼanalarini Mustakillik-yillarida tiklanishini va rivojlanishini ko‘rsatib berish;
Tarixiy taraqqiyot jarayonida Sug‘d tarkibida bo‘lgan xozirgi Paxtachi tumanida qadimgi davrdan boshlab, madaniyatni paydo bo‘lishi, taraqqiy etib borishi va O‘zbekiston tarixi, shu jumladan, Samarqand tarixi va madaniyatini rivojlanishidagi o‘rnini ko‘rsatib berish ekspozitsiyaning asosiy g‘oyasidir.
MUZEY EKSPOZITSIYASINING TUZILMASI
tahrirEkspozitsiya, muzey fondi jamlanmasi ashyolaridan kelib chiqqan holda, mavzuli yo‘nalishga ega bo‘lib, u Paxtachi tumani hududidagi tarixiy taraqqiyotni rivojlanishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha namoyish etilishi rejalashtirilgan. Ekspozitsiyada tarixiy xronologik tartib, voqea va harakatlarning hujjat va dalillariga asoslab yoritib berish ko‘zda tutilgan. Mustaqillik yillarida yaponiyalik tarixchi va arxeolog olim UNO TAKAO hamda OʻzFA Samarqand arxeologiya instituti arxeologlari bilan birgalikda Dabusqal’ada olib borgan qazishma ishlari natijasida, qadimiy qal’aning qoq markazi topilib, dengiz sathidan 2 592 metr balandlikda qazishma ishlar olib boradi. Ular bu yerdan turli xil sopol idishlar, kumush va mis tangalar, ko‘zalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari kabi nodir ashyolar topishadi. Bu izlanishlar yana davom ettirilib, miloddan avvalgi V-IV asrlarga oid shisha idishlar, devor naqshlarining qoldiqlarini topishadi. Hozirgi kungacha eksponatlar 785 ta, Dabusiyadan topilgan ashyolar 2 172 donani tashkil etadi.
EKSPOZITSIYA BO‘LIMLARI
tahrir- O‘lkaning ibtidoiy madaniyati
- O‘lka xududi qadimgi davlatlar tarkibida
- O‘lkaning o‘rta asrlar tarixi
- Amir Temur va temuriylar davri
- Ziyovuddin vohasi Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Buxoro Amirligi tasarrufida
- Buxoro amirligining qulatilishi. Ziyovuddin vohasi BXSR tarkibida.
- Paxtachi tumanining tashkil etilishi.
- Tabiati
- Mustaqillik ekspozitsiyasi
O‘lkaning ibtidoiy madaniyati O‘rta Osiyo hududidagi poleolit davriga oid ochiq osmon ostidagi yodgorliklar, Ziyovuddin vohasida bo‘lib, vohaning bag‘rida qadimgi tosh asrining o‘rta paleolit muste davriga mansub Qo‘tirbuloq, Zirabuloq makonlari joylashgan. Bu qadimiy yodgorliklardan topilgan tosh qurollar, hayvonlarning suyaklari Ziyovuddin vohasining 100 ming yoshdan oshganligini isbotlaydi. Voha qadimdan Nahripay kanali orqali sug‘oriladi, uning 370 dan ortiq shaxobchalari mavjud.
O‘lka hududi qadimgi davlatlar tarkibida O‘lka tarixining ilk yozma manbaalarida ifodalanishi, Sug‘diyona O‘rta Osiyoning qadimgi yirik markaziy vohalaridan biri — Strabon va Ptolomeyning yozma manbalarida miloddan avvalgi VIII-VI asrlarda O‘rta Osiyo xududida kichik-kichik davlatlar tashkil topdi. Baqtriya, Sug‘diyona, Xorazm, Marg‘iyona(xarita). Axamoniylar Doro (mil.avv.VI asrda) ning O‘rta Osiyoga yurishi. Behistun qoyatoshidagi sur’atlarida O‘rta Osiyo halqlarining tasvirlanishi. Dabus qal’asi buyuk Turon tarixida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Zarafshon daryosining sohilida, Paxtachi tumani hududida joylashgan bu qal’aning tarixi uch ming-yilga borib taqaladi. Buyuk arab tarixchisi va geografi Abulfaraj Qudama va Ibn Xurdodbehning maʼlumotiga ko‘ra, shahar eramizdan oldingi 329-323-yillar orasida qaytadan bunyod etilgan.
O‘lkaning o‘rta asrlar tarixi Arab xalifaligi davrida Dobus atrofidagi qal’alar, aloqa bekatlarining qurilishi. Somoniylar davlati tarkibida Dobusiya, to‘qimachilikning rivoji, vadoriy matolarni Buyuk ipak yo‘li orqali bir qator mamlakatlarga tarqalishi. Qoraxoniylar davlati hududidagi Ziyovuddin. Buyuk ipak yo‘li. Ikki yarim ming-yil ilgari kashf etilgan bu savdo yo‘li Samarqanddan Zarafshon vodiysining Ziyovuddin vohasidagi Dobus qal’asi orqali o‘tgan. Mo‘g‘il bosqini natijasida Dobusiya vayron etildi.
Amir Temur va temuriylar davri Ulug‘ sarkarda, buyuk davlat boshlig‘i Amir Temur tarixini yoritish Temur shajarasi. Temurbekning yoshlik-yillari. Amir Temur Movaraunnahr hukmdori. Amir Temur davlatidagi obodonchilik va maʼrifat maʼnaviyat ishlari.
Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolasi davri Xijriy 905-yilning zulqaʼda oyining birinchi kuni (1500-yil 29 may)da Shayboniyxon Boqi Tarxonning 10 ming kishilik qo‘shinini Dobus qal’asi yonida tor-mor keltirishi. Muhammad Solihning „Shayboniynoma“ asaridan sheʼriy tarzda Dobus qal’a xaqida tarixiy jang tafsilotlarini berilishi. „Boburnoma“da esa Dobus qal’ani qo‘ldan ketishi xususidagi maʼlumotlar. Abdullaxonning taxtga kelishi 1567-yilda Samarqand sultonlarining Abdullaxon bilan to‘qnashuvi xususida Xofiz Tanish Buxoriy maʼlumotlari. Dobusni tuzatish ishlari haqida. Puli Karmana qurilishi. Dobusdagi Imom Bahr Ota xonaqohi ham Abdullaxon zamonida 1594-yilda qurilgan va bu kungacha saqlanib kelmoqda. Ashtarxoniylar davrida (XVIII asr) ichki g‘alayonlar keskinlashdi. Muhammad Yusuf Munshiyning yozishicha Xivaliklar Buxoro, Karmana, Dobusiya va Samarqand shaharlariga 18 marta xujum qilgan. Dobusiya Xorazm hukmdori Anushaxonga qarshi kurashadi. Xo‘ja Samandar Termiziy hikoyasida Xushiqbiy Dobusiy qal’ada devori va minoralari himoyasi yo‘lida qarshi jangga qo‘shin to‘plab kiradi. Ziyovuddin vohasini, dushman oyog‘i ostida toptalishini istamagan Neʼmatullaxo‘ja boshchiligidagi bahodirlar vatan mustaqilligi yo‘lida jonini fido qilishga tayyor edilar.
Ziyovuddin vohasi Buxoro Amirligi tasarrufida Mang‘it qabilasi boshlig‘i Muhammad Raximbiy Buxoro amirligiga kelishi va 92 o‘zbek urug‘larini o‘z atrofiga birlashtirishi. Keyingi amirlar davrida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy hayot. XVIII asrning oxirlari va XIX asr¬ning boshlarida ham qal’a qo‘rg‘on ko‘rinishida saqlangan. Buxoro hukm-dori Amir Haydar 1817-yilda Dabusqal’a viloyatida bo‘lgan. Amirning tashabbusi va rahnamoligida bu yerda yagona yodgorlik — Imom Bahra ota obidasi taʼmirlangan. Keng cho‘l bag‘ridagi Qarnob ota qishlog‘ida ulkan alloma, tabarruk zot, cho‘l buzurgi Ibrohim shayx — Qarnob ota dafn etilgan joyda dahma tiklanib, marmartosh o‘rnatiladi. So‘fiy hukmdor Amir Haydar davridan mazkur hudud uning farmoniga asosan Dabusqal’a — Ziyovuddin shaklida qo‘llana boshlagan. Chunki o‘zi taqvodor bo‘lgan Amir Haydar kishilar qalbida musulmon dunyosiga — islom qonuniyatlariga munosabatni shakllantirishga alohida eʼtibor bergan. Shuning uchun ham bu qadimiy shahar so‘fiy podshoh, taqvodor inson Amir Haydar tomonidan „Ziyovuddin“, deb atalgan. XIX asrning birinchi choragi oxirlarida voha Ziyovuddin nomi bilan atala boshlagan. Dastlab goh Qal’ai Dabus, goh Qal’ai Ziyovuddin shaklida, sal keyin birgalikda Ziyovuddin-Dabus holatida qo‘llangan. O‘tgan XIX asrning 30--yillari oxirlaridan esa rasmiy hujjatlarda voha Ziyovuddin nomi bilan yuritilgan. Dabusqal’aning vayronalari yonida Ziyovuddin begining qarorgohi bo‘lgan. Bek arkda turib ish yuritgan, fuqarolarni qabul qilgan. Chunki Ziyovuddin viloyati Buxoro amirligiga qarashli eng katta viloyatlardan biri hisoblangan [1]. Buxoro amirligi qushbegi idorasida ish yuritish hujjatlaridan 1733-yildagi vaqf hujjatida voha Dabus nomi bilan yuritilgan. Shuningdek, 1818-yildagi vaqf hujjatida ham Dabus nomi qo‘llangan. 1838-yilda esa Ziyovuddin viloyati Totkent qishlog‘idagi Duoba degan joyda Ulmuhammad Eshmuhammad o‘g‘lining 24 tanob yerini Totkent masjidi hisobiga o‘tkazish yuzasidan rasmiylashtirilgan vaqf hujjatida Ziyovuddin nomi bilan atalgan [2]. Bundan keyingi davrda qabul qilingan hujjatlar va asarlarda esa Dabus va Ziyovuddin atamalari birgalikda qo‘llangan. Ziyovuddin arabcha so‘z bo‘lib, ziyo ad-din — dinning nuri degan maʼnoni anglatadi. Rus olimi N.Xanikov o‘zining „Buxoro xonligining tavsifi“ kitobida Buxorodagi viloyatlar to‘g‘risida quyidagi maʼlumotni keltirgan: "Xonlikda asosiy shaharlar 19 ta, ular quyidagilar:1) Buxoro, 2) Karmina, 3) Ziyovuddin, 4) Kattaqo‘rg‘on, 5) Samarqand, 6) Panjakent, 7) Xatirchi, 8) Nurota, 9) Payshanba, 10) Chelak, 11) Yangiqo‘rg‘on, 12) Jizzax, 13) O‘ratepa, 14) Chorshanba-Romitan, 15) Poykand, 16) Qorako‘l, 17) Chor¬jo‘y, 18) Qarshi, 19) Fuzor [3]. Sharqshunos A. Vamberining yozishicha, „Bu rustoqning diqqatga sazovor joylaridan biri Buxoro yo‘nalishidagi yo‘lning g‘arbiy qismidagi Dabus, keyinchalik Dabusqal’adir… Endilikda bu yerda quyidagi tumanlardan iborat viloyat mavjud. Ziyovuddin, Mir, Xatirchi, Nurota, Yangiqo‘rg‘on shaharlari Karminaning asosiy joylaridan tarkib topgan Miyonqoldir“ [4]. Buxoro amirligi hududining shar¬qida — chegara qismida joylashgan Ziyovuddin bekligi hamisha amirlikning eʼtiborida bo‘lgan. Mamlakatda siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning o‘zgarishi bu shahar bilan bog‘liq bo‘lgan. „Ziyovuddin beklikning asosiy shahri bo‘lib, shu nomdagi temiryo‘l bekatidan 12 chaqirim masofada joylashgan. Bu O‘rta Osiyo temiryo‘li yoqasida, xonlik hududida joylashgan oxirgi shahardir. Beklik aholisi dehqonchilik bilan shug‘ullanadilar va Zarafshondan suv oluvchi Buxoro sug‘orish tarmoqlari boshlanishida joylashganliklari uchun paxtani ko‘proq ekadilar. Beklikda yaxshi otlar ko‘p, shuning uchun xonlikning to‘pchi qo‘shinlarini to‘ldirib turuvchi asosiy makon bo‘lib xizmat qilgan“ [5]. Tarixiy hujjatlarda keltirilishicha, maʼlumotlar uzil-kesil xulosa chiqarish uchun asos bo‘ladi: „Qadimiy tarixga ega Dabus qo‘rg‘oni hozirgi Ziyovuddin yaqinida joylashgan bo‘lib, o‘tgan asrning o‘rtalarida ular aynan bir deb hisoblanadi“ [6]. Buyuk Ipak yo‘li yonida joylashgan Dabusqal’a keng hududga ega alohida bir viloyat bo‘lgan. Mirza Bade devonning 1798-yilda yozilgan „Majmuaʼ al-arqom“ risolasida quyidagi maʼlumot keltirilgan: „Buxoro mamlakatida shunday qonun va odatlar belgilangan: oliy darajali lavozimlar mavjud bo‘lgan viloyatda islom hukmdori uni hokim qilib tayinlaydi. Hokim va uning qo‘shini uchun mablag‘ o‘sha hokimning viloyatidan tushadi. Bunday joy viloyat deb ataladi“. Dabusqal’ada katta qo‘shin saqlangan va manzilni dushmanlardan himoya qilish uchun xizmat qilgan. Qal’a dushmandan saqlanish uchun juda qulay joy bo‘lgan. Asrlar davomida shahar gullab-yashnagan, bu jahon tarixchilarining asarlarida o‘z ifodasini topgan. Ammo uzoq davom etgan dahshatli urushlar qal’aning vayronaga aylanishiga sabab bo‘lgan. Natijada xaroba qal’aning tuproq ostida qolib ketmasligi uchun uning yonida imoratlar qurilgan. Birinchi poezd Ziyovuddinga 1888-yilning 1 aprelida, o‘sha-yilning 17 aprelida Kattaqo‘rg‘onga, 15 mayida Samarqandga keldi. „Ziyovuddin“ temiryo‘l bekati atroflari Yevropa uslubida obodonlashtirilgan, yangi binolar qurilgan. XIX asrning so‘nggi-yillarida „Ziyovuddin“ temiryo‘li bekatida qurilgan bino va suv minorasi hozir ham mavjud bo‘lib, o‘tmishdan hikoya qiluvchi bu yodgorlik XIX asr meʼmorchiligining qudratini namoyish etib turibdi. Amir Abdulahadxonning amri bilan „Ziyovuddin“ bekati yaqinida 1894-yilda istirohat bog‘i barpo etildi va „Ziyovuddin“ nomi bilan ataldi.
Ziyovuddin bekligida chorizmga qarshi kurashlar 1868-yilda Rusiya qo‘shni Samarqand va Kattaqo‘rg‘onni egallaydi va Buxoro tomon yurishi 1868-yil 2 iyunda Zirabuloq yaqinidagi to‘qnashuv. Narpay kanali ustidagi chegaralarni belgilanishi. Rossiya imperiyasi bilan bitim. Amir armiyasining tarkibi. Ziyovuddin vohasida temir yo‘l, aloqa va boshqa komunikatsiyalar qurilishi. Ziyovuddin bekligi bir necha mulklardan tashkil topgan va amir tayinlagan bek tomonidan boshqarilishi. 1916-yilda Ziyovuddin viloyati Ziyovuddin, Xatirchi bekliklariga ajratildi.
Buxoro amirligining qulatilishi. Ziyovuddin vohasi BXSR tarkibida. 1917-yil voqealaridan ko‘p o‘tmasdan amirlik saltanati parchalanib ketdi. Buxoro 1920-yil so‘ngida qadimiy shahar vayronaga aylandi (arxiv fotolari). Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hududidagi istiqlolchilik harakati.
Paxtachi tumanining tashkil etilishi Hududdagi Dabusqal’a yonidagi shahar ham Ziyovuddin, Toshko‘prik qishlog‘idagi stansiya — bekat ham Ziyovuddin nomi bilan yuritilgan. 1935-yil 9-fevralda Narpay tumanining g‘arbiy qismida Paxtakor nomi bilan yangi tuman tashkil etilgan, markazi Ziyo¬vuddin stansiyasi bo‘lgan. Paxtakor tumani urush-yillarida. Tumanning maorif tizimi. Maktablar. Tabobat va sog‘lomlashtirish tizimi va uning fidokorlari. Tumanning istedod sohiblari. Ziyovuddin stansiyasiga 1972-yilda shaharcha maqomi berildi. 1973-yil 12-aprelda Narpay tumani tarkibida Paxtachi nomi bilan yangi tuman tashkil etilgan.
Tabiati
tahrirHududi Zarafshon vodiysining o‘rta qismida, viloyatning g‘arbiy tomonida joylashgan bo‘lib, Zarafshon tog‘ tizmasining davomi bo‘lgan Zirabuloq va Ziyovuddin tog‘lari tuman hududini ikki qismga: janubiy qismga — sug‘orilmaydigan keng Qarnob cho‘liga va shimoliy qismga — sug‘oriladigan Zarafshon daryosining chap sohili tekisligiga ajratib turadi. Tuman hududining shimoliy qismidan (sharqdan g‘arbga tomon) Zarafshon daryosi oqib o‘tadi. Uning o‘zani tuman maydonidan ancha past bo‘lganligi sababli daryo suvidan sug‘orishda kam foydalaniladi. Ekinlar, asosan, Narpay kanali orqali sug‘oriladi. Tumanning janubidan dasht qismidan esa kanal suvi nasoslar yordamida yuqoriga ko‘tariladi. Qishloqlarda buloq suvlaridan ham foydalaniladi. Tumanning iqlimi, flora va faunasining oʻziga xos turlarini tulum va planshetlarda namoyish etilgan.
Mustaqillik ekspozitsiyasi
tahrirUshbu zalda mustaqillik-yillarida ilmi-fan, iqtisodiy, ijtimoiy, qishloq xo‘jaligi va sport sohalarida Paxtachi tumanida erishilgan yutuqlar yaratib berilgan sharoitlar ashyolar va fotohujjatlar orqali ko‘rsatiladi.
MANBA
tahrir- ↑ O‘zbekiston tarixi. 2 t. — Toshkent: — 1971 y., 94-bet
- ↑ O‘zMDA. F-i323, r 1, i 1212/5
- ↑ N. Xanikov. Opisanie Buxarskogo xanstva. — Sankt-Peterburg: tipografiya imperatorskoy akademii nauk, — 1843, — str. 78 — 79
- ↑ A. Vamberi. Istoriya Buxari ili Transoksanii s drevneyshix vremen do nastoyaщego. — SPG: — 1873 g, — str. 28, 31
- ↑ I. I. Geyer. Turkestan. — 1909, — str. 207-208
- ↑ Ivanov P. P. Vosstanie kitay-kipchakov v Buxarskom xanstve 1821 — 1825. Izdatelstvo AN SSSR, — Moskva — Leningrad: — 1937 g, — str. 79