Paxtachi (ruscha: Пахтачи) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Nishon tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[1].

Paxtachi
ruscha: Пахтачи
Shaharcha
38°29′45″N 65°45′16″E / 38.49583°N 65.75444°E / 38.49583; 65.75444 G OKoordinatalari: 38°29′45″N 65°45′16″E / 38.49583°N 65.75444°E / 38.49583; 65.75444 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Nishon tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Paxtachi ruscha: Пахтачи xaritada
Paxtachi ruscha: Пахтачи
Paxtachi
ruscha: Пахтачи

Etimologiyasi tahrir

Shaharcha nomi paxta va -chi qoʻshimchalarining qoʻshilishidan tarkib topgan. Nishon tumani hududi qadimdan choʻldan iborat boʻlgan. XX asrning 60-yilllari yakunida Amu-Qarshi kanali qurilishi natijasida koʻplab paxtakorlik xoʻjaliklari tuzilgan va dehqonlar uchun yangi aholi punktlari barpo etilgan. Paxtachilik mazkur hudud aholisining asosiy mashgʻulotiga aylangan, hamda yangi yerlar oʻzlashtira boshlangan. Yangi oʻzlashtirilgan hududlar shu yerdagi paxtakorlar va ularning mehnati evaziga Paxtachi deb nom olgan. Paxtachi bu paxtakorlar yashaydigan aholi punkti, shaharchasi hisoblanadi[2].

Aholisi tahrir

2016-yil 1-yanvargi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Paxtachi shaharchasida jami 5700 dan ortiq aholi istiqomat qilgan. Bu 2013-yil 1-yanvardagi xatlov natijalariga qaraganda 600 taga ortiqdir[3]. Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etadi, shuningdek, rus, tatar, tojik, turkman, qozoq, qoraqalpoq, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi.

Iqlimi tahrir

Paxtachi shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, yillik oʻrtacha harorat 14,8° darajani tashkil etadi. Yanvarning oʻrtacha harorati 0,2°, eng past harorati esa —15°, iyul oyiniki 28,8°, eng yuqori esa harorat 45° darajaga teng. Vegetatsiya davri oʻrtacha 230 kun boʻlishi kuzatilgan. Oktabr oyining oxirlari va noyabr oyining boshlaridan havo soviydi va namgarchilik boshlanadi. Hudud avvaldan choʻl zonasida ekanligi sababli ham, qishi izgʻirin, yozi esa jaziramali boʻladi.

Yogʻin miqdori tahrir

Shaharchada yillik yogʻin miqdori 180-220 mm ni tashkil etadi.

Oʻxshash nomlar tahrir

Samarqand viloyatida Paxtachi nomli tuman, Xorazm viloyati Gurlan tumanida Paxtachi shaharchasi mavjud. Shuningdek Paxtaobod nomli shaharchalar ham koʻplab topiladi.

Manbalar tahrir

  1. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 208-209 bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 150 bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.