ALLOHGA QOCHING Xotirjamlik - Allohga sig'inishda tahrir

Banda ojizligini idrok etib, Rabbidan panoh so‘rasa, Alloh taolo O‘zining Aziz (barchaning ustidan golib, Undan biror narsa g‘olib kelolmaydi) sifatini namoyon qiladi.

Biz istalgan vaqtda mag‘lub bo‘lishimiz mumkin, chunki kuch va kudratga ega emasmiz. Kuchqudratning yagona Sohibi Alloh taolodir. Bularni anglab turib yukungan bandasini Haq taolo ne'tmatlari bilan siylaydi.

Afsuski, «shaxsiy brendni yaratish va rivojlantirish» niqobi ostida bizni Alloh taolodan butkul uzoqlashtirish va tavakkul ila unga suyanishni unuttirish uchun ilgari surilayotgan ayrim fikrlar g‘arbona g‘oyalardir. Aslida esa, o‘z shaxsiy brendimizni emas, balki ruhiyatimizni kamol toptirishimiz kerak.

«Shaxsiy brendni yaratish va rivojlantirish» tushunchasi insonni kuchli bo‘lishga undaydi, ta'bir joiz bo‘lsa, odamga elektr quvvatini berishdek gap. «Sen bu ishni eplaysan», «qo‘lingdan hamma narsa keladi», «buni qila olasan», «bu ish sen uchun hech narsa emas», kabi ruhlantiruvchi gaplar bilan o‘sha insonga «Men» tushunchasi singdirib boriladi.

Yunus Emro hazratlari: «O‘z «Men»ingni unut, zero, undagi sen u Zotdir», deganda inson Allohning madadisiz xech kim emasligi, kishi o‘z «Men»ini jonlantirish orqali Alloh bilan o‘rtasida devor paydo kilishini nazarda tutgan. Chunki «Men» nafsning ismidir.

Vaholanki, ko‘pchilik «motivator treningchi»lar nima qilyapti? Bizni hayotdagi hamma narsani yolgiz o‘zimiz eplay olishimiz haqidagi xatarli safsataga ishontirmoqchi bo‘lyapti!

Ularning «shaxsiy brendni yaratish» degan jim-jimador so‘zlaridan maqsad aynan shu «Men» degan nafsni gij-gijlash. Ammo Rasululimiz(ﷺ) (e'tibor bering, oddiy inson emas, payg'ambar haqida gapiryapmiz), Toifda og‘ir ahvolga tushib qolganlarida shunday deya duoga qo‘l ochgandilar: «Allohim, men ojiz va nochorman. Hech kanday kuchga ham, kudratga ham ega emasman. Kuch va kudratning yagona Sohibi Sendan panoh so‘rayman».

Endi o‘zimizga nazar solaylik. «Men qilaman», «Men eplayman!» Hoy baraka topgur, sen o‘zi kimsan? Yolg‘iz o‘zing nimaga qodirsan? Anavilar esa tirishib-tirmashib, bizga o‘z g‘oyalarini uqtirib yotibdi. Nima emish, hayotimizni o‘zgartirarmish...

«Shaxsiy brendii rivojlantirish» tushunchasi sizga o‘zingizni «baxtliman», desangiz baxtiyor bo‘lasiz, «sog‘lomman», desangiz sog‘ayib qolasiz, «boy-badavlatman», desangiz boyib ketasiz, «hayotimda barcha narsa ko‘ngildagidek», desangiz hammasi joyiga tushib ketadi, deb ishontiraveradi. Bunday holatlardan qattiq ranjiyman. Chunki bu ishlar bizni g‘aflatda qoldirish uchun qilinmoqda. Holbuki, bizga Rabbimizga qanday duo qilish o‘rgatildi. Duoning ijobati borasida yolgiz O‘ziga tavakkulda bo‘lish ta'lim berildi.

  • Birortamizga kasallik yetsa, qo‘llarimizni duoga ochib, Xaq subhanahu va taoloning Shofiy ismi bilan O‘zidan shifo so‘raymiz. Chunki hadeb «soglomman-sog‘lomman» deyavergan bilan sog‘ayib qolmaymiz!
  • Agar qarzdor bo‘lsak, Alloh taoloning Razzoq ismi bilan O‘zidan rizq-ro‘z tilaymiz.
  • Boshimizga biror tashvish tushsa, Ey Fattoh! deya o‘zimiz uchun xayrli bo‘lgan eshiklarni ochishini so‘rab, duo qilamiz. So‘ng qo‘llarimizni yuzlarimizga surib «omin» deymiz. Ruhiyatni kamol toptirish degani shu aslida.

O‘zingizga nimanidir uqtiraverish bilan biror natijaga erishib bo‘lmaydi. Chunki Alloh taolo «Bo‘l» demaguncha bandasi inon ixtiyori bilan biror narsa qilishga qodir emas. Singdirilayotgan mazkur g‘oya esa bizni Allohdan uzoqlashtirishga xizmat qildi. Barcha narsani o‘zimiz bajarish harakatiga tushdik.

Yosh bola chaqmoq qattik chaqib, osmon gumburlaganida nima qiladi? Qo‘rqqanidan darhol onasining bagriga otiladi. Shundan so‘ng qo‘rquvi arib, xotirjam uyquga ketadi. Mana shu xolat xam tavakkul deyiladi. Chunki bola onasining ximoyasida ekaniga ishonadi. Buni mutloq tavakkul desa ham bo‘ladi. Aslida, onaning xatarli holatlarda bolasini to‘liq himoya qila olish imkoni yo‘q. Lekin bu mustahkam ishonch bilan onasi bag'riga otilgan bolaning hayoliga ham kelmaydi. U uchun shu kuchokda bo‘lishining o‘zi kifoya.

Manba: Ug'ur Ko'shar. «Allohga qoching».

@Jannatdan_Nur