O‘zbekiston Respublikasining nodavlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanmish Diplomat University, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan 20.12.2021 sanasida berilgan ОТ 0049-sonli litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi.

Diplomat University - yoshlarning bilim olish va ijodiy rivojlanish maskanidir. Universitet talabalarning ta'lim jarayoni va ijtimoiy hayoti-iste'dodlarning maksimal yuzaga chiqishi, qobiliyatning rivojlantirilishi, shu bilan birga, tanlangan mutaxassislikka bosqichma-bosqich va tizimli jalb etilishga mo‘ljallangan va shu asosda tashkillashtirilgan.

Diplomat Universityning asosiy maqsadi-mehnat bozorida dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bilan muvaffaqiyatli raqobatlasha oladigan, hamda o‘z biznesiga asos sola oladigan va rivojlantira oladigan malakali mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlashdan iboratdir.

Yevropa o‘qitish standartlari (ECTS), yuqori darajadagi pedagogik tarkib, texnologik jihatdan ilg‘or auditoriyalar, talabalar va ularning o‘qituvchilari oldiga qo‘ygan maqsadlariga yetishishlariga o‘z hissasini qo‘shgan holda, Diplomat Universityda ta'lim olish va talabalar hayotini mazmunli hamda qiziqarli qiladi.

Universitetning muhim vazifalari qatoriga universitetni jamiyat va iqtisodiyotning zamonaviy rivojlanish muammolariga samarali javob bera oladigan, mamlakat va xorijda tan olingan ilmiy-ta'lim markaziga aylantirish kiradi.

Universitet ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘lida zamonaviy yuqori sifatli uskunalarga sarmoya kiritish va eng yangi texnologiyalarni joriy etish orqali dinamik akademik muhit uchun zarur infrastrukturaning keyingi rivojini rejalashtirmoqda.

Yoshlarning oliy ta'limga bo‘lgan tez o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun, Diplomat University Toshkentda yangi o‘quv binosini qurishni rejalashtirmoqda.

Diplomat Universityning xususiyatlari:

-Mustaqil ta'limga urg‘u beruvchi European Credit Transfer and Accumulation System (ECTS) kredit tizimi;

-Moslashuvchan ta'lim yo‘nalishi va yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislikni tanlash shartlari;

-Raqamli Learning Management System (LMS) bo‘yicha ta’lim;

-Diqqatni natijalarga qaratgan ta’lim muassasasi;

-Amaliyot va bozorning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, muttasil takomillashtirish.

Diplomat University-mamlakat kelajak avlodiga g‘amxo‘rlik bilan!