Vazirlik haqida

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 2018 yil 5 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3583-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Vazirlik jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va jismoniy tarbiya

va sport sohasida davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. Uning o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi majburiydir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3583-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan.

Shuningdek, Jismoniy tarbiya sport vazirligi tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari faoliyat olib boradi.