Boshqarish faoliyati-Raxbarning pedagogik, normativ va psixologik asoslarda boshqarish qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirishga qaratilgan maqsadga muvofiq hatti- xarakatlari majmui.

Byurokratiya (buyruqbozlik)- (tom maʼnoda- kanselyariya hukmronligi; fransuzcha bureau-byuro, kanselyariya va yunoncha-kratos-kuch, hokimiyat, hukmronlik) Tabaqalangan boshqaruv tizimi bo‘lib, uning uchun har bir darajada vakolatlar chegarasining aniq belgilanganligi, qarorlarning mavjud qonunlar va qoidalarga binoan qabul qilinishi xosdir.

Kasbiy faoliyat-Biron narsaning bajarilishining murakkab va meʼyoriy jihatdan belgilangan usuli. Mehnat sub’ekti faoliyatining sifat jihatdan belgilanadigan shakli. Inson bajarayotgan faoliyatning murakkabligini tavsiflaydigan mezon.

Maktabgacha bolalik — Bolaning tug‘ilganidan to maktabga borguncha bo‘lgan rivojlanish davri; bola organizmining jadal voyaga yetishi va ruhiyatining shakllanishi bilan belgilanadi.

Maktabgacha yosh- Bolaning ruhiy rivojlanish bosqichi. Bola rivojlanishining hozirgi zamon milliy davrlashtirilishi bo‘yicha 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davri.

Maktabgacha yoshdagi bola kompetentligi — Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining asosiy xarakteristikasi. Kommunikativ, ijtimoiy, intellektual kompetentlikni hamda jismoniy rivojlanish borasidagi kompetentlikni o‘z ichiga oladi. Kommunikativ kompetentlik bolaning o‘z istaklari, niyatlarini nutqiy va nutqiy bo‘lmagan (imo-ishora, mimik va pantomimik) vositalar yordamida erkin

Maktabgacha taʼlim tashkiloti — Turli yo‘nalishdagi maktabgacha taʼlim dasturlarini amalga oshiradigan taʼlim muassasasi. Ularda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tarbiyasi, taʼlimi, parvarishi va sog‘lomlashtirilishi taʼminlanadi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining vazifalari -ushbu muassasalarning vazifalari: bolalar hayotining muhofazasini, ularning intellektual, jismoniy va shaxs sifatidagi rivojlanishini taʼminlash uchun uning oilasi bilan aloqa o‘rnatish.

Maktabgacha taʼlim konsepsiyasi- Maktabgacha taʼlim tashkilotining kelgusidagi rivojini belgilab beradigan bosh g‘oya; innovatsion jarayonlar natijasida uning yangilanishiga qaratilgan chora tadbirlar majmuini amalga oshirishning yetakchi tamoyili.


Nodavlat notijorat tashkilot- Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari o‘rtasida taqsimlaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkiloti.

Oilaviy muhit- Oilaviy munosabatlar, tarbiyaviy jarayonlar kechadigan ijtimoiy- maʼnaviy, axloqiy muhitni ifodalovchi tushuncha. Har qaysi millatning o‘ziga xos maʼnaviyati, dunyo qarashi, tasavvur va eʼtiqodini shakllantirish hamda yuksaltirishda oilaning o‘rni va taʼsiri beqiyosdir. Inson qalbi va ongidagi eng sof, pokiza tuyg‘ular, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlar, eng avvalo oila bag‘rida shakllanadi.

Taʼlim tashkilotiini boshqarish- Faoliyat subektlarining alohida faoliyati bo‘lib, u rejalashtirish, tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish vositasida bolalar, pedagoglar, ota-onalar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xamkorlikdagi faoliyatining taʼlimni takomillashtirish va taʼlim mussasasini rivojlantirish maqsadlariga


Tarbiyalanuvchilar- Maktabgacha tarbiya muassasalariga boradigan bolalar; mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktab internatlarda tarbiyalanuvchi bolalar va o‘smirlar maktabdan tashqari muassasalarda shug‘ullanadigan bolalar.

Tarbiyachi — Tarbiyani amalga oshiradigan, o‘zga kishi shaxsining hayot tarzi va rivojlanishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan shaxs.

Taʼlim sifati — Taʼlim jarayoni va uning natijalarini tavsiflaydigan kategoriya, taʼlim jarayoni qanday bo‘lishi kerak, qanday maqsadlarga xizmat qilishi kerakligi to‘g‘risida jamiyatda tarqalgan tasavvurlarga qanchalik mosligini belgilaydi.

Farmon- Birqator mamlakatlarda davlat boshlig‘ining normativ akti. O‘zbekistonda Prezident farmoni.