Latipova Ro`zigul
27-Fevral 2020da qoʻshildi
Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Xojailg'or qishlog'ida tug'ilgan.Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi Amir Tarag'ay esa barlos urug'ining oqsoqollaridan hamda Chig'atoy ulusining e'tiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi Amir Tarag'ay ham yilda bir marotaba Ili daryosi bo'yida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va bunday yi- g'inlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga, u Sharafiddin Ali Yazdiyning ta'kidlashga ko'ra,ulamo va sulaho muttaqiylarg'a mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi.... Tarag'oybek piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan.Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri bo'lgan. Tarag'oybek 1360yilda vafot etgan. Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga to'lgach,otasi uni o'qishga berdi.