Foydalanuvchi:Maftunam1202/ELLINGTON Dyuk

ELLINGTON

tahrir

ELLINGTON Dyuk (taxallusi, asl ismi Eduard Kennedi) (1899.29.4, Vashington 1974.24.5, Nyu York) — afrikaamerikalik pianinochi, kompozitor, jazorkestri rahbari; mumtoz jaz sanʼati asoschilaridan. Bir necha akademiyalar faxriy aʼzosi. 1916-yildan turli jaz ansambllarida qatnashgan, 1927-yilda jaz orkestrini tashkil qilib, tarkibiga mashhur sozandalarni jalb qilgan, u bilan jahonning koʻpgina mamlakatlarida konsertlar uyushtirgan. Ellington birinchi boʻlib jazda yirik musiqiy shakllar (orkestr uchun syuitalar - «Liberiya syuitasi», «Tungi odam», «Shekspir dramalaridan 12 lavha» va boshqalar, «Diniy musiqa konserti»), oʻziga xos ohang beruvchi afrika musiqa cholgʻularidan foydalangan. Uning orkestri joʻrligida buyuk xonandalar kuylagan. Amerika qoratanlilar folklori, maishiy jaz kuy va qoʻshikdaridan keng foydalanib, yangi («jungli», «kayfiyatlar» va boshqalar) uslublarini kashf qilgan; jaz musiqasini konsert sanʼati darajasiga koʻtargan. Koʻpgina ommalashgan kuylar («Indigo kayfiyati», «Karvon», «Yolgʻizlik», «Sinalgan xonim» va boshqalar), shuningdek, spektakl va kinofilmlar uchun musiqalar, baletlar, «Bula» operasi va boshqalarni yaratgan. Jahon boʻylab gastrolda boʻlgan. Koʻpgina milliy («Gremmi» va boshqalar) mukofotlar bilan taqsirlangan.

Manbalar:

OʻzME. QOMUS.INFO onlayn eksiklopediya :

https://qomus.info/oz/encyclopedia/e/elegiya/