Foydalanuvchi:Maftunam1202/MARINA

MARINA tahrir

MARINA (frans. marine, ital. marina — dengiz) — dengiz koʻrinishini aks ettiradigan manzara turi. Mustaqil rangtasvir turi sifatida 17-asr Yevropa sanʼatida ajralib turadi. Dengiz, dengiz hayotidagi muhim tarixiy voqealar, harbiy kemalar tafsilotini aynan tasvirlashda dengiz bezak sifatida xizmat qiladi. Golland marinachilari Marina imkoniyatlarini kengaytirib, dengiz tabiati va u bilan bogʻliq baliqchilar hayotini haqqoniy aks ettirdilar (Ya. Porsellis, S. de Vliger, X. Segers va boshqalar), dabdabali Marina turini yaratdilar. 18—19-asrlarning yirik marinachilari K. Berne (Fransiya), U. Terner (Buyuk Britaniya), X. Mesdag (Gollandiya), I. Ayvazovskiy, A. Bogolyubov (Rossiya) va boshqalar Oʻzbekistonda Marina janriga oid dastlabki asarlar 20-asrning 30-yillarida paydo boʻlgan; bir qator rassomlar (F. Madgazin, R. Matevo-syan, R. Choriyev, Gʻ, Abdurahmonov va boshqalar)ning Orol dengiziga bagishlangan asarlari bor.

Manbalar:

QOMUS.INFO onlayn ensklopediya.