Gollandlar (oʻzlarini xolanders deb atashadi) — xalq, Niderlandiyaning asosiy aholisi (12,3 mln. kishi). Umumiy soni — 14 mln.dan ortiq kishi (1990-yillar oʻrtalari). Niderland tilida soʻzlashadi. Dindorlari asosan protestantlar (kalvinistlar, mennonitlar), katoliklar.

hozirgi Gollandiya hududida mil.av. 1-ming yillikning 2-yarmida, asosan, keltlar yashagan. Mil. boshlarida bu yerlarga german qabilalaridan frizlar va batavlar koʻchib kelgan. Rim imperiyasi bosqini davrida (mil.av. 1-asr— mil. 4-asr) sakslar va franklar (3—4-asrlar) kelib frizlar va batavlar bilan aralashib ketganlar. Mana shu qabilalar negizida tarqoq viloyatlarning uyushuvi 14—15-asrlarda golland elatini shakllanishiga olib kelgan, bu hudud esa Niderlandiya deb nomlana boshlagan. Ispaniya hukmronligiga qarshi 16-asrda Niderlandiya olib borgan milliy ozodlik kurashi Gollandlarning milliy jihatdan jipelashishiga katta taʼsir koʻrsatgan. Gollandlar millatining shakllanishi 18-asrga kelib tugallangan. Gollandlarning aksariyati shaharlarda sanoat, savdo, shuningdek, xizmat koʻrsatish sohasida ishlaydilar. Qishloq xoʻjaligida, asosan, chorvachilik, gulchilik, dengiz boʻylarida baliqchilik bilan shugʻullanadilar. Bogʻdorchilik va gulchilik soxasida Gollandlar jahonga mashhurdirlar.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil