IMMOBILIZATSION STRESS MODELI KECHISHIDA NERV TIZIMINING INDIVIDUAL-TIPOLOGIK XUSUSIYATLARINING AHAMIYATI. Mamajonov Nuriddin Nabijonovich1, Rasulova Vasila Botirovna2, Mirsultonov Jahongir Azatovich3. Toshkent sh, Farmatsevtika ta`lim va tadqiqot instituti 1-kurs 108-B guruh talabasi e-mail; mamajonovnuriddin628@gmail.com tel;+998911500859 Toshkent sh, Farmatsevtika ta`lim va tadqiqot instituti dotsenti. Toshkent sh, Farmatsevtika ta`lim va tadqiqot instituti katta ilmiy hodimi. Annotasiya: Xozirgi kunda organizmning stressga nisbatan adaptativ yondashuviga doir tadqiqotlar stressga bog‘liq kasalliklarni avj olishi bilan tushuntirish mumkin[7]. Patopsixologiyaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra psixoemotsional xolatlar organizmning jismoniy xolatiga ta’sir etishi mumkin. Xozirgi kunda stress va somatik kasalliklar o‘rtasidagi bog‘liqlik yanada chuqur ekanligi aniqlanmoqda. Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra doimiy ravishda stress omillari ta’sirida bo‘lgan organizmlar kasalliklarga chalinuvchan va davolanish chora tadbirlarining samarasi past bo‘lishi ta’kidlanmoqda[1]. Shu ma’lumotlarga asoslangshan xolda ishning maqsadi: Turli tipologik guruxlarda kasallikni kechishini eksperemental aniqlash orqali kasallikni davolash samarali farmakologik preparatlarni qo‘llashda individual yondashuv choralarini qo‘llash. Kalit so`zlar: Tipologik guruhlar, ochiq maydon, faol guruhlar, nofaol guruhlar, stress, glyukoza, kortizol. Material va usullar; Tajribalar og`irligi 180±20 g bo`lgan 15 ta oq kalamushlarda o`tkazildi. Hayvonlar standart vivariy sharoitida saqlandi. Kalamushlarni tipologik guruhlarga ajratishda “ochiq maydon” sinov usulidan foydalaniladi. Sinov vaqti xar bir kalamush uchun 3 daqiqa davom etdi [4]. Hayvonlarga stress chaqirishda 4 soat davomida majburiy bog`lab qo`yildi. Hayvonlar 2 guruhga bo`lindi: faol, va nofaol hayvon guruhlari. Tajriba mobaynida hayvonlarni tipologik guruhlarga bo`lishda ularni “ochiq maydon” maketining markaziy hamda chetki kataklardagi harakatlar sini, ekskretlar, qashinishlar soni kabi belgilariga ko’ra ajratildi. Strass xolati organizmlarning gomeastaz ko‘rsatgichlarini baxolash [3,6, 8] orqali aniqlandi. Organizmda o‘zgarishlar qon tarkibida glyukoza va kortizol miqdorlarini aniqlash orqali xulosa qilindi. [5,7]. Natija va muhokamalar; Tajriba uchun guruxlardagi xayvonlarda stress ta’siridan avval qondagi glyukoza va kartizol miqdorlari aniqlandi. Bu ko‘rsatgichlardan nazorat sifatida foydalanildi. SHundan so‘ng xayvonlarni ruxiy faolligi ko‘ra guruxlarga “ochiq maydon” testi bo‘yicha 2 guruxga ajratildi. Xayvonlarda stress chaqirish uchun bog`lab qo`yilganda dastlabki 1- soatda deyarli barcha hayvonlarda yuqori faollok kuzatildi. Ikkinchi va uchinchi soatlarga kelib esa birinchi tajribada yuqori faollikga ega hayvonlarning hazakatsizlangani, nofaol harakatni namoyon qilgan hayvonlarni esa harakati saqlanib turgani kuzatildi. Stress omillari bo‘yicha tekshirish natijalari 1 jadvalda berilgan. 1 faol guruxda xarakatlar soni yuqori ammo ekskretlar soni kamroq ekanligi ko‘rinayapti. 2 nofaol guruxda xarakatlar soni kam, lekin ekskretlar soni ko‘pligi kuzatildi. Jadval №1. “Ochiq maydon” test natijalari № Hayvonlarning guruhlari Markaziy kataglardagi harakatlar soni Chetki kataklardagi harakatlar soni Umumiy harakatlar soni Qashinishlar soni (kalamushlar soniga nisbatan) Ikki oyoqda turishi (kalamushlar soniga nisbatan) Uretrezatsiyalar soni (kalamush soniga nisbatan) Ekskretsiyalar soni (kalamush soniga nisbatan) 1 1 guruh (faol) 8±2 42±4 50±6 4 5 1 2 2 2 guruh (nofaol) 3±1 24±3 27±4 1 3 3 5 Stress organizmning tarmoqlangan tizimli reaktsiyasi sifatida qaraladi, bunda barcha to'qimalar va organlar asab tizimi va gipotalamo-gipofiz-buyrak usti bezlari shakllanishi ishtirokida ishtirok etadi [6].Ma’lumotlarga ko‘ra kortizol organizmning stress xolatlarida ajralib, organizmning adaptativ kompensator mexanizmlarini ishga tushirish uchun xizmat qiladi. Kortizol ta’siri natijasida organizmda uglevod almashinuv jarayoni tezlashadi. Glyukoza esa organizmning asosiy energiya manbai sifatida ishlatiladi. Tahlil natijalari shuni koʻrsatdiki faol hayvon tiplari faol tiplarga nisbatan stresga birmuncha bardoshli buning yaqqol namunasi jadvlda koʻrsatib oʻtilgan(2-jadval), bunga koʻra glukoza miqdori nofaol guruhda faol gurhga nisbatan 0,3±0,1 mmol/l, kortizol miqdori esa 0,7±0,4 Pmol/l ortiqligi aniqlandi (faol guruhlarda glukoza miqdori 0,5±0,2 mmol/lga, kortizol moqdori esa 8,3±1 Pmol/lga ortgan, nofaol tipdagilarda esa 0,8±0,1 mmol/lga, kortizol miqdori esa 8,8±0,6 Pmol/lga ortdi. Jadval № 2 Hayvonlarning glukoza va kortizol koʻrsatgichlari. № Tajriba o`tkazilgan kalamushlar stressdan avval va stressdan so`ng qon tarkibi Birinchi guruh (faol) Ikkinchi guruh (nofaol) Stressdan avval Stressdan so`ng Stressdan avval Stressdan so`ng 1 Qondagi glukoza miqdori(mmol/l) 5,6±0,5 6,1±0,3 5,6±0,5 6,4±0,4 2 Qondagi kortizol miqdori(Pmol/l) 57,3±0,3 65,6±1,3 57,3±0,3 66,1±0,9 Adabiyotlar: Аболин Л.М. Психологические механизмы эмоциональной устойчивости – Казань: Изд-во Казан. ун-та, 1987. – 261 с. [14]. Алексеева Г. В. Особенности клинического течения постгипоксиче! ских энцефалопатий. Анестезиология и реаниматология 2000; 6: 15—20. Заржецкий Ю. В., Волков А. В., Хитров Н. К., Мороз В. В. Механиз! мы влияния постреанимационных изменений мозга на динамику угашения орентировочно!исследовательской реакции у крыс. Бюл. эксперим. биологии и медицины 2004; 138 (12): 608—611. Ланец О.В. и соавт. Поведенческие признаки стрессоустойчивости лабораторных животных в тесте «открытое поле» на фоне фармакологической коррекции // Сборник научных статей Краснодарского центра зоотехники и ветеринарии. - 2020. - Т. 9. Ревякин А. О. и др. Изучение гормонального статуса лабораторных крыс с использованием формулы МиоАктив-Спорт // Биомедицина. - 2012. - нет. 4. - С. 67-69. Судаков КВ. Новые аспекты классической концепции стресса // Бюллетень экспериментальной биологии и медицины. - 1997. - Т.123, Ца2. - С. 124-130 Украинцева Ю.В., Берлов Д.Н., Русалова М.Н. Индивидуальные поведенческие и вегетативные проявления эмоционального стресса у человека // Журн. высш. нерв. деятельности. – 2006. – Т. 56, № 2. – С. 183–192.