Foydalanuvchi:Mansurova Shahnoza/qumloq

Pahlavon Muhammad tahrir

Ma'lumki, Alisher Navoiy do`stlari va ustozlariga bag`ishlab uchta manoqib yaratdi.

Uchinchisi "Holoti Pahlavon Muhammad" - yaqind do`sti, kurashchi Pahlavon Muhammad vafoti munosabati bilan yaratilgan.

Navoiyning Pahlavon Mahmud haqidagi fikrlari tahrir

P.M ga bag`ishlab yozilgan manoqib dastab ruboiy bilan boshlanadi va uning tog`asi haqida ma'lumot berib o`tiladi.

Ey charx, ne davrlarki, dast etting,

Davringda muhabbat ahlini mast etting,

Har kimniki, olamda zabardast etting,

Oxir ajal aliguida ani past etting.

  • Pahlavon Muhammad "shamsul- millat vaddin" hamda"Kushtgir" kabi nomlar bilan shuhrat topgan.
  • Tog`asi - Pahlavon Busaid. Navoiy pahlavonlik unga nasab orqali o'tganligi, tog'asi Pahlavon Abusaid o‘z davrining benazir pahlavoni bo‘lganligi va Pahlavon Muhammad kurash tushishni shu tog‘asidan o‘rganganligi haqida ma’lumot beradi, uning jismoniy jihatdan zabardast va kuchli bo‘lish bilan birga ilm-u hunarda, fan sohasining turli tarmoqlarida kuchli bilimga ega bo‘lganligini ta’kidlaydi; musiqa, tibbiyot, she’riyat, qofiya, aruz, badiiy san’atlar, ilmi nujum (astronomiya), fiqhda o‘z zamonasining nodir kishisi ekanligini aytib o‘tadi. Ayniqsa, Pahlavon Muhammad musiqa borasida juda iqtidorli bo‘lib, bir necha g'azallarga kuy bog‘lagan edi.[1]
  • Pahlavon Muhammad Mir Buzurg Termiziyga bag‘ishlab, Mavlono To‘tiy she’ri bilan aytiladigan “Chahorgoh” kuyini yaratadi va bu kuy butun Xurosonda, hatto Samarqand va Iroqda ham mashhur bo`lgan.
  • Pahlavon Muhammad she'riyatga yaqin bo`lib, har nav she`rlardan yod bilgan, qolaversa, "Kushtgir" taxallusi bilan muammolar yaratgan. Navoiy uning Hofiz Sheroziy devonidan muammo yo‘li bilan “Ali”, “Amin” va “Taqiy” ismiga chiqargan baytlarini keltiradi.[1]
  • Navoiy va Pahlavon Muahmmad o`rtasidagi do`stlik munosabatalari qirq yil davom etdi.
  • Navoiy P. Mahmud bilan bo`lib o`tgan Axshaboddagi voqeani ham o`zining mazkur holatda aytib o`tadi: Mafosil kasali bilan og`irgan Navoiyga, tabib uqalashni tavsiya qiladi, do`sti kelib, bu ishni o`z zimasiga oladi va Naviydan turkiygo`y shoirlarning eng yaxshisi kim deb so`raganda, Navoiy bunga Lutfiy deya, javob beradi. Shunda P.M nima sababdan Sayyid Nasimiyni aytmaganini so`raganda, Navoiy Lutfiy majoziy uslubda, Nasimiy esa haqiqat uslubida yozadi deydi.

Shu paytda Pahlavon Muhammad Navoiyni yangi, hali hech kimga o`qib bermagan g`azalining bir baytini Navoiyning taxallusining o`rniga Nasimiyni qo`yib o`qib beradi. Navoiy hayratga tushib, ishonmaydi. Ammo keyingi kun Pahlavon Muhammmad o`zi bilan 12 kishini ergashtirib kealdi va qolgan odamlar ham bu she'rni bir majlisda o`qilganini tasdiqlashadi.

Gar Navoiy siymbarlar vaslin istab ko'rsa ranj,

Yo‘q ajab, nevchunki, xom etgan tama ’ ranjur erur.[2]

"Majolis- un nafois[3]"ning 4-tazkirasida bir qator shoirlar qatorida Pahlavon Muhammadni ham sanab o`tadi. Uning yuksak saviyasi, she'r aytishi bilan birga yaxshi she'r yozishini tariflaydi. Uning

“Dar olam i ishqi tukoram bog ‘am ast” ,

Guft xandon zerilab: “G ‘am nest, kori olam ast”

bayti bilan boshlanuvchi she'ri uchun olti ming tanga hadya qilganini aytadi.

Vafoti haqida tahrir

Pahlavon Muhammad Abdurahmno Jomiyning vafotidan bir yil keyin vafot edi. Shu munosabat bilan ham Navoiy Pahlavon Muahmmadning vafitiga bag`ishlab yozgan ta'rixida uning vafitini quyidagi misraalr bilan chiqishini aytadi:

“ba’di Maxdumi ba yak sol” (“Maxdumdan bir yil keyin”) - hijriy 899, milodiy yilda 1493-yilga to`g`ri keladi.

Pahlavon Muhammad Husayn Boyqaro uchun qurilgan, Ne'matoboddagi maqbaraga qo`yiladi.

  1. 1,0 1,1 HUHRAT SIROJIDDINOV, DILNAVOZ YUSUPOVA, OLIMJON DAVLATOV. NAVOIYSHUNOSLIK, 1-kitob, 2018 — 522 bet. 
  2. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to`plami. 15-jild, 1993 — 727 bet. 
  3. Alisher Navoiy „18-jild“,. Mukammal asarlar to`plami, 1993.