koreya respublikasi madaniyati rivoji

tahrir

Har bir koreys millati uchun an’anaviy konfusiychilik qadriyatlari «inson – jamiyat», «inson – inson» tushunchalari o‘rtasidagi uyg‘un munosabat bilan tenglashtirildi. Shuning uchun ham har bir koreys millati uchun qadrdon yangi ma’naviy mo‘ljal odatiy – odob-axloq burchlari, oila va ajdodlarga sajda qilish, ota va o‘g‘il, rahbar va xodim o‘rtasidagi munosabatlarga murojaat qildi. Bu ma’naviy mo‘ljal mamlakatda asrlar davomida axloqiy va ma’naviy muhitda aniqlangan va hozirgi kunda ham respublika hayotining barcha, xususan, iqtisoddan tortib shaxsiy hayotgacha bo‘lgan sohalarida faol namoyon bo‘lmoqda. Koreys xalqining konfutsiychilik an’analariga tayanishi davlatni bir butun, tabiiy va murakkab organizm kabi qabul qilishiga yordam berdi. Har bir fuqaro davlatning alohida bir bo‘lagi hisoblanadi va u har doim unga bo‘ysunishga tayyor. Eski, ammo shu bilan birga xalq qalbidan joy egallagan olijanob an’ana o‘zini millatning bir qismi sifatida anglab yetgach, mamlakat uchun qurbon bo‘lish g‘oyasini olg‘a surdi. Bu mamlakatda modernizatsiya davrining dastlabki ikki yili davomida juda yaqqol namoyon bo‘lib, eng avvalo, Chon Du Xvan va uning izdoshi yangilash uchun harakat qilgan chuqur qoloqlikka tegishli edi. Chon Du Xvan prezidentlik boshqaruvining so‘nggi yillarida mamlakat ma’naviy hayotida milliy ongning misli ko‘rilmagan o‘sishi bilan shartlangan sifat o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlandi. Respublika taraqqiyotining birinchi ikki og‘ir bosqichining yakunlanishi 1988 yil Seulda o‘tkazilgan XXIV Olimpia o‘yinlariga tayyorgarlik yillari va uni o‘tkazish davriga to‘g‘ri keldi. Bu bosqich ham iqtisodiy, ham ma’naviy taraqqiyotning boshlang‘ich nuqtasiga aylandi. 1988 yili fevral oyida Olimpia o‘yinlari ochilishi arafasida mamlakat prezidenti postiga Ro De U keldi. Respublika tarixida ilk bor rahbarlar almashinuvi xalqaro saylov orqali osudalik bilan o‘tdi. Bundan oldin mamlakatni boshqargan barcha rahbarlarning ma’naviy yangilanish va madaniy qurilish sohasida olib borgan siyosati siyosiy muammolarning shunday yechimiga olib keldi. Olimpia o‘yinlarini o‘tkazish vaqtida jahon hamjamiyati nafaqat iqtisod sohasida, balki madaniyat sohasida mamlakat yutuqlariga guvoh bo‘lishdi. Shuningdek, qachonlardir qoloq hisoblangan davlatning boy ma’naviy merosi haqida tasavvurlari haqiqatga aylandi.