OLTI QOʻSHUV UCH (6+3) GURUHI - Afg'onistonda 2005-yildan keyingi davrda Tolibon harakati yashirin faoliyat yuritib, yana jonlana boshladi. Afg'oniston yana harbiy to'qnashuvlar girdobida qoldi. Shu boisdan O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 2008-yil 3-aprelda Buxarestda NATO/SEAP (Yevroatlantika hamkorlik kengashi) sammitida ishtirok etib, 30 yildan buyon hozirgacha davom etib kelayotgan Afg'oniston mojarosini hal etish yuzasidan bir qator amaliy takliflarni ilgari surdi. Birinchi Prezidentimizning 2008-yil avgustida SHHT sammiti doirasidagi ma'ruzalarida esa bu masala yana bir bor ta'kidlab o'tildi. Shuningdek, "6+ 3" guruhini tuzish g'oyasi Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan 2009-yil 15- 16-iyunda Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtgan SHHT anjumanida ham ilgari surildi. Davlatimiz rahbari ushbu guruh eng avvalo Afg'onistonda o'z yechimini kutib turgan quyidagi ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal etishda muhim rol o'ynashiga e'tibor qaratdi:

1. oddiy xalqning ehtiyojini qondirish;

2. aholi bandligi (ish bilan ta'minlash);

3. hokimiyatning vertikal boshqaruv idoralari nufuzini mustahkamlash;

4. afg'on xalqining xalqaro koalitsiya kuchlariga nisbatan ishonchini qozonish;

5. xalqaro hamjamiyat imkoniyatlari hisobidan Afg'onistonga moddiy yordam va ko'mak ajratish;

6. afgʻon xalqining diniy, milliy, madaniy qadriyatlari va urf-odatlarini hurmat qilish;

"6+2" muloqot guruhini "6+3" muloqot guruhiga aylantirish, ya'ni unda NATO vakolatxonasining ishtirokini ta'minlash lozim. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov "6+3" guruhi g'oyasiga 2010-yil 27-yanvarda Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida so'zlagan "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish ustuvor vazifamizdir" mavzusidagi ma'ruzalarida ham alohida to'xtalib o'tgan edi. "6+3" muloqot guruhining eng muhim maqsadi - Afg'onistonda bir- biriga qarshi kurashayotgan kuchlarga harbiy harakatlarni to'xtatish dasturini taklif etish, mamlakatni parokanda qilayotgan asosiy muammo va ziddiyatlar bo'yicha o'zaro murosa asosidagi yechimlarni topish, xavfsizlikni ta'minlash hamda barcha tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda zarur kafolatlarni berish lozimligi qayd etildi.


oddʼxalqning ehtiyojini qondirish;

2. aholi bandligi (ish bilan ta'minlash);

3. hokimiyatning vertikal boshqaruv inufuzini mustahkamlash;

4. afg'on xalqining

xalqaro koalitsiya kuchlariga nisbatan ishonchini qozonish;

5. xalqaro hamjamiyat imkoniyatlari hisobidan Afg'onistonga moddiy yordam va ko'mak ajratish;

6. afgʻon xalqining diniy, milliy, madaniy qadriyatlari va urf-odatlarini hurmat qilish