Maruf Matyakubov 1992-yili 28-Avgustda Xorazm viloyatida tugʻilgan. Toshkentning Lokomotiv klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, ampluasi yarimhimoyachi.

Mundarija [yashirish] 1 Klubdagi faoliyati 2 Terma jamoadagi faoliyati 3 Yutuqlari 4 Manbalar 5 Havolalar


Klubdagi faoliyati[tahrir] Maruf Matyakubov professional futboldagi faoliyatini 2013-yili boshlagan. U ilk bora Lokomotiv safida 2013-yilning 8-noyabrida oliy liga uchrashuvida Buxoro futbol klubi bilan kechgan oʻyinda jamoa tarkibiga qoʻshildi. Oʻsha oʻyinda u zaxirada boʻldi. Maruf Matyakubov hozirga qadar ushbu klubda oʻynab kelmoqda.

Ichki chempionatda shu vaqtga qadar 16ta oʻyinda maydonga tushib raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilgan.

Osiyo chempionlar ligasining 2014 va 2015 yilgi musobaqalarida klub tarkibida 3ta oʻyinda qatnashdi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir] Maruf Matyakubov terma jamoaga 2015-yili bosh murabbiy Mirjalol Qosimov tomonida chaqirtirildi. U lik bora 2015-yilning 11-iyunida Eron terma jamoasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va oʻyinning asosiy vaqtida toʻliq oʻynadi.[1] Ikkinchi terma jamoadagi oʻyini rasmiy oʻyin boʻlib, unda 2015-yilning 16-iyunida 2018-yilgi jahon chempionatining Osiyo qitʼasi boʻyicha saralash bosqichining 2-roundida Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda 34 daqiqa maydonda harakat qildi. Shu vaqtga qadar u 2ta oʻyinda terma jamoa sharafini himoya qildi.

Yutuqlari[tahrir] Lokomotiv tarkibida

Kumush medal sovrindori Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2013, 2014 Chempion Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014 Chempion Oʻzbekiston Super kubogi gʻolibi: 2015 Kumush medal sovrindori Oʻzbekiston Super kubogi 2-oʻrini: 2014 Manbalar[tahrir] Jump up ↑ Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронга мағлуб бўлди Havolalar[tahrir] www.scoresway.com