MashhurMubina
KARUBSIYA
Yondiribmas yonib yashaylik
Ko’pchilik jurnalistlar qaysi sohada karubsiya mavjud degan savol bilan so’rovnoma o’tqazadi. Menimcha savolni o’zgartirish vaqti keldi. Ya’ni “Qaysi sohada karubsiya mavjud?”deb emas balki “Qaysi sohada karubsiya mavjud emas?” shaklida so’rovnoma o’tqazish maqsadga muofiq. Ammo bu savolga javob beraolamizmi? Chunki poraxorlik ko’plab sohalarni qamrab olgan. Qurilish deysizmi, ta’lim deysizmi, shifoxona deysizmi, ishga kirish deysizmi va hokozo. Ularning barchasi odatiy holdek. Bu esa jamiat rivojlanishiga putur yetqazadi. Misol uchun qurilish sohasini olaylik. Kamta’minlangan oilalar uchun ajratilgan uylarni ko’proq pul to’laydigan qo’shtirnoq ichidagi “saxovat pesha” odamlarga sotib “Sig’ ham kuymasin kabob ham kuymasin” nazdida ish tutib mo’maygina pulni ham oladi, uyni egali qilib berilgan topshiriqni ham bajaradi. Buning kasriga sodda kishilar qolib, bechora kambag’al butun umirlik yig’gan puliga uy qursinmi, to’y qilsinmi nima qilishini bilmay fig’oni falakka yetib botqoqlikka botib boraveradi.
Ustoz otangdek ulug’ deb ularga sovg’a-salomlar beramiz. Maqsad ularda yahshi taasurot qoldirish. Bu ham karubsiyaning bir turi emasmi?
Ta’limdagi yana bir ko’rinishi bu — o’qishga kirish uchun to’lanadigan pullar. Balki kimdir “Pull sening cho’ntagingdan chiqayabdimi?” deyishi mumkun. Ha to’g’ri mendan ketmayabdi ammo o’sha birgina bilimsiz bir-nechta bolalarni o’qitadi. Aytingchi yo’qlikdan nimani olish mumkun.
Tibbiyotdachi? Afsuski tibbiyot bizning eng og’riqli tomonlarimizdan biri albatta. Tanish-bilish bilan o’qishga yoki ishga kirgan oq xalatli “fidoilar” bir bemor tag’diriga nuqta qo’yishi hech gap emas. Bunday holatlar yuz bermasligi uchun — ison avvalo o’zini to’g’irlashi lozim. Shundagina xalq ham, millat ham rivojlanadi. Aholi esa moddiy va mannaviy boy bo’ladi.
Agar prizident tomonidan berilgan topshiriqlarning hech bo’lmaganda 90% bajarilganda edi, O’zbegiston 7-8 yil ichida buyukligi jihatdan Amerika davlatiga tenglasha olardi.
Shu o’rinda kursini egallab o’tirgan shahslarga aytmoqchimanki “yondiribmas yonib yashaylik”. Zero ko’za kundamas kunida sinadi.