Foydalanuvchi:Matchonova/qumloq
O‘zbek xalqining moddiy va nomoddiy merosi
KIRISH. Madaniy meros - bu guruh yoki jamiyatning ajdodlaridan meros bo'lib qolgan moddiy va nomoddiy merosidir. O‘tgan ajdodlar merosining hammasi ham “madaniy meros” emas; aksincha, madaniy meros jamiyat tomonidan tanlab olingan mahsulotdir.
Madaniy meros oz ichiga moddiy madaniyatlar (binolar, yodgorliklar, landshaftlar, arxiv materiallari, kitoblar, san’at asarlari va artefaktlar kabi), nomoddiy madaniyatlar (masalan, folklor, an’analar, til va bilimlar kabi) va biologik jihatdan xilma-xillikdan iborat tabiiy meros singari (shu jumladan madaniy ahamiyatga ega landshaftlar) qamrab oladi. Bu atamalar kop hollarda mahalliy intellektual mulkni himoya qilish bilan bog'liq masalalarda qo'llaniladi.
Madaniy boyliklarni huquqiy muhofaza qilish bir qator xalqaro shartnomalar, mahalliy qonunlar va xalqaro kelishuvlar bilan himoyalangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YUNESKO va Blue Shield International madaniy merosni muhofaza qilish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar shular jumlasidandir. Bu, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikparvarlik integratsiyasiga ham tegishli.
Nomoddiy madaniy meros
“Nomoddiy madaniy meros” ma’lum bir madaniyatning moddiy bolmagan, ko'pincha tarixning ma’lum bir davrida ijtimoiy urf-odatlar tufayli vujudga kelgan mulkidir. Kontseptsiyada jamiyatdagi xatti-harakatlarning usullari va vositalari, shuningdek, ma’lum bir madaniy iqlimda ishlashning rasmiy qoidalarini belgilab beriladi. Bularga ijtimoiy qadriyatlar va an’analar, urf-odatlar, estetik va ma’naviy e’tiqodlar, badiiy ifoda, til va inson faoliyatining boshqa jihatlari kiradi. Moddiy predmetlar ahamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, etnik, diniy va falsafiy qadriyatlari fonida sodir bo'lgan harakat sifatida talqin qilish mumkin. Tabiiyki, nomoddiy madaniy merosni saqlash moddiy ob’yektlarga qaraganda ancha qiyin.
Madaniy nomoddiy boyliklarni saqlash va saqlash aspektlariga quyidagilar kiradi:
· folklor
· Og’zaki tarix
· tilni saqlash[1]
O`zbekistonning moddiy merosi va uni muhofazaga ostiga olish
O‘zbekiston o‘zining boy va betakror tarixi bilan qadim-qadimdan insoniyat
beshiklaridan biri bo’lib kelgan. Bu hududda azaldan turli madaniyatlar to’qnashuvi sodir bo’lib, turli din vakillari o‘zaro tinch-totuvlikda istiqomat qilgan. Shuningdek, mamlakatimiz islom dini rivojiga bebaho hissa qo’shgan buyuk alloma va mutafakkirlar yurti, islom arxitekturasining noyob durdonalari joylashgan makondir. Shu nuqtai nazardan ajdodlarimiz mangu qo’nim topgan muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ularni muhofaza qilish, obod qilish, noyob yodgorliklarni ta’mirlash masalasi bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan masalalardan biridir.Shundan kelib chiqib, 1993-yil O‘zbekiston 120 dan ortiq davlatni birlashtirgan Jahon turistik tashkiloti (WTO)ga a’zo bo‘ldi. 1994-yil BMT va YUNESKO ko‘magida Jahon turizm tashkilotining Ipak yo‘li, deb nomlangan xalqaro seminar o‘tkazildi. Mustaqillik yillarida, muqaddas qadamjolarda yotgan avliyo vallomalarning faoliyatiga bag‘ishlab, YUNESKO rahbarligida xalqaro ahamiyatgaega bo‘lgan sanalar tashkil etilishi bilan bir qatorda, ilmiy tadqiqotlar olib borishasosiy vazifa sifatida belgilandi. Buning natijasida, Termizning 2500 yillik, Shahrisabz shahrining 2700 yillik, Qarshining 2700 yillik yubileylari nishonlandi.O‘zbekiston Respublikasi YUNESKO tashkilotining teng huquqli a’zosi sifatidaXivadagi Ichanqal’a qo‘riqxonasida (1990) hamda Buxoroning tarixiy markazida (1993) joylashgan yodgorliklar, Shahrisabz shahridagi Temur va Temuriylar davri me’moriy yodgorliklari (2001) va Samarqand shahri markazidagi tarixiy yodgorliklar(2002) Xalqaro Jahon Madaniy Merosi Qo‘mitasiga 13 ta mashhur yodgorliklar sifatida ro‘yxatga olindi. Surxondaryodagi Oq ostona bobo, Hakim Termiziy me’moriy majmualari, Qirqqiz saroyi hamda respublikadagi Arab ota, Ishratxona, Mirsaid Bahrom maqbaralari, Bahouddin, Chor Bakr, Shayx Muxtor Valiy majmualari, shuningdek, Raboti Malik, Jarqo‘rg‘on va Vobkent minoralari, jahon moddiy yodgorliklari ro’yxatiga kiritilishi uchun arizalar taqdim etildi.[2]
O‘zbekistonda 7-8 mingdan ortiq tarixiy obidalar mavjud bo‘lib, 200 dan ortig‘i
YUNESKO ro‘yxatida, islom madaniyati obidalarini asrab-avaylash va tarixiy
obidalarga boy davlat sifatida O‘zbekiston 9-o‘rinni egallab turibdi. Madaniy tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlardan 545 tasi arxitektura, 575 tasi tarixiy, 1457 tasi san’at va 5500 dan ortig‘ini arxeologik obyektlar tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 265-sonli Qarorining 33-bandida “YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarning shaharsozlik normalari va qoidalari talablari maxsus vakolatli organ bilan kelishishi belgilab qo‘yildi. Shu jihatdan, “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. 2019-yilning 1-fevralidan 76 mamlakat fuqarolari 30 kunlik muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘ldi. Surxondaryo viloyatini YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish uchun nomzod obyektlar (Xakim Termiziy, Zurmala, Sulton Sodot, Qirqqiz saroyi, Kokildor ota honaqosi, Fayoztepa va Qoratepa buddizm inshooti, Zarautsoy qoyatosh rasmlari, Jarqo‘rg‘on minora, Oq ostona bobo) ro‘yxati shakllantirilib, Madaniyat vazirligiga yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PK-4095 sonli Qaroriga ko‘ra, viloyatdagi 8 ta turistik obyektlar- Jarqo‘rg‘on minorasi, Sheroboddagi Xo‘jaikon tuz g‘ori, Uzun tumanidagi Oq ostona bobo maqbarasi, Oltinsoy tumanidagi So‘fi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xo‘jaipok ziyoratgohlariga olib boruvchi 59 km yo‘llar ta’mirlandi. 2020-yilda mazkur sohada koronavirus pandemiyasi bo‘lishiga qaramay, vohadagi Madaniy meros va turizmni rivojlantirish bo‘limlari tomonidan muhim tadbirlar amalga oshirildi. Qashqadaryoda 2020-yil 8 oy davomida 7100 nafar xorijiy sayyohlar, 48 000 nafardan ortiq mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi. Bu 2019-yilning shu davriga nisbatan anchayin past ko‘rsatkichdir. Qashqadaryo viloyati tarixida ilk bor ingliz tilidagi “Inside Kashkadarya” jurnali Amazon.com orqali AQSH va dunyoning boshqa davlatlarida sotuvga qo‘yildi. Viloyatning turistik, siyosiy, ijtimoiy-madaniy hayotini yoritishga mo‘ljallangan jurnalning ilk soni Qashqadaryoning turizm salohiyatiga bag‘ishlandi. Bunda vohaning ziyorat, eko, etno va ekstremal turizm yo‘nalishlari keng ochib berildi. [3]
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martda “Moddiy-madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 119-sonli Qarori qabul qilingan. Ushbu qaror bo‘yicha barcha moddiy va arxeologiya merosi yodgorliklari operativ boshqaruvi bilan Madaniyat boshqarmasiga va Muzey qo‘riqxonasiga topshirilgan. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida katta turistik salohiyatga ega. O‘zbekiston sayyohlik ko‘lami va tarixiy joylar ko‘pligi bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘nta mamlakat qatorida turadi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz shaharlarida joylashgan moddiy va nomoddiy material obyektlari dunyo tarixiy va madaniy merosi BMTning YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. Qayd etish joizki, mamlakatimizda tarixiy, madaniy, me’moriy, arxeologik ahamiyatga ega bo‘lgan turistlarni jalb qilish mumkin bo‘lgan obyektlardan 4000 dan ziyod tarixiy va me’moriy obidalar, turistik obyekt sifatida qamrab olingani 140 ta deb ko‘rsatiladi.[4] Bugungi kunda mamlakatimizning moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar salmogʻi katta. Ayni paytda YUNESKO Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga Oʻzbekistondagi 4 ta meʼmoriy majmua – Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari kiritilgan. Mamlakatimizning YUNESKOga aʼzo boʻlgan 1993-yildan boshlab sohaga oid barcha asosiy xalqaro hujjatlariga qoʻshilish choralarini koʻrdi, ularning normalari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinmoqda. Prezidentimizning 2018-yil 19-dekabrdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori bu borada yangi bosqichni boshlab berdi. Qarorning 10-bandiga asosan YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiymadaniy hududlar hisoblanishi belgilandi. Ularda rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Madaniy meros departamenti hamda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshirishiga oid tartib oʻrnatildi. Shuningdek, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida VI bobi alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarga oid qator normalar belgilangan. YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar sifatida belgilab qoʻyilishi ushbu hududlarning huquqiy maqomiga aniqlik kiritildi va ularni muhofaza qilishning qonuniy asoslari yaratildi. Rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishib olish yoʻlga qoʻyildi. Masalan, 2020-yilda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishib olish uchun 11 ta loyiha Umumjahon merosi markaziga yuborilgan. 2020-yil sentyabr oyida Buxoro tarixiy markazida rejalashtirilgan obyektning loyihasi yuzasidan Umumjahon merosi markazining ijobiy xulosasi olindi. [5]
O`zbekistonning nomoddiy merosi va uni muhofazaga ostiga olish
Nomoddiy madaniy meros va uning muhofazasi masalalari YUNESKO ning 1989-yildagi “An’anaviy madaniyat va folklorni muhofaza qilish” bo‘yicha tavsiyalaridan boshlangan edi. 1994-yildan milliy tizimlar (davlatlar) tomonidan nomoddiy madaniy merosni o‘zida saqlovchi va boshqalarga yetkazuvchilarning rasman tan olishini va ular tomonidan ushbu merosning kelgusi avlodga yetkazilishiga ko‘magini tashkil etish maqsadida “Insoniyatning yashovchi (tirik) durdonalari” dasturi boshlandi. 1997-1998 yillarda YUNESKO tomonidan “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonalarini e’lon qilish” dasturi ham ma’qullandi va bu orqali dunyo xalqlari tomonidan saqlab kelinayotgan nomoddiy madaniy meros durdonalarining ro‘yxatini tuzish va e’lon qilish imkoniyati yaratildi. Ushbu ro‘yxatga O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib 2001 yilda “Boysun madaniy muhiti”va 2003-yilda “Shashmaqom” kiritilganligini yaxshi bilamiz. О‘tgan asring 90-yillarida ekspertlar xulosasi asosida mavjud nomoddiy madiniy merosni muhofazasi bo‘yicha keskin, qat’iy choralar ko‘rish lozimligi aniqlindi va ushbu yo‘nalishdagi ishlar yanada jadallashtirildi. Buning natijasida YUNSEKO Bosh Konferensiyasining 2001-yilda bo’lib o‘tgan 31-sessiyasida yangi xalqaro normativ mexanizm vazifasini o‘tovchi Konvensiya yaratish rejalashtirildi. Shunday qilib, YUNESKO Bosh Konferensiyasining 2003- yil 17 oktyabrdagi 32-sesiyasida “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish” Konvensiyasi qabul qilindi. 2005- yil 20-oktyabrda esa “Madaniy ifoda shakllarining turfa xilligini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash” to‘g‘risida Konvensiyaning qabul qilinishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.[6] O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng demokratik fuqarolik, odil jamiyat qurish maqsad qilib olindi. Madaniyat komil insonni shakllantirishga xizmat qila boshladi. Bu borada ulkan tarixiy va jahonshumul ishlar amalga oshirildi. Jumladan: qadimiy tariximizning haqqoniy, chuqur va har tomonlama o‘rganilishi, tarixiy mavzulardagi sovet davrida taqiqlangan asarlarning chop etilishi xalqimiz milliy-tarixiy ongini shakllantirishda muhim rol o‘ynamoqda; sovetlar davrida man qilingan yoki cheklangan madaniy qadriyatlar: tarixiy xotira, milliy ong, milliy ruh, diniy e’tiqodlar, xalq odatlari, davlat tili, xalq ijodi, milliy o‘yinlar, tarixiy me’morchilik san’ati, ko‘pgina an’anaviy ijod turlari tiklandi xalq odatlari, marosimlari va bayramlari (Navro‘z, Ro‘za hayiti, Qurbon hayiti kabilar)ning tiklanishi va yangi bayramlar (Mustaqillik kuni, O‘qituvchi va murabbiylar kuni, Xotira va qadrlash kuni kabilar)ning joriy etilishi xalq ma’naviy hayotiga yangi ruh va mazmun bag‘ishladi. So‘nggi yillarga kelib ham katta o‘zgarishlar yuz berdi. 2022-yil iyul oyida O‘zbekiston YUNESKO Bosh qarorgohida (Parijda) bo‘lib o‘tgan “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Konvensiyaga a’zo bo‘lgan davlatlar Bosh assambleyasining 9-sessiyasida Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaga a’zolikka saylandi. Turizm va madaniy meros agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022−2026-yillarda qo‘mitada a’zo sifatida faoliyat yuritadi. YUNESKOning ikkinchi mintaqaviy saylov guruhida (SharqiyYevropa va MDHning ayrim davlatlari) ikkita bo‘sh o‘rin uchun beshta nomzod — O‘zbekiston, Bolgariya, Bosniya va Gersegovina, Slovakiya hamda Estoniya o‘zaro kurash olib bordi. O‘zbekiston uchun eng ko‘p davlat ovoz bergan — 105. Boshqa raqobatchi davlatlar quyidagicha ovoz olgan: Slovakiya (94 — ikkinchi bo‘sh o‘ringa saylangan), Estoniya (69), Bolgariya (26), Bosniya va Gersegovina (9). O‘zbekiston tomoni o‘z nutqida ovoz bergan davlatlarga o‘z minnatdorligini bildirdi va 2023-yilgi Konvensiyani mamlakat, mintaqaviy va global miqyosda ilgari surishda katta hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi. “Bu biz uchun ham faxr, ham mas’uliyat. O‘zbekiston, albatta, o‘ziga bildirilgan yuksak ishonchni oqlaydi”, — dedi turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning asosiy vazifalaridan biri — Konvensiya maqsadlarini ilgari surish, ilg‘or tajribalar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish chora-tadbirlari bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat. Hozirgi kunda YUNESKO insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga O‘zbekiston tomonidan 10 ta milliy va ko‘p millatli elementlar, shu jumladan Shoshmaqom, palov pishirish an’analari, Navro‘z bayrami, Xorazm lazgisi va baxshichilik san’ati kiritilgan.[7]
YUNESKOning xalqaro ro‘yxatlariga taqdim etish uchun nomzodnoma hujjatlari tayyorlanadigan nomoddiy madaniy meros namunalari
RO‘YXATI
I. Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxati | |
1. | Markaziy Osiyo an’anaviy kashtachiligi |
2. | O‘zbekiston zardo‘zlik maktablari san’ati |
3. | O‘zbekiston zargarlik san’ati |
4. | O‘zbekiston do‘ppido‘zlik maktablari san’ati |
5. | O‘zbek an’anaviy kandakorlik san’ati |
6. | O‘zbekiston gilamdo‘zlik an’analari |
7. | Beshik yasash va u bilan bog‘liq an’analar |
8. | O‘zbek nonlari |
9. | Qorabayir otlarini parvarish qilishga oid an’analar |
10. | “Alpomish” dostoni |
11. | Ko‘pkari (nomzodnomaga qo‘shilish) |
12. | O‘tov yasash an’analari (nomzodnomaga qo‘shilish) |
13. | “Chavgon” o‘yini (nomzodnomaga qo‘shilish) |
14. | O‘zbekiston pichoqchilik san’ati |
15. | Choy ichish bilan bog‘liq urf-odatlar (nomzodnomaga qo‘shilish) |
16. | O‘zbek kurash san’ati |
17. | Tanovar — O‘zbekiston milliy raqsi |
II. Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim bo‘lgan nomoddiy madaniy meros ro‘yxati | |
18. | Jirovchilik san’ati va qo‘biz ijrochiligi |
19. | Egar-jabduq yasash bilan bog‘liq an’analar |
III. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasidagi eng ilg‘or tajribalar reyestri | |
20. | O‘zbekiston doira ijrochiligi an’analarini saqlash tajribasi |
Izoh: ushbu ro‘yxatga YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ushbu ro‘yxatga muvofiq nomzodnoma hujjatlari tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qarori bilan tasdiqlangan Nomoddiy madaniy merosning alohida namunalarini ilmiy-amaliy asosda kompleks rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish rejasida belgilangan qo‘llab-quvvatlashga mas’ul tashkilot mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
4-ILOVA
2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy o‘rganish bo‘yicha mahalliy va xorijiy etnofolklor ekspeditsiyalarini tashkil etish
REJASI
T/r | Ekspeditsiyalar tashkil etiladigan hudud va mamlakatlar nomi | Ekspeditsiyalarni tashkil etish muddati |
Mahalliy ekspeditsiyalar | ||
1. | Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari | 2024-yil may-iyun |
2. | Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 2024-yil may-iyun |
3. | Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari | 2024-yil iyul-avgust |
4. | Buxoro va Navoiy viloyatlari | 2024-yil oktyabr-noyabr |
5. | Samarqand va Jizzax viloyatlari | 2025-yil fevral — aprel |
6. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 2025-yil may — iyul |
Xorijiy ekspeditsiyalar | ||
7. | Qirg‘iz Respublikasi | 2024-yil iyul |
8. | Qozog‘iston Respublikasi | 2025-yil may |
9. | Tojikiston Respublikasi | 2025-yil sentyabr |
10. | Turkiya Respublikasi | 2025-yil oktyabr |
11. | Turkmaniston | 2026-yil aprel |
12. | Ozarbayjon Respublikasi | 2026-yil may |
13. | Rossiya Federatsiyasi | 2026-yil iyul |
14. | Xitoy Xalq Respublikasi | 2026-yil sentyabr |
Izoh: ushbu rejada belgilangan ekspeditsiyalar Madaniyat vazirligi
tomonidan Tashqi ishlar vazirligi va tegishli xorijiy davlat bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ushbu rejaga, zarur hollarda, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
5-ILOVA
2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha fundamental va maqsadli grantlar bo‘yicha davlat buyurtmalari rejasi
T/r | Fundamental va maqsadli grantlar nomi | Grantlarni taqdim etish muddati |
I. O‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari
(baxshichilik namunalari) | ||
1. | “Alpomish” dostoni | 2024-2025-yillar |
2. | “Go‘ro‘g‘li” dostoni | 2024-2025-yillar |
3. | “Go‘ro‘g‘li” turkumidan “Oltin qaboq” dostoni | 2025-2026-yillar |
4. | “Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostoni | 2025-2026-yillar |
II. Ijrochilik san’ati
(musiqa, raqs va xalq tomosha san’ati) | ||
5. | Ko‘hna cholg‘ular ijrochiligi hamda uning tarixiy ahamiyati | 2024-2025-yillar |
6. | Katta ashula va Farg‘ona askiyasi ijrosi | 2024-2025-yillar |
7. | O‘zbek va qoraqalpoq xalq raqs san’atining o‘ziga xos xususiyatlari va tarixiy takomili | 2024 — 2026-yillar |
III. Jamiyatning urf-odat, marosim va bayramlari | ||
8. | Mavsumiy marosimlar bilan bog‘liq folklor namunalarini yozib olish va ilmiy tadqiq etish | 2024-2025-yillar |
9. | Oilaviy marosimlarning mahalliy xususiyatlari | 2024 — 2026-yillar |
IV. Tabiat va koinot bilan bog‘liq bilim va urf-odatlar
(pazandachilik, xalq tabobati, bog‘dorchilik, dehqonchilik va boshqalar) | ||
10. | Qoraqalpoq milliy taomlarini ilmiy o‘rganish | 2024-2025-yillar |
11. | O‘zbek taqvimiy marosimlari namunalarini ilmiy o‘rganish | 2024 — 2026-yillar |
V. An’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar | ||
12. | O‘zbek milliy cholg‘ulari sozgarligining o‘ziga xos ilmiy-tarixiy evolyutsiyasi | 2024-2025-yillar |
13. | O‘zbek do‘ppido‘zlik san’ati | 2024 — 2026-yillar |
14. | Kandakorlik maktablari san’ati | 2024-2025-yillar |
15. | Temirchilik va pichoqchilik san’ati | 2024 — 2026-yillar |
Izoh: ushbu rejaning bajarilishiga Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi mas’ul hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
6-ILOVA [8]
Manbalar
1.https://uz.wikipedia.org/wiki/Foydalanuvchi:GuliMohim/Madaniy_meros_turlari
2. Xashimov M. YUNESKO faoliyatida diniy bag‘rikenglik tamoyillari (O‘zbekiston Respublikasi misolida): Tar. fan. nomz. diss. avtoref. – Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2009. – B. 11–13.
3. Inside Kashkadarya: Social and Cultural Magazine Kindle Edition, October 20, 2020 by Asror Allayarov (Author https://www.amazon.com/Inside-Kashkadarya-Social-Cultural-Magazine-ebook/dp/B08LMSWZ1P
4. Ruziyeva D.I. Ways of development and promoting of cultural tourism in Uzbekistan // Economics and management: theory and practice: Collection of scientific articles. Vol. 2 - Verlag SWG imex GmbH, Nürnberg, Deutschland, 2014. − Pp. 99-102.
5. O‘ZBEKISTONNING MODDIY-MADANIY MEROSI OBYEKTLARINING YUNESKO UMUMJAHON MADANIY MEROSI. BO’RIYEV Alisher. NTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 2, Issue 1. Feb. (2023) –B. 51.
6. Zahriddinbobir Haydarov. Nomoddiymadaniymeros. (maruzalarmatni).-Namangan; 2014. –B. 194.
7. https://www.gazeta.uz/oz/2022/07/07/unesco/
8. https://lex.uz/uz/docs/-6713096#-6718632v