15 may – Xalqaro oila kuni

Butun dunyoda 1994 yildan beri 15-may “Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlanib kelmoqda. Ushbu kunning belgilanishidan maqsad oilaning ko‘plab muammolariga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishga qaratilgan.

Har yili 15-mayda oilalardagi muammolarni odamlar, jamiyatlar va hukumatlar hal qilishi uchun qanday choralar ko‘rilishi kerakligiga oid xabarlar e’lon qilinadi. Shuningdek, bu kun mustahkam oilaviy birlik jamiyat va millatlarni mustahkamlashga qanday yordam berishini namoyish qilish kuni ham hisoblanadi.

Zero, yurtimizda, qolaversa, Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.