Memakhh
Neslihan Atagül | |
---|---|
Tavalludi |
20-avgust 1992-yil Istanbul, Turkiya |
Fuqaroligi | Turkiya |
Taʼlimi | Yeditepe Universiteti |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari |
2005– hozirgacha |
Mashhur ishlari | Sevgi iztirobi , Fatih Harbiye |
Unvoni | "Eng yaxshi aktrisa" Tokyo Xalqaro Film Festivalida |
Boʻyi | 1.69 |
Turmush oʻrtogʻi | Kadir Doğulu |
Neslihan Atagül Doğulu (talaffuzi: Neslihan Atagul Dogʻulu; 1992-yil 20-avgustda tugʻilgan) — turk aktrisasi. U 110 dan ortiq mamlakatlarga sotilgan Kara Sevda (2015—2017) serialidagi roli bilan tanilgan va Xalqaro Emmi mukofotining yagona turkiyalik sovrindori (2017). Shuningdek, uning „Fotih Harbiye“ (2013—2014) serialidagi hamda „Araf“ va „Senden Bana Kalan“ filmlaridagi bosh rollari diqqatga sazovordir. aktrisalik faoliyati davomida u koʻplab mukofot va maqtovlarga sazovor boʻlgan, jumladan Tokio xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ uchun Akademiya mukofotini olgan.
Ushbu foydalanuvchi Anjaniy ARMY aʼzosi. |
Bu foydalanuvchi WikiStipendiya marafoni ishtirokchisidir. |
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
tahrirNeslihan Atagül 1992-yil 20-avgustda Istanbulda tugʻilgan. Uning otasi haydovchi, onasi esa uy bekasi edi. Uning otasi cherkes, onasi esa belarus millatiga mansub.
Yeditepe univetsitetida teatr yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
tahrirDastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]
tahrirAtagül endigina 8 yoshida aktrisa boʻlishni boshlagan. 2005-yilda 13 yoshida u Neshe Erberkga tegishli Erberk agentligining raqamini topdi; u Erberkning agentlik manzilini oldi va onasi bilan roʻyxatdan oʻtish uchun ketdi. Bir oy oʻtgach, u oʻzining birinchi reklama rolini oʻynadi.
2006-yilda u „İlk aşk“ filmida aktrisalik debyutini amalga oshirdi va bu film uchun „Umidli yosh aktrisa“ sifatida karerasining birinchi mukofotini qoʻlga kiritdi. Oradan koʻp oʻtmay „Yaprak Dökümü“ serialida rol oʻynadi va keyingi yillarda „Canim Babam“ yoki „Hayat Devam Ediyor“ kabi seriallarda suratga tushdi.
2012-yilda u „Araf“ filmidagi bosh roli uchun eʼtiborga sazovor boʻldi va u uchun nufuzli Tokio xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ uchun Oskar mukofotiga sazovor boʻldi.