Angkor Vat (/ˌæŋkɔːr ˈwɒt/; kxmer. អង្គរវត្ត, Maʼbadlar poytaxti/shahriKambodjadagi 162,6 gektar maydonda joylashgan ibodatxona majmuasi. Dunyodagi eng katta diniy tuzilma Sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan[1]. Dastlab XII asrda qirol Suryavarman II tomonidan Kxmer imperiyasida iloh Vishnuga bagʻishlangan hind ibodatxonasi sifatida qurilgan boʻlib, asr oxirlarida asta-sekin buddistlar ibodatxonasiga aylantirilgan; shuning uchun „Hindu-Buddist“ ibodatxonasi sifatida ham eʼtirof etiladi[2][3].

Angkor Vat kxmerlar qiroli Suryavarman II buyrugʻi bilan[4] XII asrning boshlarida Kxmer imperiyasining poytaxti Yasodxarapura (kxmer. យសោធរបុរៈ, hozirgi Angkor) shahrida davlat ibodatxonasi va oʻlimidan soʻng oʻzi qoʻyiladigan maqbarasi sifatida qurilgan. Angkor Vat ibodatxonasi kxmer meʼmorchiligining ikkita: togʻ ibodatxonasi va keyinchalik devoriy surat chizilgan ibodatxona rejalarini uygʻunlashtirgan. Hind mifologiyasidagi devlarning uyi boʻlgan Meru togʻini tasvirlash uchun moʻljallangan. Uzunligi 5 kilometrdan oshiq xandaq[5] va 3,6 kilometr uzunlikdagi tashqi devor ichida har biri keyingisidan yuqorida joylashgan uchta toʻrtburchak devoriy suratlar mavjud. Maʼbadning markazida minoralarning beshinchi qismi joylashgan. Aksariyat Angkor ibodatxonalaridan farqli oʻlaroq, Angkor Vat gʻarbga yoʻnaltirilgan; buning ahamiyati borasida olimlar turlicha fikrda. Maʼbad meʼmorchilikning ulugʻvorligi va uygʻunligi, keng barelyeflari va devorlarini bezab turgan koʻp sonli devatalari bilan hayratga soladi. Zamonaviy Angkor Vat nomi, muqobil ravishda Nokor Vat[6], kxmer tilida „Maʼbad shahri“ yoki „Ibodatxonalar shahri“ degan maʼnoni anglatadi. „Shahar“ yoki „poytaxt“ degan maʼnoni anglatuvchi Angkor (kxmer. អង្គរ: ângkôr) — „nokor“ (kxmer. នគរ nôkôr) soʻzining xalq tilidagi shakli boʻlib, sanskritcha/paliycha nagara (devanagaricha: नगर) soʻzidan kelib chiqqan[7]. Vat (kxmer. វត្ត vôtt) „maʼbad maydonlari“ degani, sanskritcha/paliycha vāṭa (devanagaricha: वाट) soʻzidan olingan boʻlib, „oʻrab olish [aylana qilib oʻrash]“ degan maʼnoni anglatadi.

Maʼbadning asl nomi Vrah Viṣṇuloka yoki Parama Vishnuloka boʻlib, „Vishnuning muqaddas maskani“ degan maʼnoni anglatadi[8][9].

Tarixi

tahrir
 
Angkor Vat qurdirgan qirol Suryavarman II

Angkor Vat zamonaviy Siem Reap shahridan 5,5 kilometr shimolda va avvalgi poytaxt Baphuondan uncha uzoq boʻlmagan masofada biroz janubiy-sharq tomonda joylashgan. Angkorning asosiy diqqatga sazovor joylarining eng janubida Kambodjadagi qadimiy tuzilmalarning muhim guruhi mavjud.

Angkor Vat qurilishi qirol Suryavarman II (1113-tax. 1150-yillar boshqargan) davrida milodiy 1122-yildan 1150-yilgacha 28 yil davomida amalga oshirilgan[10]. Suryavarman II ni maʼbadni qurishga undash uchun Divākarapaṇdita (1040—tax. 1120-yillar) ismli brahman mas’ul boʻlgan[11]. Angkor Vatdagi barcha asl diniy motivlar hinduizmdan kelib chiqqan[12]. Avvalgi shohlarning Shivaga sigʻinish anʼanalaridan voz kechib, Angkor Vat Vishnuga bagʻishlab qurilgan. Majmua qirolning davlat ibodatxonasi sifatida barpo etilgan. Na poydevor stelasi, na maʼbadga tegishli hech qanday yozuvlar topilmaganligi sababli, uning asl nomi nomaʼlum, ammo qirol sigʻingan iloh nomidan kelib chiqqan holda bu majmua Vrah Viṣṇuloka deb atalganlik ehtimoli bor. Qurilish ishlari qirol vafotidan soʻng koʻp oʻtmay tugatilgan bolishi mumkin, chunki barelyef bezaklarining bir qismi tugallanmagan[13]. Vrah Viṣṇuloka yoki Parama Vishnuloka atamasi soʻzma-soʻz „Vishnu oliy dunyosiga ketgan qirol“ degan maʼnoni anglatadi, bu atama Suryavarman II vafotidan keyingi davr bilan bogʻliq boʻlib, bu bilan uning shon-shuhrati va xotirasini ulugʻlash maqsad qilingan[8].

1177-yilda, Suryavarman II vafotidan taxminan 27 yil oʻtgach, Angkor shahri kxmerlarning anʼanaviy dushmanlari boʻlgan Chams tomonidan vayron etilgan[14]. Shundan soʻng imperiya yangi qirol Jayavarman VII tomonidan tiklangan, qirol bir necha kilometr shimolda buddizmga bagʻishlangan yangi poytaxt va davlat ibodatxonasini (mos ravishda Angkor Tom va Bayon) qurdirgan, chunki qirol hind xudolari muvaffaqiyatsizlikka uchragan deb hisoblagan. Shu sababli, Angkor Vat ham asta-sekin buddistlar manziliga aylantirilib, koʻplab hind haykallari buddist sanʼati namunalari bilan almashtirilgan[12].

Angkor Vatning ko'rinishi, Henri Mouhot chizgan rasm, 1860-yil
Angkor Vatning eskizi, Louis Delaport tomonidan chizilgan rasm, 1880-yil
 
Angkor Vatning Emile Gsell tomonidan olingan 1866-yildagi dastlabki fotosurati

XII asrning oxiriga kelib, Angkor Vat asta-sekin hindlarning ibodat markazidan hozirgi kungacha davom etayotgan buddizm markaziga aylangan[3]. Angkor Vat Angkor ibodatxonalari orasida gʻayrioddiy, chunki XVI asrdan keyin deyarli eʼtibordan chetda qolgan boʻlsa-da, hech qachon butunlay tashlab [15]. Angkor hududida topilgan XVII asrga oid oʻn toʻrtta bitik mahalliy kxmer aholisi bilan birga kichik aholi punktlarini tashkil etgan yapon buddist ziyoratchilari haqida dalolat beradi[16]. Oʻsha paytda yaponlar maʼbadni Hindistonning Magadha qirolligida joylashgan Buddaning mashhur Jetavana bogʻi deb hisoblashgan[17]. Eng mashhur bitik 1632-yilda Angkor Vatda kxmerlar bilan Yangi yilni nishonlagan Ukondayu Kazufusa haqida maʼlumot beradi[18].

 
Sut dengizida chayqalayotgan Vishnuning oʻyilgan tasviri
 
Angkor Vat aks etgan hovuz yonidagi rohiblar

Maʼbadga birinchi boʻlib Gʻarbdan 1586-yilda portugaliyalik rohib Antonio da Madalena tashrif byurgan. U majmua haqida shunday eslaydi: „Bu inshoot shunday gʻayrioddiy tuzilishga egaki, uni qalam bilan tasvirlab boʻlmaydi, ayniqsa boshqa hech narsaga oʻxshamaydi. Uning minoralari, bezaklari va inson tasavvur qila oladigan barcha nafisliklarni oʻz ichiga olgan“[19].

1622-yilda kxmer tilida yozilgan „Angkor Vat sheʼri“ Angkor Vatning goʻzalligini tasvirlab, hind xudosi Preah Pisnukar (yoki Braḥ Bisṇukār, Vishvakarma) tomonidan afsonaviy kxmer qiroli Preah Ket Mealeaga atab qurilgan ilohiy majmua qurilishi afsonasini ifodalaydi, chunki Suryavarman II allaqachon odamlarning ongidan yoʻqolib ketgan edi[20].

1860-yilda fransuz missionerligi otasi Charles-Émile Bouillevaux yordamida maʼbad fransuz tabiatshunosi va tadqiqotchisi Henri Mouhot tomonidan samarali tarzda qayta kashf qilindi va olim sayohat esdaliklarini nashr ettirish orqali ushbu manzilni Gʻarbda ommalashtirdi. Asarda shunday yozilgan:

Qadimgi Michelangelo tomonidan qurilgan Sulaymon ibodatxonasiga raqobatchi boʻlgan bu ibodatxonalardan biri bizning eng goʻzal binolarimiz yonida sharafli oʻrin egallashi mumkin. Bu inshoot Yunoniston yoki Rim bizga qoldirgan barcha narsadan buyukroqdir[21].

Manbalar

tahrir
  1. „Largest religious structure“. Guinness World Records. Qaraldi: 2023-yil 3-mart.
  2. Atlas of the World's Religions. Oxford university press — 93-bet. 
  3. 3,0 3,1 Ashley M. Richter. „Recycling Monuments: The Hinduism/Buddhism Switch at Angkor“. CyArk (2009-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 7-iyun.
  4. Higham, C.. Early Mainland Southeast Asia. Bangkok: River Books Co., Ltd., 2014 — 372, 378–379-bet. ISBN 978-616-7339-44-3. 
  5. Jarus, Owen. „Angkor Wat: History of Ancient Temple“. Live Science. Purch (2018-yil 5-aprel). Qaraldi: 2018-yil 28-iyul.
  6. Khmer dictionary adopted from Khmer dictionary of Buddhist institute of Cambodia, p. 1424, pub. 2007
  7. Chuon Nath Khmer Dictionary (1966, Buddhist Institute, Phnom Penh)
  8. 8,0 8,1 Falser, Michael. Angkor Wat – A Transcultural History of Heritage: Volume 1: Angkor in France. From Plaster Casts to Exhibition Pavilions. Volume 2: Angkor in Cambodia. From Jungle Find to Global Icon (en). Walter de Gruyter GmbH & Co KG, 16 December 2019 — 12-bet. ISBN 978-3-11-033584-2. 
  9. „Angkor Wat“. www.apsaraauthority.gov.kh. Qaraldi: 2021-yil 7-fevral.
  10. Miksic, John; Yian, Goh. Ancient Southeast Asia. Routledge, 14 October 2016 — 378-bet. ISBN 9781317279044. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul. 
  11. Divākarapaṇḍita. (n.d.). Britannica. Retrieved March 19, 2022, from https://www.britannica.com/biography/Divakarapandita
  12. 12,0 12,1 „Angkor Wat | Description, Location, History, Restoration, & Facts“. Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2021-yil 7-fevral.
  13. „Angkor Wat, 1113–1150“. The Huntington Archive of Buddhist and Related Art. College of the Arts, The Ohio State University. Qaraldi: 2008-yil 27-aprel.
  14. Coedès, George. The Indianized States of Southeast Asia, trans.Susan Brown Cowing Walter F. Vella: , University of Hawaii Press, 1968 — 164-bet. ISBN 978-0-8248-0368-1. 
  15. Glaize, The Monuments of the Angkor Group p. 59.
  16. Masako Fukawa; Stan Fukawa „Japanese Diaspora – Cambodia“. Discover Nikkei (2014-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 18-oktyabr.
  17. Abdoul-Carime Nasir. "Au-dela du plan Japonais du XVII siècle d'Angkor Vat, (A XVII century Japanese map of Angkor Wat)" (fr). Bulletin de l'AEFEK. http://aefek.free.fr/iso_album/carteangkor_jetavana.pdf. Qaraldi: 18 October 2015. Foydalanuvchi Mirishkorlik/test]]
  18. „History of Cambodia, Post-Angkor Era (1431 – present day)“. Cambodia Travel. Qaraldi: 2015-yil 18-oktyabr.
  19. Higham, The Civilization of Angkor pp. 1-2.
  20. Kim, Jinah. Reading Angkor Wat: A History of Oscillating Identity (en). University of California, Berkeley, 2001 — 31-bet. 
  21. Quoted in Brief Presentation by Venerable Vodano Sophan Seng (Wayback Machine saytida 23 August 2006 sanasida arxivlangan)